YouVersion Logo
Search Icon

Matto 26

26
26–BOB
Isoni oʻldirish rejasi
1Iso bu gaplarni aytib boʻlgach, shogirdlariga shunday dedi: 2“Ikki kundan keyin Fisih ziyofati#26:2 Fisih ziyofati — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (Mark 14:1, Luqo 22:1 ga qarang). Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang). boʻlishini bilasizlar. Ana oʻshanda Inson Oʻgʻliga xoinlik qilishadi, Uni xochga mixlashadi.”
3Bu paytda bosh ruhoniylar va xalq yoʻlboshchilari Kayafas ismli oliy ruhoniyning saroyida yigʻilgan edilar. 4Ular Isoni hiyla bilan tutib, oʻldirish uchun fitna oʻylab topdilar. 5Ammo ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda, xalq gʻalayon koʻtarishi mumkin”, dedilar.
Isoga atir moy quygan ayol
6Iso Baytaniyada#26:6 Baytaniya — 21:17 izohiga qarang. ilgari teri kasalligiga#26:6 teri kasalligi — 8:2 ning birinchi izohiga qarang. chalingan Shimoʻnning#26:6 ilgari teri kasalligiga chalingan Shimoʻn — bu odam haqida faqatgina shu oyatda va Mark 14:3 da aytib oʻtilgan. Bu Shimoʻn Isodan shifo topgani bilan tanilgan boʻlishi mumkin. uyida 7mehmon boʻlib oʻtirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan#26:7 ganch — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz naqqoshlikda qoʻllaniladigan oqish yoki sargʻish rangli toshni bildiradi. Odatda bu toshdan yasalgan idishlarda atir moyni uzoq vaqt davomida saqlasa boʻlardi. yasalgan idishda qimmatbaho atir moy olib kelib, Isoning boshidan quydi. 8Shogirdlar buni koʻrgach, gʻazablanib:
— Bu isrofgarchilikning nima keragi bor edi?! 9Axir, bu moyni katta pulga sotib, kambagʻallarga taqsimlab berish mumkin edi–ku! — deyishdi.
10Shogirdlar nima toʻgʻrisida gapirayotganlarini Iso bilib qolib, ularga dedi:
— Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ajoyib ish qildi. 11Kambagʻallar har doim sizlar bilan birga boʻladilar. Men esa har doim ham sizlar bilan birga boʻlmayman. 12Ayol bu moyni tanamga toʻkib, Meni dafnga tayyorladi#26:12 Ayol…Meni dafnga tayyorladi — yahudiylarning urf–odatiga koʻra jasad dafn qilinishidan oldin unga xushboʻy hidli ziravorlar va moylar surtilar edi (Luqo 23:55-56, Yuhanno 19:38-40 ga qarang). Ayol qilgan ishining maʼnosini oʻzi tushunganmi yoki yoʻqmi, aniq emas, ammo Iso aytadiki, uning bu harakati Isoning oʻlimi yaqinlashib qolganini bildirardi (yana shu bobning 2–oyatiga qarang).. 13Sizlarga chinini aytayin: Xushxabar dunyoning qaysi yerida eʼlon qilinmasin, bu ayol ham esga olinib, uning qilgan ishi haqida aytiladi.
14Shunda oʻn ikki shogirddan biri boʻlgan Yahudo Ishqariyot bosh ruhoniylarning oldiga borib:
15— Agar Isoni sizlarga tutib bersam, menga nima berasizlar? — deb soʻradi. Ular Yahudoga oʻttiz kumush tanga berdilar. 16Oʻsha vaqtdan boshlab Yahudo Isoni tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi.
Qutlugʻ kecha va Isoga xiyonat
17Xamirturushsiz non bayramining#26:17 Xamirturushsiz non bayrami — shu bobning 2–oyati izohiga qarang. birinchi kunida shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar:
— Fisih taomini qayerda yemoqchisiz? Biz borib tayyorgarlik koʻraylik.
18Iso dedi:
— Quddusga falonchining oldiga borib, unga shunday deb aytinglar: Ustozimiz sizga: “Vaqtim yetdi. Men Fisih ziyofatini shogirdlarim bilan sizning uyingizda oʻtkazmoqchiman”, deb aytib yubordilar.
19Shogirdlar Isoning aytganini qilib, Fisih taomini tayyorladilar.
20Kech kirganda, Iso oʻn ikki shogirdi bilan dasturxon atrofiga yonboshladi. 21Ovqatlanayotganlarida Iso:
— Sizlarga chinini aytayin, orangizdan bittangiz Menga xiyonat qiladi, — dedi.
22Shogirdlar qattiq xafa boʻlib, birin–ketin:
— Hazrat, nahotki meni nazarda tutayotgan boʻlsangiz? — deb soʻradilar.
23U esa shunday javob berdi:
— Men bilan baravar kosaga nonni botirgan Menga xiyonat qiladi. 24Ha, Inson Oʻgʻli U haqda yozilganday jon beradi. Ammo Inson Oʻgʻliga xiyonat qilgan odamning holiga voy! Uning tugʻilganidan koʻra, tugʻilmagani yaxshiroq edi.
25Sotqin Yahudo Isoga:
— Ustoz, nahotki oʻsha men boʻlsam? — dedi.
— Oʻzing aytding, — deb javob berdi Iso.
26Ular ovqatlanayotganda, Iso nonni oldi, duo oʻqib sindirdi. Nonni shogirdlariga berib:
— Olib yenglar, bu Mening tanamdir, — dedi. 27Sharob quyilgan kosani ham oldi, shukrona duosini oʻqib, ularga uzatdi:
— Bundan hammalaring ichinglar, — dedi. 28— Bu sharob Xudoning ahdini#26:28 ahd — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yangi ahd. Iso Masih butun odamzodning gunohini Oʻz boʻyniga olib, xochda oʻldi. Shu orqali yangi ahdni kuchga kiritdi (Ibroniylar 8:6-13, 9:11-17 ga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi AHD soʻziga qarang. bildiradi. Bu ahd koʻplarning gunohini yuvish uchun toʻkiladigan qonim evaziga kuchga kiradi. 29Sizlarga shuni aytay: bir kun kelib, Men sizlar bilan birga osmondagi Otamning Shohligida yangi sharob ichaman. Ammo oʻsha kun kelmaguncha uzum neʼmatini ogʻzimga ham olmayman.
30Soʻng ular hamdu sano kuylab, Zaytun togʻi#26:30 Zaytun togʻi — 21:1 izohiga qarang. tomon ketdilar.
Butrusning Isodan tonishi haqida karomat
31Iso shogirdlariga dedi:
— Bugun kechasi hammalaringiz Meni tashlab, qochib ketasizlar. Chunki yozilgan:
“Men choʻponni oʻldiraman,
Shunda suruvdagi qoʻylar har yoqqa tarqalib ketadi.”#26:31 Zakariyo 13:7 ga qarang.
32Biroq Men tirilganimdan keyin, sizlarni Jalilada kutaman.
33Butrus Isoga dedi:
— Sizni hamma tashlab ketsa ham, men tashlab ketmayman!
34Iso unga:
— Senga chinini aytayin, shu kechasiyoq, xoʻroz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan, — dedi. 35Butrus Unga:
— Kerak boʻlsa, Siz bilan birga oʻlaman! Ammo Sizdan aslo tonmayman! — dedi. Boshqa hamma shogirdlari ham shunday dedilar.
Isoning bogʻdagi ibodati
36Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Getsemaniya#26:36 Getsemaniya — Zaytun togʻining gʻarbiy yon bagʻridagi bogʻ. degan joyga bordi. Iso shogirdlariga:
— Shu yerda oʻtirib turinglar, Men nariroqqa borib, ibodat qilaman, — dedi. 37U yoniga Butrusni va Zabadiyoning ikki oʻgʻlini#26:37 Zabadiyoning ikki oʻgʻli — yaʼni Yoqub va Yuhanno. oldi. Isoni qaygʻu, gʻam qamradi. 38U shogirdlariga:
— Yuragimdagi ogʻir qaygʻu Meni oʻlguday qiynab yubordi. Shu yerda qolinglar–da, koʻz–quloq boʻlib turinglar, — dedi. 39Soʻng bir oz nari ketib, yerga muk tushdi–da, shunday deb yolvordi:
— Ey Otam, agar iloji boʻlsa, bu azob kosasi#26:39 bu azob kosasi — yunoncha matnda kosa. 20:22 ning birinchi izohiga qarang. Meni chetlab oʻtsin. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo boʻlsin.
40U shogirdlari yoniga kelib, ularning uxlab yotganini koʻrdi. Butrusga dedi:
— Men bilan birga bir soatgina ham uygʻoq oʻtira olmabsizlar–da! 41Koʻz–quloq boʻlib turinglar, vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar#26:41 …vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar — Iso Oʻz shogirdlarini hademay sinov payti boshlanishi haqida ogohlantiryapti (shu bobning 31-35–oyatlariga qarang). Oʻsha paytda ular vasvasaga tushib, Iso Masihdan yuz oʻgirishlari mumkin edi.. Ruh tetik, tana esa zaifdir.
42Iso ikkinchi marta ketib, shunday deb iltijo qildi:
— Ey Otam! Agar bu azob kosasidan qutulishimning iloji boʻlmasa, mayli, Men oʻsha kosadan ichaman. Sening xohishing bajo boʻlsin.
43U qaytib kelib, shogirdlarining yana uxlab yotganini koʻrdi. Ularning koʻzlari yumilib ketayotgan edi. 44Iso ularning oldidan yana ketib, avvalgi soʻzlarini takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi.
45Soʻng U shogirdlari yoniga qaytib kelib, ularga dedi:
— Haligacha dam olib, uxlab yotibsizlarmi?! Mana, vaqt–soati keldi, Inson Oʻgʻli gunohkorlar qoʻliga tutib berilyapti. 46Turinglar, ketaylik! Ana, Menga xoinlik qiluvchi kelyapti!
Iso hibsga olinadi
47Iso hali gapini tugatmagan ham ediki, Yahudo kelib qoldi. U oʻn ikki shogirddan biri boʻlib, uning yonida qilich va tayoq koʻtarib olgan olomon bor edi. Bu olomonni bosh ruhoniylar va xalq yoʻlboshchilari yuborgan edilar. 48Xoin Yahudo olomon bilan til biriktirib, shunday degandi: “Men kimni oʻpsam, U oʻsha Kishidir. Uni qoʻlga olinglar.” 49U toʻgʻri Isoning oldiga borib:
— Assalomu alaykum, Ustoz! — deb, Uni oʻpdi. 50Iso unga:
— Doʻstim, qiladigan ishingni qila qol, — deyishi bilanoq, odamlar Isoni ushlab, qoʻlga oldilar. 51Shunda Iso bilan birga boʻlganlardan biri qilichini qinidan sugʻurdi–da, oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, qulogʻini kesib tashladi. 52Lekin Iso unga dedi:
— Qilichingni qiniga solib qoʻy! Qilich koʻtarganlarning hammasi qilichdan halok boʻladi. 53Kerak boʻlganda edi, Men Otamga iltijo qilgan boʻlardim. U Menga oʻsha zahotiyoq oʻn minglab#26:53 oʻn minglab — yunoncha matnda oʻn ikki legiondan koʻproq, maʼnosi minglar. Bu yunoncha soʻz Rimliklarning harbiy terminidan olingan boʻlib, 6000 askardan iborat boʻlgan boʻlinma maʼnosini ifodalaydi. farishtalarini yuborgan boʻlardi. Shuni bilmaysanmi? 54Lekin bunday qilganimda edi, qanday qilib Muqaddas bitiklar#26:54 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi. amalga oshardi? Axir, bularning hammasi sodir boʻlishi kerak–ku!
55Shundan soʻng Iso olomonga dedi:
— Men qaroqchimidim, Meni olib ketgani qilichu tayoqlar bilan kelibsizlar?! Men har kuni Maʼbadda taʼlim berardim. Sizlar oʻshanda Meni qoʻlga olmadingizlar. 56Ammo bularning hammasi paygʻambarlarning Muqaddas bitiklardagi bashoratlari bajo boʻlishi uchun roʻy berdi.
Oʻshanda hamma shogirdlari Isoni qoldirib, qochib ketishdi.
Iso yahudiylarning Oliy kengashi oldida
57Isoni qoʻlga olganlar Uni oliy ruhoniy Kayafasning huzuriga olib keldilar. U yerda Tavrot tafsirchilari bilan yoʻlboshchilar ham yigʻilishgan edi. 58Butrus esa Isoning orqasidan masofa saqlab ergashib, oliy ruhoniyning hovlisigacha keldi. Butrus ichkariga kirib, oxiri nima bilan tugarkin, deb kuzatish uchun soqchilarning yoniga oʻtirdi. 59Bosh ruhoniylar va Oliy kengashning#26:59 Oliy kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang. barcha aʼzolari Isoni oʻlimga mahkum qilish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlar edilar#26:59 …Isoni oʻlimga mahkum qilish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlar edilar — Tavrot qonuniga koʻra, birortasini oʻlimga mahkum qilish uchun, jinoyatni isbotlaydigan kamida ikkita guvoh boʻlishi kerak edi (Qonunlar 17:6 ga qarang).. 60Ancha guvohlar chiqqan boʻlsa–da, yetarlicha ayblovchi dalillar topilmadi. Nihoyat, ikki soxta guvoh soʻzga chiqib, 61shunday aytishdi:
— Bu Odam: “Men Xudoning Maʼbadini buzib, uch kunda uni tiklay olaman”, degan#26:61 Bu Odam…degan — Yuhanno 2:18-22 ga qarang..
62Oliy ruhoniy oʻrnidan turib, Isoga:
— Indamay turaverasanmi?! Ularning Senga qoʻygan ayblariga javob qaytarmaysanmi?! — dedi. 63Iso esa indamadi. Oliy ruhoniy Unga dedi:
— Barhayot Xudo haqi qasam ichib, ayt: Xudoning Oʻgʻli#26:63 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. — Masih Senmisan?
64Iso unga:
— Gapingiz toʻgʻri, — dedi. — Bundan buyon sizlar Inson Oʻgʻlini Qodir Xudoning oʻng tomonida oʻtirganini#26:64 Qodir Xudoning oʻng tomonida oʻtirgani — Zabur 109:1 ga qarang. Oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan. va osmon bulutlarida kelayotganini koʻrasizlar#26:64 …Inson Oʻgʻlini…osmon bulutlarida kelayotganini koʻrasizlar — Doniyor 7:13 ga qarang..
65Shunda oliy ruhoniy oʻz kiyimlarini yirtib#26:65 …oʻz kiyimlarini yirtib… — oliy ruhoniy bu harakati bilan Isoning aytgan soʻzlaridan dargʻazab boʻlganini koʻrsatdi. dedi:
— U kufrlik qilyapti–ku! Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor?! Uning kufrlik qilganini hozirgina oʻzlaringiz eshitdingizlar. 66Sizlarning qaroringiz qanday?
— U oʻlimga loyiq! — deb javob berdi ular.
67Soʻng ular Isoning yuziga tupurib, Uni mushtlay boshladilar. Boshqalari esa Unga shapaloq urib:
68— Ey Masih! Qani, top–chi, Seni kim urdi ekan? — derdilar.
Butrus Isodan tonadi
69Bu paytda Butrus tashqarida hovlida oʻtirgan edi. Bir choʻri qiz uning yoniga kelib:
— Siz ham oʻsha Jalilalik Iso bilan birga edingiz–ku! — dedi. 70Lekin Butrus hammaning oldida buni inkor etib dedi:
— Nima toʻgʻrisida gapirayotganingizni tushunmayapman.
71Soʻng darvoza oldiga bordi. Shunda boshqa bir choʻri qiz uni koʻrib, u yerda turganlarga:
— Mana bu odam Nosiralik Iso bilan birga edi, — dedi. 72Butrus esa qasam ichib:
— Men Uni tanimayman! — deb yana Isodan tondi.
73Bir ozdan keyin u yerda turganlar kelib, Butrusga:
— Sen oʻshalardan ekaning shevangdan#26:73 shevang — Jalilaliklarning shevasi oʻzgacha boʻlib, Yahudiyaliklar ularga past nazar bilan qarar edilar. bilinib turibdi, — deyishdi.
74— Xudo ursin! Men bu Odamni tanimayman! — deb qasam ichdi Butrus. Shu payt xoʻroz qichqirdi. 75Shunda Butrus Isoning: “Xoʻroz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan” degan gapini esladi. U hovlidan chiqib, achchiq–achchiq yigʻladi.

Currently Selected:

Matto 26: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy