YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 11

11
11–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2Najot bergin bizga, ey Egam!
Taqvodor bir inson qolmadi,
Senga sodiq inson yoʻq boʻlib ketdi.
3Hamma bir–biriga yolgʻon soʻzlaydi,
Xushomadgoʻylik bilan bir–birini aldaydi.
4Xushomadgoʻy tillarni Egamiz kesib tashlasin,
Maqtanchoq ogʻizlarni U qirib tashlasin.
5Axir, ular: “Ogʻzimiz bilan erishamiz har narsaga,
Tilimiz oʻzimizniki, kim xoʻjayin bizga?!” deb aytadi.
6Egamiz aytmoqda: “Muhtoj ezilib ketdi,
Bechora nola qildi. Endi qoʻzgʻalaman,
Oʻzlari intilgan najotga yetkazaman.”
7Egamizning vaʼdalari gʻoyatda pokdir,
Uning soʻzlari oʻchoqda
Yetti karra tozalangan kumushga oʻxshaydi.
8-9Har tarafda qabihlar daydib yuradi,
Har yoqda odamlar yomonlikni maqtab yuradi.
Ey Egam! Bulardan bizlarni saqlagaysan,
To abad bu nasldan bizni himoya qilgaysan.

Currently Selected:

Zabur 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in