Sahroda 6
6
6–BOB
Oʻzini Egamizga nazr qilganlar uchun qoida
1-2Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar erkak yoki ayol ont ichib, oʻzini maʼlum bir muddatga Egamizga nazr sifatida bagʻishlashga#6:1-2 oʻzini maʼlum bir muddatga Egamizga nazr sifatida bagʻishlash — ibroniycha matndagi shu bobning 2-21–oyatlarida bu iboraning oʻrniga alohida bir soʻz ishlatilgan boʻlib, bu soʻz Xudoga xizmat qilish uchun maxsus vaʼda bergan odamni bildiradi. Baʼzi insonlar maxsus vaʼda berib, oʻzlarini birmuncha vaqt Xudoning xizmatiga bagʻishlar edilar. Baʼzi birovlar esa tugʻilgan paytlaridanoq shu vaʼda orqali Xudoga bagʻishlanganlar. qaror qilgan boʻlsa, 3u sharob va oʻtkir ichimliklardan oʻzini tiysin. Uzum sirkasini ham, boshqa oʻtkir ichimliklarni ham isteʼmol qilmasin. Uzumdan tayyorlangan biror ichimlikni zinhor ichmasin. Mayizni va uzumni hech ogʻziga olmasin. 4U oʻzini nazr qilgan davr mobaynida uzumdan tayyorlangan biror narsani isteʼmol qilmasin, hatto uzumning doni va poʻstlogʻini ham ogʻziga olmasin. 5Oʻzi ont ichib, belgilagan davr mobaynida sochiga ham, soqoliga ham ustara tekkizmasin. U Egamizga bagʻishlanganligi uchun nazr qilingan kunlari tugagunga qadar sochlarini oʻstirib yursin. 6-7Soch oʻsha odamning Xudoga bagʻishlanganligi belgisidir. Shuning uchun oʻsha odam Egamizga nazr qilingan kunlari davomida murdaga yaqinlashmasin. Otasi, onasi, aka–ukasi yoki opa–singillaridan birortasi vafot etib qolganda ham, u murda yoniga borib oʻzini bulgʻamasin. 8Nazr qilingan kunlari davomida u Egamizga bagʻishlangandir. 9Bordi–yu, uning oldida kimdir toʻsatdan vafot etib qolsa, nazr qilingan odamning boshi harom boʻlgan hisoblanadi. Shuning uchun nazr qilingan odam yetti kundan keyin sochini oldirsin. Shunda u yana pok boʻladi. 10Sakkizinchi kuni esa Uchrashuv chodiri kiraverishiga ikkita kaptar yoki ikkita musichani olib kelib ruhoniyga bersin. 11Ruhoniy bu qushlardan bittasini gunoh qurbonligi qiladi, ikkinchisini esa kuydiriladigan qurbonlik qiladi. Shunday qilib, murda tufayli harom boʻlgan oʻsha odamni gunohidan poklaydi. Nazr qilingan odam oʻsha kuniyoq oʻzini qaytadan Egamizga bagʻishlashi kerak.
12U bulgʻanganligi uchun oldingi kunlar hisobga kirmaydi. U Egamizga bagʻishlangan nazr kunlarini boshqatdan boshlashi lozim. Buning uchun u bir yoshli qoʻchqor qoʻzini ayb qurbonligi#6:12 ayb qurbonligi — Levilar 5:14-19 ga qarang. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi QURBONLIK soʻzi ostida berilgan AYB QURBONLIGI iborasiga qarang. qilsin.
13Nazr qilinganlar uchun qonun quyidagichadir: nazr qilingan odam Egamizga bagʻishlagan kunlari tugaganda, Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelsin. 14U Egamizga atab quyidagi qurbonligu nazrlarni keltirsin: kuydiriladigan qurbonlik uchun bir yoshli nuqsonsiz qoʻchqor qoʻzini, gunoh qurbonligi uchun bir yoshli nuqsonsiz sovliq qoʻzini, tinchlik qurbonligi uchun nuqsonsiz qoʻchqorni, 15ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazrini, bir savat xamirturushsiz nonni — zaytun moyi aralashtirilgan sifatli undan tayyorlangan nonlar va zaytun moyi surtilgan chalpaklarni. 16Ruhoniy bularning hammasini Egamizga taqdim qilib, gunoh qurbonligi va kuydiriladigan qurbonlik qilsin. 17Soʻng qoʻchqorni don va sharob nazri bilan birga Egamizga tinchlik qurbonligi qilsin. Shuningdek, savatdagi xamirturushsiz nonni ham keltirsin. 18Nazr qilgan odam Uchrashuv chodiriga kiraverishda nazr qilingan sochini oldirsin. Keyin sochlarini yigʻishtirib olib, tinchlik qurbonligi kuydirilayotgan olovga tashlasin. 19U sochini oldirib boʻlgandan soʻng, ruhoniy qoʻchqorning pishirilgan yelkasini, savatdan bir dona xamirturushsiz nonni, bitta chalpakni olib, nazr qilingan odamning qoʻliga tutqizsin. 20Keyin ruhoniy oʻsha narsalarni Egamizga bagʻishlaganini koʻrsatib, yuqoriga koʻtarsin. Bu narsalar ruhoniyning muqaddas ulushi boʻladi. Bular — ruhoniy yuqoriga koʻtarishi uchun beriladigan qoʻchqor toʻshi va nazr qilingan qoʻchqor sonidan tashqari beriladi. Shundan soʻng nazr qilingan odam sharob ichishi mumkin. 21Nazr qilinganlar uchun qonun shundan iboratdir. Agar nazr qilingan odam Egamizga bulardan tashqari yana biron narsani vaʼda qilgan boʻlsa, bergan vaʼdasi ustidan chiqsin.
Ruhoniylarning duosi
22Egamiz Musoga dedi:
23— Horun va uning oʻgʻillari Isroil xalqini duo qilganlarida, shunday deb aytishlari kerak:
24“Egam senga baraka bersin,
Seni Oʻz panohida asrasin!
25Egam senga ochiq yuz bilan boqsin,
Senga iltifot qilsin.
26Egam senga nazarini solsin,
Senga tinchlik ato etsin!”
27Horun va uning oʻgʻillari Isroil xalqini Mening nomim bilan duo qilishsin#6:27 …Isroil xalqini Mening nomim bilan duo qilishsin — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Mening nomimni Isroil xalqi ustiga qoʻyishsin. Isroil xalqini shu bobning 24-26–oyatlaridagi soʻzlar bilan duo qilishgan.. Shunda Men Isroil xalqiga baraka beraman.
Currently Selected:
Sahroda 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020