Sahroda 28
28
28–BOB
Doimiy nazrlar
1Egamiz Musoga aytdi: 2“Isroil xalqiga shunday deb buyur: ular taom nazrlarini Menga har doim belgilangan vaqtda keltirishsin. Kuydiriladigan bu nazrlardan Menga yoqimli hid keladi.” 3Egamiz davom etib, Isroil xalqiga olovda kuydiriladigan nazrlar toʻgʻrisida quyidagi qonunlarni yetkaz, deb Musoga amr berdi: “Har kuni ikkita nuqsonsiz bir yoshli qoʻchqor qoʻzini Egamizga kunda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. 4Bitta qoʻzini ertalab, ikkinchisini kechqurun qurbonlik qilinglar. 5Har bir qoʻziga qoʻshib, ikki kosa#28:5 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 7–oyatida ham bor). toza zaytun moyi aralashtirilgan toʻrt kosa#28:5 toʻrt kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan bir qismi, taxminan 2 litrga toʻgʻri keladi. sifatli unni don nazri qilib keltiringlar. 6Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kunda kuydiriladigan qurbonliklar ilk bor Sinayda joriy qilingan edi. 7Har bir qoʻziga qoʻshib ikki kosa sharob nazrini ham keltiringlar. Sharobni Egamizga atab Muqaddas chodirda nazr qilib quyinglar. 8Ikkinchi qoʻzini kechqurun qurbonlik qilinglar. Ertalabki qurbonlik singari, bu qurbonlikka qoʻshib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazri qilinglar. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Egamizga yoqimli hid boradi.
Shabbat kunida qilinadigan nazrlar
9Shabbat kuni esa ikkita bir yoshli nuqsonsiz qoʻchqor qoʻzini qurbonlik qilinglar. Bu qurbonliklar bilan birga belgilangan miqdorda sharob nazrini va zaytun moyi aralashtirilgan sakkiz kosa#28:9 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan ikki qismi, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 12, 20, 28–oyatlarida ham bor). sifatli unni don nazri qilib keltiringlar. 10Bu kuydiriladigan qurbonliklarni har Shabbatda kunda kuydiriladigan qurbonliklardan va unga qoʻshib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltiringlar.
Oyning birinchi kunida qilinadigan nazr
11Har oyning boshida ikkita buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini Egamizga atab kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Hamma jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 12Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan oʻn ikki kosa#28:12 oʻn ikki kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan uch qismi, taxminan 6 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 20, 28–oyatlarida ham bor). un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 13har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Egamizga yoqimli hid boradi. 14Har bir buqa bilan toʻrt kosa#28:14 toʻrt kosa — ibroniycha matnda yarim xin, taxminan 2 litrga toʻgʻri keladi. sharob, har bir qoʻchqor bilan uch kosa#28:14 uch kosa — ibroniycha matnda xinning uchdan bir qismi, taxminan 1,3 litrga toʻgʻri keladi. sharob, har bir qoʻchqor qoʻzi bilan esa ikki kosa#28:14 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga toʻgʻri keladi. sharobni nazr qilinglar. Bu kuydiriladigan nazrlarni har oyning birinchi kunida ado etinglar. 15Bundan tashqari, bitta takani Egamizga gunoh qurbonligi qilinglar. Bu hamma qurbonligu nazrlarni kunda kuydiriladigan qurbonliklar#28:15 kunda kuydiriladigan qurbonliklar — shu bobning 1-8–oyatlariga qarang. va ularga qoʻshib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltiringlar.
Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayramida qilinadigan nazrlar
16Birinchi oyning#28:16 Birinchi oy — 20:1 ning birinchi izohiga qarang. oʻn toʻrtinchi kuni Egamizga bagʻishlangan Fisih ziyofatini#28:16 Fisih ziyofati — Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlangan ziyofat (Chiqish 12:1-42 ga qarang). nishonlanglar. 17Oʻn beshinchi kuni esa yetti kunlik bayram boshlanadi, sizlar yetti kun davomida xamirturushsiz non yeyishlaringiz lozim. 18Bayramning birinchi kuni butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 19Egamizga atab ikkita buqani, bitta qoʻchqorni va yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Hamma jonivorlar nuqsonsiz boʻlsin. 20Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan oʻn ikki kosa un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 21har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 22Oʻzlaringizni gunohdan poklash uchun takani gunoh qurbonligi qilinglar. 23-24Bu nazrlarni kunda ertalab kuydiriladigan qurbonlikdan#28:23-24 kunda ertalab kuydiriladigan qurbonlik — shu bobning 1-8–oyatlariga qarang. tashqari, yetti kun davomida keltiringlar. Bu taom nazrlarini Egamizga yoqimli hid boʻlishi uchun olovda kuydiringlar. Bular kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qoʻshib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltirilsin. 25Bayramning yettinchi kuni ham muqaddas yigʻin oʻtkazinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar.
Hosil bayramida qilinadigan nazrlar
26Hosil bayramining#28:26 Hosil bayrami — ibroniycha matnda Haftalar bayrami, Hosil bayramining yana bir nomi. Bu bayram Fisih ziyofatidan keyin, 50 kun oʻtgach nishonlanadi (Levilar 23:15-16 ga qarang). birinchi kuni, Egamizga yangi hosilingizning donini nazr qilganingizda, butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 27Egamizga yoqimli hid borishi uchun ikkita buqa, bitta qoʻchqor, yettita bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. 28Bu qurbonliklarga qoʻshib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan oʻn ikki kosa un, qoʻchqor bilan sakkiz kosa un, 29har bir qoʻchqor qoʻzi bilan toʻrt kosa un. 30Oʻzlaringizni gunohdan poklash uchun bitta takani qurbonlik qilinglar. 31Bu nazrlarni va ularga qoʻshib qilinadigan sharob nazrini kunda kuydiriladigan qurbonliklardan#28:31 kunda kuydiriladigan qurbonliklar — shu bobning 1-8–oyatlariga qarang. va ularga qoʻshib qilinadigan don nazridan tashqari keltiringlar. Qurbonlik qilinadigan hamma jonivorlaringiz nuqsonsiz boʻlsin.
Currently Selected:
Sahroda 28: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020