Sahroda 29
29
29–BOB
Karnay bayramida qilinadigan nazrlar
1Yettinchi oyning#29:1 Yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kunida butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin, har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Oʻsha kuni karnaylar chalinsin. 2Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 3Qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: buqa bilan oʻn ikki kosa#29:3 oʻn ikki kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan uch qismi, taxminan 6 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 9, 14–oyatlarida ham bor). un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa#29:3 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan ikki qismi, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 9, 14–oyatlarida ham bor). un, 4har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa#29:4 toʻrt kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan bir qismi, taxminan 2 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 10, 15–oyatlarida ham bor). un. 5Oʻzlaringizni gunohlardan poklash uchun bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. 6Bu nazrlar har oyning boshida va kunda kuydiriladigan qurbonliklardan#29:6 har oyning boshida va kunda kuydiriladigan qurbonliklar — 28:1-15 ga qarang., ularga qoʻshib, belgilangan miqdorda qilinadigan don bilan sharob nazrlaridan tashqari keltirilsin. Bular Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kuydirilsin.
Poklanish kunida qilinadigan nazrlar
7Yettinchi oyning#29:7 Yettinchi oy — shu bobning 1–oyati izohiga qarang. oʻninchi kuni ham butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Shu kuni roʻza tutinglar, hech qanday ish qilmanglar. 8Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 9Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: buqa bilan oʻn ikki kosa un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 10har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 11Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar gunohlardan poklash qurbonligidan va unga qoʻshib qilinadigan sharob nazridan hamda kunda kuydiriladigan qurbonliklaru#29:11 kunda kuydiriladigan qurbonliklar — 28:1-8 ga qarang. ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazrlaridan tashqari keltirilsin.
Chayla bayramida qilinadigan nazrlar
12Yettinchi oyning#29:12 Yettinchi oy — shu bobning 1–oyati izohiga qarang. oʻn beshinchi kuni ham butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Yetti kun davomida Egamizga atab bayram qilinglar.
13Birinchi kuni Egamizga yoqimli hid borishi uchun oʻn uchta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 14Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan oʻn ikki kosa un, har bir qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 15har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 16Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar#29:16 kunda kuydiriladigan qurbonlik — 28:1-8 ga qarang. va ularga qoʻshib qilinadigan don, sharob nazridan tashqari keltirilsin.
17Ikkinchi kuni oʻn ikkita buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 18Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 19Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
20Uchinchi kuni oʻn bitta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 21Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 22Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
23Toʻrtinchi kuni oʻnta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 24Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 25Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
26Beshinchi kuni toʻqqizta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 27Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 28Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
29Oltinchi kuni sakkizta buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 30Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 31Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
32Yettinchi kuni yettita buqani, ikkita qoʻchqorni va oʻn toʻrtta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 33Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 34Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
35Sakkizinchi kuni esa butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin, har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 36Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 37Har bir buqa, qoʻchqor va qoʻchqor qoʻziga qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar. 38Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar#29:38 kunda kuydiriladigan qurbonlik — 28:1-8 ga qarang. va ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
39Bayramlarda Egamizga atab kuydiriladigan qurbonlik, tinchlik qurbonligi, don bilan sharob nazrlari shulardan iboratdir. Bular bergan vaʼdangizga muvofiq qilinadigan nazr va koʻngildan chiqarib beriladigan nazrlardan tashqari keltiriladi.”
Currently Selected:
Sahroda 29: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020