YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 11

11
11–BOB
Quddusda joylashgan xalq
1Xalq yoʻlboshchilari Quddusda oʻrnashib oldilar. Qolgan xalq esa qurʼa tashladi#11:1 …qurʼa tashladi… — 10:34 izohiga qarang., chunki har oʻnta xonadondan bittasi muqaddas Quddus shahriga koʻchib borishi, qolgan toʻqqiztasi boshqa shaharlarda qolishlari kerak edi. 2Oʻz xohishi bilan Quddusga koʻchib bormoqchi boʻlganlarning hammasini xalq duo qildi.
3-4Shunday qilib, Isroil xalqining koʻpchiligi, ruhoniylar, levilar, Maʼbad xizmatchilari, Sulaymon qarollarining avlodlari Yahudo yurtidagi boshqa shaharlarda, oʻzlarining mulkida yashab qoldilar. Yahudo va Benyamin qabilalaridan baʼzilari esa Quddusda qaytadan uy–joy qildilar.
Quddusda oʻrnashib olgan viloyat#11:3-4 viloyat — Furot daryosining gʻarbidagi viloyat nazarda tutilgan. 2:7 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. yoʻlboshchilarining roʻyxati quyidagichadir:
Yahudo qabilasidan:
Quddusda Uzziyo oʻgʻli Otayox oʻrnashdi. Otayoxning nasabnomasi quyidagicha edi: Uzziyo — Zakariyoning oʻgʻli, Zakariyo — Emoriyoning oʻgʻli, Emoriyo — Shafatiyoning oʻgʻli, Shafatiyo — Maxaliyolning oʻgʻli, Maxaliyol Paraz naslidan edi.
5Borux oʻgʻli Masiyo ham Quddusda oʻrnashdi. Masiyoning nasabnomasi quyidagicha edi: Borux — Xolxozining oʻgʻli, Xolxozi — Xaziyoning oʻgʻli, Xaziyo — Odayoning oʻgʻli, Odayo — Yoʻxarivning oʻgʻli, Yoʻxariv — Zakariyoning oʻgʻli, Zakariyo Shelo naslidan edi.
6Paraz naslidan Quddusda hammasi boʻlib 468 nafar bahodir jangchi yashar edi.
7Benyamin qabilasidan:
Quddusda Mashullom oʻgʻli Sallu oʻrnashdi. Salluning nasabnomasi quyidagicha edi: Mashullom — Yoʻadning oʻgʻli, Yoʻad — Podiyoning oʻgʻli, Podiyo — Xulayoning oʻgʻli, Xulayo — Masiyoning oʻgʻli, Masiyo — Ixtiyolning oʻgʻli, Ixtiyol — Yeshayoning oʻgʻli.
8Salluning izdoshlari Gabboy va Salloy ham Quddusda oʻrnashdilar.
Benyamin naslidan Quddusda hammasi boʻlib 928 nafar odam yashar edi. 9Ularning lashkarboshisi Zixri oʻgʻli Yoʻel edi, Xassinuva oʻgʻli Yahudo esa Yoʻelning oʻng qoʻl yordamchisi edi.
10Ruhoniylardan:
Quddusda Yoʻxariv oʻgʻli Yodayo, Yoxin 11va oliy ruhoniy Sarayo oʻrnashdilar. Sarayoning nasabnomasi quyidagicha edi: Sarayo — Xilqiyoning oʻgʻli, Xilqiyo — Mashullomning oʻgʻli, Mashullom — Zodoʻxning oʻgʻli, Zodoʻx — Maroyoʻtning oʻgʻli, Maroyoʻt Oxitobning oʻgʻli edi. 12Yodayo, Yoxin va Sarayoning Xudo uyida xizmat qiladigan qarindosh–urugʻlari hammasi boʻlib 822 nafar odam edi.
Yeroxam oʻgʻli Odayo ham Quddusda oʻrnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Yeroxam — Palaliyoning oʻgʻli, Palaliyo — Omzining oʻgʻli, Omzi — Zakariyoning oʻgʻli, Zakariyo — Peshxurning oʻgʻli, Peshxur — Malkiyoning oʻgʻli. 13Odayoning qarindosh–urugʻlari orasida hammasi boʻlib 242 nafar urugʻboshi bor edi.
Ozariyol oʻgʻli Emashay ham Quddusda oʻrnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Ozariyol — Oxzayning oʻgʻli, Oxzay — Mashillamoʻtning oʻgʻli, Mashillamoʻt — Immarning oʻgʻli. 14Emashayning qarindosh–urugʻlari orasida hammasi boʻlib 128 nafar botir jangchi bor edi.
Ruhoniylarning lashkarboshisi Xagdolim oʻgʻli Zabdiyol edi.
15Levilardan:
Quddusda Xashshub oʻgʻli Shamayo oʻrnashdi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Xashshub — Ozrikomning oʻgʻli, Ozrikom — Xashaviyoning oʻgʻli, Xashaviyo — Boʻnaxning oʻgʻli.
16Levilarning yoʻlboshchilaridan boʻlgan Shabbatay va Yoʻzabad ham Quddusda oʻrnashib oldilar. Ularning vazifasi Xudoning uyiga qarash va taʼminotini nazorat qilish edi.
17Mixa oʻgʻli Mattaniyo ham Quddusda oʻrnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Mixa — Zabdining oʻgʻli, Zabdi — Osifning oʻgʻli. Mattaniyo Maʼbad qoʻshiqchilarini hamdu sano aytishda boshqarar edi.
Mattaniyoning yordamchisi Bobuhyo va Shammuva oʻgʻli Abdax Quddusda oʻrnashib oldilar. Shammuva oʻgʻli Abdaxning nasabnomasi quyidagicha edi: Shammuva — Galolning oʻgʻli, Galol — Yodutunning oʻgʻli.
18Muqaddas shahar Quddusda hammasi boʻlib 284 nafar levi yashagan edi.
19Maʼbad darvozabonlaridan:
Oqquv, Talmoʻn va ularning qarindoshlari Quddusda oʻrnashib oldilar. Ular hammasi boʻlib 172 kishi edi.
20Isroil xalqining, ruhoniylarning va levilarning qolganlari Yahudo yurtidagi shaharlarda, oʻzlarining mulkida istiqomat qilishardi. 21Maʼbad xizmatkorlari esa Quddusdagi Ofel tepaligida#11:21 Ofel tepaligi — 3:26 izohiga qarang. istiqomat qilishardi. Zixo va Gishpo ularning ustidan nazoratchi edilar.
22Quddusdagi levilarning nazoratchisi Banix oʻgʻli Uzzi edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Banix — Xashaviyoning oʻgʻli, Xashaviyo — Mattaniyoning oʻgʻli, Mattaniyo — Mixaning oʻgʻli, Mixa Osif naslidan edi. Osif nasli Xudo uyidagi xizmatda qoʻshiqchilar uchun masʼul edi. 23Shoh Dovudning qoʻshiqchilar toʻgʻrisida chiqargan farmoniga koʻra, qoʻshiqchilar har kuni moddiy tomondan taʼminlanar edi.
24Mashazavil oʻgʻli Patixiyo Fors shohining Yahudodagi vakili boʻlib, Isroil xalqiga oid hamma ishlarga masʼul edi. Patixiyo Yahudo oʻgʻli Zerax naslidan edi.
Quddusdan tashqarida yashagan xalq
25Xalqning koʻpchiligi boshqa shaharlarda va oʻsha shaharlar atrofida yashar edilar. Yahudo qabilasidan boʻlganlar quyidagi joylarda istiqomat qilar edilar:
Xirat–Arba shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
Dibon shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
Yoxavzol shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
26Yeshuva, Moʻlodax, Bayt–Palat va 27Xazor–Shuvol shaharlarida,
Bersheba shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
28Zixlax shahrida,
Maxuno shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
29En–Rimmon, Zorox, Yarmut, 30Zonoʻvax, Adullam shaharlarida va ularning atrofidagi qishloqlarda,
Laxish shahrida va uning atrofidagi dalalarda,
Ozikah shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda.
Yahudo qabilasi yashagan bu yerlar janubdagi Bershebadan to shimoldagi Xinnum soyligigacha#11:30 Xinnum soyligi — Quddus shahridan janubda joylashgan. choʻzilgan edi.
31Benyamin qabilasidan boʻlganlar quyidagi joylarda istiqomat qilar edilar:
Gebo, Mixmash va Oya shaharlarida,
Baytil shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
32Onotoʻt, Nav, Ononiyoh, 33Xazor, Rama, Gitayim, 34Hodid, Zavoʻm, Navallot, 35Loʻd, Onoʻ shaharlarida va
Hunarmandlar#11:35 Hunarmandlar — ibroniycha matnda Xarashim, maʼnosi hunarmandlar. vodiysida.
36Yahudo qabilasining hududida yashagan baʼzi levi guruhlari ham Benyamin qabilasi orasida istiqomat qilish uchun yuborilgan edi.

Currently Selected:

Naximiyo 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in