YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 15

15
15–SANO
Dovud qoʻshigʻi.
1Oʻzing saqla meni, ey Xudo!
Men Senda panoh topaman.
2Egamga aytdim: “Mening Rabbimsan,
Sendan boshqa mening buyuk baxtim yoʻq.”
3Naqadar ulugʻvordir yurtdagi taqvodorlar,
Ulardan men gʻoyat zavq olaman.
4Soxta xudolarga ergashganlarning kulfati ortadi.
Ularning ichimlik nazri qon ekan,
Men ularning bu nazrlariga qoʻshilmayman,
Soxta xudolarning ismlarini tilga olmayman.
5Ey Egam! Barqarorligim Sensan,
Muvaffaqiyatim ham Oʻzingdirsan,
Kelajagimni Sen taʼminlaysan.
6Hosildor yerni meros olgan insonga oʻxshayman.
Axir, Sen meni ajoyib mulkning sohibi qilding!
7Egamni olqishlayman,
U menga yoʻl koʻrsatadi,
Tunda ham qalbim menga oʻgit beradi.
8Men doim Egamga koʻz tikaman,
U oʻng tomonimda boʻlgani uchun
Meni hech narsa qoʻzgʻata olmas.
9Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga toʻla,
Jonim ham quvonadi.
Tanam xavf–xatarsiz yashaydi.
10Meni oʻliklar diyorida#15:10 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. qoldirmaysan,
Taqvodoringni#15:10 Taqvodoring — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Muqaddas boʻlganing. qabrda chiritmaysan.
11Menga hayot soʻqmogʻini Oʻzing koʻrsatasan,
Huzuringda shodlik meni qamrab oladi,
Menga boqiy huzur–halovatni Sen berasan.

Currently Selected:

Zabur 15: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in