Sahroda 30
30
30–BOB
1Shunday qilib, Egamiz, yetkaz, deb buyurgan hamma qonunlarni Muso Isroil xalqiga aytdi.
Vaʼda haqida qoidalar
2Muso Isroil yoʻlboshchilariga Egamiz bergan quyidagi qonunlarni ham aytib berdi: 3agar birorta erkak kishi Egamizga vaʼda bergan boʻlsa yoki biror narsadan oʻzini tiyishga qasam ichgan boʻlsa, aytganlarining hammasini bajarsin. U soʻzidan qaytmasin.
4Agar qiz bola otasining uyida yashab yurgan davrda Egamizga vaʼda bersa yoki oʻzini biror narsadan tiyishga qasam ichsa, 5otasi qizining bergan vaʼdasi yoki ichgan qasamini eshitib indamasa, qiz bola aytganlarining hammasini bajarishi shart. 6Bordi–yu, otasi bularni eshitganda eʼtiroz bildirsa, qizning bergan vaʼdasi yoki ichgan qasami bekor qilinadi. Otasi qiziga eʼtiroz bildirgani uchun, Egamiz qizni bergan vaʼdasi yoki ichgan qasamidan ozod qiladi.
7Agar qiz vaʼda bergandan keyin yo oʻylamasdan qasam ichib qoʻygandan keyin turmushga chiqsa, 8uning eri bu haqda eshitib indamasa, qiz aytganlarining hammasini bajarishi shart. 9Lekin er bu haqda eshitib eʼtiroz bildirsa, er xotinining bergan vaʼdasi va oʻylamasdan ichgan qasami asosidagi majburiyatlarini bekor qilgan boʻladi. Egamiz xotinni oʻsha majburiyatlardan ozod qiladi. 10Beva yoki eridan ajralgan ayol bergan hamma vaʼdalari va oʻzini biror narsadan tiymoqchi boʻlib, ichgan qasamlari ustidan chiqishi lozim. 11Agar turmushga chiqqan ayol vaʼda bersa yoki oʻzini biror narsadan tiyishga qasam ichsa, 12eri bu haqda eshitib indamasa, xotiniga eʼtiroz bildirmasa, ayol aytganlarining hammasini bajarishi shart. 13Lekin er bu haqda eshitib ularni taqiqlasa, xotinning ogʻzidan chiqqan hamma vaʼdalaru qasamlar bekor qilinadi. Er ularni taqiqlagani uchun, Egamiz ayolni bergan vaʼdasi yoki ichgan qasamidan ozod qiladi. 14Shunday qilib, er xotinining har qanday vaʼdasi yoki qasamini bajarishiga ijozat berishi yoki taqiqlashi mumkin. 15Agar er bir kun ichida#30:15 bir kun ichida — yoki bir necha kun ichida. xotiniga hech qanday eʼtiroz bildirmasa, xotini oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga ijozat bergan hisoblanadi. 16Ammo bir kun oʻtgandan keyin ularni bekor qilsa, xotinining gunohi uchun eri jazo tortadi.
17Egamiz Musoga bergan er va xotin oʻrtasidagi, ota va hali otasining xonadonida yashayotgan qiz oʻrtasidagi munosabatlarga oid qonunlar ana shulardan iboratdir.
Currently Selected:
Sahroda 30: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020