Zabur 18
18
18–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2Xudoning shuhratini samolar namoyon qiladi,
Uning ijodini falak toqi aytib turadi.
3Osmon kundan–kunga buni bildiradi,
Har tun bundan xabardor qiladi.
4Samo, falak aytmas bir gap, yo bir jumla,
Chiqmas ulardan hech bir sado.
5Ammo xabarlari#18:4-5 Samo, falak aytmas bir gap…5 Ammo xabarlari… — yoki Biron xalq yoʻqki, samoyu falakning ovozini eshitmasa, Til yoʻqki, uni tushunmasa. 5 Ammo ularning ohanglari…. har tomonga tarqaladi,
Olamning chetigacha yetib boradi.
Xudo samolarda quyosh uchun chodir qurgan.
6Quyosh goʻshangadan chiqqan kuyovga oʻxshaydi.
Qahramonlarga oʻxshab gʻayrat bilan yoʻlagidan boradi.
7Samolarning bir chetidan u chiqib,
Aylanib, boshqa bir chetiga yoʻl oladi,
Uning taftidan hech narsa yashirina olmaydi.
8Egamizning qonuni mukammaldir,
Bizga yangi kuch ato etadi,
Egamizning farmonlari ishonchlidir,
Soddalarga donolik beradi.
9Egamizning buyruqlari toʻgʻridir,
Qalblarni shodlikka toʻldiradi,
Egamizning amrlari ravshandir,
Ular koʻzlarga nur beradi.
10Egamizdan qoʻrqish poklikdir,
Bu to abad davom etadi.
Egamizning qoidalari haqiqatdir,
Hammasi gʻoyat adolatlidir.
11Ular sof oltindan ham aʼlodir,
Toza asaldan ham shirinroqdir.
12Ey Egam, qoidalaring menga, Oʻz qulingga oʻgit beradi,
Qoidalaringga itoat etganlar buyuk mukofot oladi.
13Kim oʻz xatosini bila oladi?!
Yashirin xatolardan meni Oʻzing poklagin.
14Men, qulingni oshkora gunohdan saqlagin,
Ustimdan gunoh hokim boʻlmasin.
Shunda men aybsiz boʻlaman,
Ogʻir gunohdan ham xoli boʻlaman.
15Ey Egam, suyangan Qoyam, Qutqaruvchim!
Ogʻzimdan chiqqan soʻzlar,
Yurakdagi niyatlarim Senga maʼqul boʻlsin.
Currently Selected:
Zabur 18: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020