Zabur 16
16
16–SANO
Dovud ibodati.
1Ey Egam, haqli daʼvoimni eshit,
Faryodimga eʼtibor ber.
Hiylasiz ogʻzimdan chiqqan
Ibodatimga quloq tut.
2Begunohligimni koʻrsatgin Sen,
Adolatni koʻrsin koʻzlaring.
3Hatto yuragimni taftish qilib,
Tunda meni sinab koʻrsang,
Agar meni imtihon qilsang,
Yomon niyatni menda topa olmasding.
Ogʻzim gunoh qilmas, qarorim shudir.
4Insonlar qilmishini men qilmadim,
Sening amringga men itoat etdim,
Zoʻravonning yoʻllaridan oʻzimni saqladim.
5Qadamlarim soʻqmoqlaringda sobit boʻldi,
Oyoqlarim hech qachon toyib ketmadi.
6Senga iltijo qilaman, ey Xudo,
Bilaman, Sen menga javob berasan.
Menga quloq tutib, soʻzlarimni eshitgin.
7Sodiqligingni zohir et ajoyib ishlar ila.
Raqiblardan qochib Senga borganlarga
Oʻng qoʻling bilan najot berguvchi Sensan.
8Meni koʻzlaring qorachigʻiday asragin,
Meni qanotlaring soyasida yashirgin,
9Meni talaydigan fosiqlardan asragin,
Atrofimda shay turgan ashaddiy yovlarimdan yashirgin.
10Ularning yuragida shafqatga joy yoʻq,
Ogʻizlari bilan kiborlarcha gapiradi.
11Ular meni taʼqib qilib, oʻrab olganlar,
Yerga urmoq uchun menga koʻzlarini tikadi.
12Dushmanlarim meni gʻajimoqchi boʻlgan sherga oʻxshaydi,
Pana joyda pisib yotgan yirtqich sherga oʻxshaydi.
13Kel, ey Egam! Ularga qarshi yuz bur,
Tiz choʻktirgin ularni!
Qiliching ila fosiqlardan qutqargin meni!
14Ey Egam! Qudrating ila
Meni bunday insonlardan qutqargin,
Ularning nasibasi faqatgina bu dunyodadir.
Tayyorlab qoʻygan achchiq koʻrgiliklaring bilan
Ularni toʻydirgin,
Hatto bolalariga ham yetsin,
Nabiralari ham totib koʻrsin.
15Solih boʻlganim uchun men Seni koʻrgayman,
Uygʻonib, jamolingni koʻrganimdan rozi boʻlgayman.
Currently Selected:
Zabur 16: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020