YouVersion Logo
Search Icon

Sahroda 7

7
7–BOB
Yoʻlboshchilarning nazrlari
1Muso Muqaddas chodirni oʻrnatib boʻlgan kuni#7:1 Muso Muqaddas chodirni oʻrnatib boʻlgan kuni… — Chiqish 40:17-18 ga va oʻsha oyatlarning izohiga qarang. Chodirga moy surtib, uni muqaddas qildi. Soʻng Chodirning barcha ashyolariga, qurbongohga va uning barcha buyumlariga moy surtib chiqib, muqaddas qildi.
2Shundan keyin xalqni roʻyxatga olish uchun masʼul boʻlgan yoʻlboshchilar#7:2 …xalqni roʻyxatga olish uchun masʼul boʻlgan yoʻlboshchilar… — 1:1-19 ga qarang. — Isroil qabilalarining urugʻboshilari oʻz nazrlarini keltirishdi. 3Ularning Egamizga keltirgan nazrlari oltita soyabonli arava va oʻn ikkita hoʻkizdan iborat edi. Har bir yoʻlboshchi bittadan hoʻkiz va har ikkita yoʻlboshchi bittadan arava olib kelgan edi. Yoʻlboshchilar bu nazrlarini Egamizga Muqaddas chodir oldida taqdim qilishdi. 4Shunda Egamiz Musoga aytdi: 5“Ular olib kelgan narsalarni qabul qilib ol. Bu narsalardan Uchrashuv chodirida xizmat qilishda foydalaninglar. Levilar nima ish qilishlariga qarab, bu narsalarni ularga taqsimlab ber.”
6Shunday qilib, Muso aravalarni va hoʻkizlarni levilarga taqsimlab berdi. 7Gershon urugʻining qiladigan xizmati evaziga ikkita arava va toʻrtta hoʻkizni berdi. 8Marori urugʻining qiladigan xizmati evaziga esa toʻrtta arava va sakkizta hoʻkizni berdi. Marori va Gershon urugʻlari ruhoniy Horunning oʻgʻli Itamar nazorati ostida Chodirda xizmat qilishardi. 9Qohot urugʻiga esa Muso hech narsa bermadi, chunki ular Chodirning muqaddas ashyolari uchun masʼul edilar va bu ashyolarni yelkada koʻtarib borishlari lozim edi.
10Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin Isroil yoʻlboshchilari qurbongohning bagʻishlanishiga ham oʻz nazrlarini olib kelishdi. Ular nazrlarini qurbongoh oldiga qoʻyishdi. 11Egamiz Musoga shunday degan edi: “Yoʻlboshchilar qurbongohni bagʻishlash marosimiga olib kelgan bu nazrlarni har kuni bittadan taqdim qilishsin.”
12Birinchi kuni Yahudo qabilasidan Ominadavning oʻgʻli Naxshoʻn nazrlarini taqdim qildi.
13U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha#7:13 …ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha — ibroniycha matnda …ogʻirligi 130 shaqal boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 70 shaqal boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Lagan va togʻoracha Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan (shu bobning 19, 25, 31, 37, 43, 49, 55, 61, 67, 73, 79–oyatlarida ham bor). Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, kumush laganning ogʻirligi taxminan 1,5 kiloga, kumush togʻorachaning ogʻirligi taxminan 800 grammga toʻgʻri keladi.. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 14Bulardan tashqari, Naxshoʻn tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol#7:14 25 misqol — ibroniycha matnda 10 shaqal, taxminan 110 grammga toʻgʻri keladi (shu bobning 20, 26, 32, 38, 44, 50, 56, 62, 68, 74, 80–oyatlarida ham bor). keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 15U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 16bitta takani gunoh qurbonligi#7:16 gunoh qurbonligi — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim soʻrab keltirgan qurbonligi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi QURBONLIK soʻzi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang. qildi, 17ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Ominadav oʻgʻli Naxshoʻnning nazrlari ana shulardan iborat edi.
18Ikkinchi kuni Issaxor qabilasining yoʻlboshchisi Zuvor oʻgʻli Natanil nazrlarini taqdim qildi.
19U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 20Bulardan tashqari, Natanil tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 21U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 22bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 23ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Zuvor oʻgʻli Natanilning nazrlari ana shulardan iborat edi.
24Uchinchi kuni Zabulun qabilasining yoʻlboshchisi Xalon oʻgʻli Eliyob nazrlarini taqdim qildi.
25U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 26Bulardan tashqari, Eliyob tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 27U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 28bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 29ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Xalon oʻgʻli Eliyobning nazrlari ana shulardan iborat edi.
30Toʻrtinchi kuni Ruben qabilasining yoʻlboshchisi Shaduvor oʻgʻli Elizur nazrlarini taqdim qildi.
31U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 32Bulardan tashqari, Elizur tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 33U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 34bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 35ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Shaduvor oʻgʻli Elizurning nazrlari ana shulardan iborat edi.
36Beshinchi kuni Shimoʻn qabilasining yoʻlboshchisi Zurishaday oʻgʻli Shalumiyol nazrlarini taqdim qildi.
37U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 38Bulardan tashqari, Shalumiyol tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 39U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 40bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 41ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Zurishaday oʻgʻli Shalumiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
42Oltinchi kuni Gad qabilasining yoʻlboshchisi Duvel oʻgʻli Eliasaf nazrlarini taqdim qildi.
43U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 44Bulardan tashqari, Eliasaf tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 45U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 46bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 47ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Duvel oʻgʻli Eliasafning nazrlari ana shulardan iborat edi.
48Yettinchi kuni Efrayim qabilasining yoʻlboshchisi Omihud oʻgʻli Elishama nazrlarini taqdim qildi.
49U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 50Bulardan tashqari, Elishama tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 51U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 52bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 53ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Omihud oʻgʻli Elishamaning nazrlari ana shulardan iborat edi.
54Sakkizinchi kuni Manashe qabilasining yoʻlboshchisi Padozur oʻgʻli Gamaliyol nazrlarini taqdim qildi.
55U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 56Bulardan tashqari, Gamaliyol tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 57U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 58bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 59ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Padozur oʻgʻli Gamaliyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
60Toʻqqizinchi kuni Benyamin qabilasining yoʻlboshchisi Gidoʻnax oʻgʻli Avidon nazrlarini taqdim qildi.
61U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 62Bulardan tashqari, Avidon tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 63U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 64bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 65ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Gidoʻnax oʻgʻli Avidonning nazrlari ana shulardan iborat edi.
66Oʻninchi kuni Dan qabilasining yoʻlboshchisi Omishadayning oʻgʻli Oxazar nazrlarini taqdim qildi.
67U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 68Bulardan tashqari, Oxazar tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 69U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 70bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 71ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Omishaday oʻgʻli Oxazarning nazrlari ana shulardan iborat edi.
72Oʻn birinchi kuni Osher qabilasining yoʻlboshchisi Oxron oʻgʻli Paxiyol nazrlarini taqdim qildi.
73U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 74Bulardan tashqari, Paxiyol tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 75U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 76bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 77ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Oxron oʻgʻli Paxiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
78Oʻn ikkinchi kuni Naftali qabilasining yoʻlboshchisi Enan oʻgʻli Oxir nazrlarini taqdim qildi.
79U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 80Bulardan tashqari, Oxir tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 81U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 82bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 83ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Enan oʻgʻli Oxirning nazrlari ana shulardan iborat edi.
84Shunday qilib, Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin, Isroil yoʻlboshchilari qurbongohning bagʻishlanishiga olib kelgan nazrlarning jami quyidagicha boʻldi: oʻn ikkita kumush lagan, oʻn ikkita kumush togʻoracha, oʻn ikkita oltin piyola. 85Har bir kumush laganning ogʻirligi 330 misqol, har bir kumush togʻoracha 180 misqol edi#7:85 …330 misqol…180 misqol… — ibroniycha matnda …130 shaqal…70 shaqal…. Kumush laganning ogʻirligi taxminan 1,5 kiloga, kumush togʻorachaning ogʻirligi taxminan 800 grammga toʻgʻri keladi.. Hammasi boʻlib taqdim qilingan kumush buyumlarning ogʻirligi ikki pudga yaqin edi#7:85 …ogʻirligi ikki pudga yaqin edi — ibroniycha matnda …Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra ogʻirligi 2400 shaqal edi. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, kumush laganlar va togʻorachalarning umumiy ogʻirligi taxminan 27 kilo edi.. 86Tutatqi toʻldirilgan har bir oltin piyolaning ogʻirligi 25 misqol#7:86 …ogʻirligi 25 misqol edi — ibroniycha matnda …Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra ogʻirligi 10 shaqal edi. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, har bir oltin piyolaning ogʻirligi taxminan 110 grammga toʻgʻri keladi. edi. Bu oʻn ikkita oltin buyumning umumiy ogʻirligi 300 misqol#7:86 300 misqol — ibroniycha matnda 120 shaqal, taxminan 1,4 kiloga toʻgʻri keladi. chiqdi. 87Oʻn ikkita buqa, oʻn ikkita qoʻchqor, oʻn ikkita bir yoshli qoʻchqor qoʻzi kuydiriladigan qurbonlik qilindi, qurbonlikka qoʻshib qilinadigan don nazri ham keltirildi. Oʻn ikkita taka gunoh qurbonligi qilindi. 88Yigirma toʻrtta hoʻkiz, oltmishta qoʻchqor, oltmishta taka, oltmishta bir yoshli qoʻchqor qoʻzi tinchlik qurbonligi qilindi. Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin, qurbongohning bagʻishlanishiga ana shu nazrlar taqdim qilingan edi.
89Muso Egamiz bilan gaplashish uchun Uchrashuv chodiriga kirganda, Egamizning ovozini eshitdi. Ovoz Ahd sandigʻining#7:89 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi. 4:5 izohiga qarang. qopqogʻi ustidagi ikki karub#7:89 ikki karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. orasidan kelayotgan edi.

Currently Selected:

Sahroda 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Sahroda 7