YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 12

12
12–BOB
Ruhoniylar va levilar roʻyxati
1Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel#12:1 Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel — Ezra 3:2 ning ikkinchi izohiga qarang. va Yoshua bilan birga surgundan qaytib kelgan ruhoniylar hamda levilar quyidagilardir:
Ruhoniylar:
Sarayo, Yeremiyo, Ezra,
2Emoriyo, Mallux, Xattush,
3Shaxaniyo, Raxum, Miromoʻt,
4Iddo, Ginaton#12:4 Ginaton — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ginatoy. Uning Ginaton degan shakli shu bobning 16–oyatidan olingan., Abiyo,
5Minyomin, Moʻvadiyo#12:5 …Minyomin, Moʻvadiyo… — ibroniycha matnda bu ismlarning boshqa variantlari Miyomin, Madiyo. Ularning Minyomin va Moʻvadiyo degan shakllari shu bobning 17–oyatidan olingan., Bildax,
6Shamayo, Yoʻxariv, Yodayo,
7Sallu, Omoq, Xilqiyo, Yodayo.
Bular Yoshua davridagi ruhoniylarning va ruhoniy hamkorlarining yetakchilari edilar.
8Levilar:
Yeshuva, Binnuy, Kadmil, Sharaviyo, Yahudo va Mattaniyo.
Mattaniyo va uning hamkorlari shukrona madhiyasini kuylaydiganlar uchun masʼul edilar. 9Bobuhyo, Unno va ularning hamkorlari madhiyaning joʻr boʻlib aytilishi uchun masʼul edilar.
Oliy ruhoniy Yoshuaning avlodlari
10Yoshua — Yoʻyiqimning otasi, Yoʻyiqim — Eliashabning otasi, Eliashab — Yoʻxadaxning otasi, 11Yoʻxadax — Yoʻxanonning#12:11 Yoʻxanon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻnatan. Uning Yoʻxanon degan shakli shu bobning 22–oyatidan olingan. otasi, Yoʻxanon Yodduvaning otasi edi.
Ruhoniy urugʻboshilari
12Oliy ruhoniy Yoʻyiqim davrida quyidagi ruhoniylar urugʻboshilar edilar:
Sarayo urugʻidan — Moriyo.
Yeremiyo urugʻidan — Xanoniyo.
13Ezra urugʻidan — Mashullom.
Emoriyo urugʻidan — Yohuxanon.
14Mallux#12:14 Mallux — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Malixi. Uning Mallux degan shakli shu bobning 2–oyatidan olingan. urugʻidan — Yoʻnatan.
Shaxaniyo#12:14 Shaxaniyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shabaniyo. Uning Shaxaniyo degan shakli shu bobning 3–oyatidan olingan. urugʻidan — Yusuf.
15Xarim urugʻidan — Adna.
Miromoʻt#12:15 Miromoʻt — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Maroyoʻt. Uning Miromoʻt degan shakli shu bobning 3–oyatidan olingan. urugʻidan — Xalkay.
16Iddo urugʻidan — Zakariyo.
Ginaton urugʻidan — Mashullom.
17Abiyo urugʻidan — Zikri.
Minyomin urugʻidan ham bir urugʻboshi bor edi.
Moʻvadiyo urugʻidan — Piltay.
18Bildax urugʻidan — Shammuva.
Shamayo urugʻidan — Yoʻnatan.
19Yoʻxariv urugʻidan — Mattanay.
Yodayo urugʻidan — Uzzi.
20Sallu#12:20 Sallu — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Salloy. Uning Sallu degan shakli shu bobning 7–oyatidan olingan. urugʻidan — Kalloy.
Omoq urugʻidan — Ibir.
21Xilqiyo urugʻidan — Xashaviyo.
Yodayo urugʻidan — Natanil.
Levilar urugʻboshilari
22Oliy ruhoniylar Eliashab, Yoʻxadax, Yoʻxanon va Yodduva davrlarida levilar roʻyxatda oʻz urugʻboshilari nomi bilan qayd etilganlar. Fors shohi Doro#12:22 Fors shohi Doro — miloddan oldingi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan. Ammo bu yerda miloddan oldingi 423-404 yillarda hukmronlik qilgan Doro II yoki miloddan oldingi 335-331 yillarda hukmronlik qilgan Doro III nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. hukmronligi davrida esa roʻyxatga olishning bunday usuli ruhoniylarga nisbatan qoʻllanilgan edi. 23Oliy ruhoniy Eliashab nevarasi#12:23 nevarasi — ibroniycha matnda oʻgʻli. Aslida Yoʻxanon Eliashabning nevarasi edi (shu bobning 10-11–oyatlariga qarang). Ibroniychada oʻgʻil soʻzi nasl maʼnosida ham ishlatiladi. Yoʻxanon davrigacha “Tarix kitobi”dagi roʻyxatlarda levilar oʻz urugʻboshilari nomlari boʻyicha yozilganlar.
24-25Quyidagilar levilarning urugʻboshilari edilar:
Xashaviyo, Sharaviyo, Yeshuva, Binnuy, Kadmil#12:24-25 …Yeshuva, Binnuy, Kadmil… — ibroniycha matnda …Kadmil oʻgʻli Yeshuva… (ammo shu bobning 8–oyatiga qarang). Ibroniychada Kadmil oʻgʻli Yeshuva iborasi va Yeshuva, Binnuy, Kadmil iborasi oʻzaro ohangdosh. va ularning hamkorlari Mattaniyo, Bobuhyo va Obodiyo. Xudoning odami Dovud bergan farmonga koʻra, ular Xudoga hamdu sano va shukrona aytayotganlarida, ikki guruhga boʻlinib, bir–birlariga roʻparama–roʻpara turib, kuylar edilar.
Mashullom, Talmoʻn va Oqquv Maʼbad darvozabonlari edilar. Ular Egamizning uyi darvozalari yonidagi omborxonalarni qoʻriqlar edilar.
26Bu odamlar oliy ruhoniy Yoʻyiqim, hokim Naximiyo, ruhoniy hamda tafsirchi Ezraning zamondoshlari edilar. Oliy ruhoniy Yoʻyiqim — Yoshuaning oʻgʻli, Yohuzadaxning#12:26 Yohuzadax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻzadax. nabirasi edi.
Naximiyo shahar devorini Xudoga bagʻishlaydi
27Quddusning yangi devori Xudoga bagʻishlanayotganda Yahudo yurtidagi hamma levilar chaqirildi. Ular xursandchilik paytida shukrona qoʻshiqlar kuylab, zil, arfa, chang chalib, marosimda ishtirok etishlari kerak edilar. 28-29Levi qoʻshiqchilari Quddus atrofidagi qishloqlardan yigʻilib keldilar. Quddus atrofidagi oʻsha qishloqlarni levilar oʻzlari uchun qurgan edilar. Natufo, Bayt–Gilgal, Gebo va Ozmobit shaharlarining atrofidagi qishloqlarda yashaydigan levilar ham yigʻilib keldilar. 30Ruhoniylar va levilar oʻzlarini pokladilar, soʻngra xalqni, Quddus darvozalarini va devorini pokladilar.
31Keyin men#12:31 men — yaʼni Naximiyo (1:1 ning birinchi izohiga qarang). Yahudo yoʻlboshchilarini devor ustiga chiqardim. Xudoga shukrona aytadigan ikkita katta guruh qoʻshiqchilarni tayinladim. Qoʻshiqchilarning bir guruhi devor ustida janubga — Goʻng darvozasi tomonga#12:31 Qoʻshiqchilarning bir guruhi…Goʻng darvozasi tomonga… — bu guruh va mazkur bobning 38–oyatida aytib oʻtilgan ikkinchi guruh tantanali yurishini Soylik darvozasidan boshlagan boʻlishlari mumkin. Soylik darvozasi shahar devorining janubi–gʻarb tomonida joylashgan. Ikkala guruh shahar devori ustidan ikki tomonga yurib, Maʼbad qarshisida, yaʼni shahar devorining shimoli–sharq tomonida uchrashishgan (shu bobning 39-40–oyatlariga qarang). tantana bilan yurdi. 32Hoʻshayyo Yahudo yoʻlboshchilarining yarmini ergashtirib, birinchi guruh qoʻshiqchilarning orqasidan bordi. 33-35Ularning orqasidan esa quyidagi ruhoniylar karnaylar chalib bordilar: Ozariyo, Ezra, Mashullom, Yahudo, Benyamin, Shamayo va Yeremiyo. Ularning ketidan Yoʻnatan oʻgʻli Zakariyo bordi. Zakariyoning nasabnomasi quyidagicha edi: Yoʻnatan — Shamayoning oʻgʻli, Shamayo — Mattaniyoning oʻgʻli, Mattaniyo — Mixiyoning oʻgʻli, Mixiyo — Zakkurning oʻgʻli, Zakkur Osaf naslidan edi. 36Zakariyoning yonida uning hamkorlari — Shamayo, Ozariyol, Milalay, Jilalay, May, Natanil, Yahudo, Xoninni bor edilar. Ular Xudoning odami shoh Dovudning koʻrsatmasiga binoan musiqa asboblarini koʻtarib borardilar. Tafsirchi Ezra birinchi guruh qoʻshiqchilarining orqasidan borayotganlarni boshlab bordi. 37Ular Buloq darvozasidan Dovud qalʼasiga olib boradigan zinapoya orqali toʻgʻriga yurdilar. Dovudning saroyidan oʻtib, sharq tomondagi Suv darvozasiga ketdilar.
38Xudoga shukrona aytayotgan ikkinchi guruh qoʻshiqchilar devorning ustida shimol tomonga ketdilar. Men Yahudo yoʻlboshchilarining yarmini boshlab, ikkinchi guruh qoʻshiqchilarning ortidan ketdim. Biz Tandir darvozasidan, Keng devoridan, 39Efrayim darvozasidan, Yashono darvozasidan#12:39 Yashono darvozasi — 3:6 izohiga qarang., Baliq darvozasidan, Xanonil minorasidan, Yuz minorasidan va Qoʻy darvozasidan oʻtdik. Nihoyat, Qoʻriqchi darvozasi yonidagi manzilga yetib bordik. 40Shunday qilib, Xudoga shukrona aytgan ikkala guruh Xudoning uyi oldida toʻxtadi.
Yonimdagi yoʻlboshchilar bilan birga, 41quyidagi ruhoniylar ham karnay chalib, ikkinchi guruh qoʻshiqchilar ortidan yurdilar: Eliyaqim, Masiyo, Minyomin, Mixiyo, Eliyoʻnay, Zakariyo va Xanoniyo. 42Ularning ketidan Masiyo, Shamayo, Elazar, Uzzi, Yohuxanon, Malkiyo, Elam va Eyzar borgandilar. Qoʻshiqchilar oʻzlarining yoʻlboshchisi Yizraxiyo boshchiligida kuylagandilar.
43Oʻsha kuni xalq koʻp qurbonliklar keltirib, xursandchilik qilishdi, chunki Xudo ularga koʻp shod–xurramlik ato qilgan edi. Ayollar va bolalar ham xursand edilar. Quddusdagi shodlik sadolari uzoqlardan eshitilib turardi.
Maʼbaddagi xizmatchilar uchun nazr va ushrlar
44Oʻsha kuni Maʼbaddagi omborxonalar ustidan odamlar tayinlandi. Omborxonalarda hadyalar, birinchi hosildan keltirilgan nazrlar va ushrlar#12:44 ushrlar — 10:37 izohiga qarang. saqlanar edi. Tayinlangan odamlar, qonunga koʻra, shaharlar atrofidagi dalalardan ruhoniylar va levilar uchun ushrlarni yigʻib, omborxonalarga olib kelishlari kerak edi. Chunki Yahudo xalqi ruhoniylar va levilarning xizmatini qadrlar edi. 45Ruhoniylar, levilar poklash marosimlarini va Xudo tayin etgan boshqa marosimlarni bajarar edilar. Qoʻshiqchilar va darvozabonlar ham, ular qatorida, shoh Dovud va uning oʻgʻli Sulaymondan qolgan farmonga muvofiq, Maʼbadda xizmat qilar edilar. 46Darvoqe, qoʻshiqchilarga boshlovchi tayinlab, Xudoga hamdu sano va shukronalar aytish odati azaldan — Dovud va Osif davridan boshlangan edi. 47Zarubabel davrida ham, Naximiyo#12:47 Naximiyo — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. davrida ham butun Isroil xalqi qoʻshiqchilar va Maʼbad darvozabonlari uchun kundalik ulushlarni berardi. Ular levilar uchun ham ulush ajratishardi, levilar esa ruhoniylarning ulushini ajratib berishar edi.

Currently Selected:

Naximiyo 12: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in