YouVersion Logo
Search Icon

Matto 25

25
25–BOB
Kelinning oʻnta dugonasi haqida masal
1Oxirzamon yaqinlashganda Osmon Shohligini quyidagiga oʻxshatsa boʻladi: kelinning oʻnta dugonasi moychiroqlarini olib, kuyovni qarshilagani chiqishibdi. 2Ulardan beshtasi nodon, beshtasi dono ekan. 3Nodonlari moychiroqlarni olishibdi–yu, ammo chiroq uchun moy olishmabdi. 4Donolari esa moychiroqlari bilan birga idishlarda moy ham olibdilar. 5Kuyov kechikibdi, shu sababdan hammalari mudrab, uxlab qolibdilar.
6Yarim kechasi: «Ana, kuyov kelyapti! Uni kutib olgani chiqinglar!» degan bir ovoz yangrabdi. 7Shunda qizlarning hammasi oʻrnidan turib, moychiroqlarini tayyorlay boshlabdilar. 8Nodonlari donolariga aytibdilar:
— Bizga ham moyingizdan ozgina beringlar, chiroqlarimiz oʻchyapti!
9Donolari esa shunday javob beribdilar:
— Yoʻq! Bizga ham, sizlarga ham moy yetmay qoladi. Yaxshisi, sotuvchilarga borib, oʻzlaringizga moy sotib olinglar.
10Ular moy sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga toʻyxonaga kirib ketishibdi. Orqalaridan eshik yopilibdi.
11Keyin qolgan qizlar kelib:
— Hazrat! Hazrat! Bizga eshikni oching! — deyishibdi. 12Lekin U:
— Sizlarni umuman tanimayman, — deb javob beribdi.
13Xullas, hushyor boʻlinglar, chunki qaysi kuni, qaysi soatda kelishimni bilmaysizlar.
Uchta xizmatkor haqida masal
14Yana Osmon Shohligini safarga joʻnab ketayotgan odamga oʻxshatsa boʻladi. U ketishidan oldin xizmatkorlarini chaqirib, oʻz mol–mulkini ularga topshiribdi. 15U har biriga qobiliyatiga yarasha: biriga besh ming tilla, ikkinchisiga ikki ming tilla, uchinchisiga esa ming tilla#25:15 …besh ming tilla…ikki ming tilla…ming tilla… — yunoncha matnda …besh talant…ikki talant…bir talant… (shu bobning 16-28–oyatlarida ham bor). Bir talantning qiymati mardikorning oʻn besh yillik ish haqidan ham koʻproq edi. berib, joʻnab ketibdi. 16Besh ming tilla olgan xizmatkor vaqtni boy bermay, pulni ishga solibdi va yana besh ming tilla daromad olibdi. 17Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham xuddi shunday yoʻl tutib, ikki ming tilla orttiribdi. 18Ming tilla olgan xizmatkor esa borib, chuqur qazibdi–da, xoʻjayin bergan pulini koʻmib qoʻyibdi.
19Oradan ancha vaqt oʻtibdi. Xoʻjayin qaytib kelib, xizmatkorlaridan hisobot soʻrabdi. 20Besh ming tilla olgan xizmatkori orttirgan besh ming tillani ham olib kelib, shunday debdi:
— Xoʻjayin! Menga besh ming tilla bergan edingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana besh ming tilla ishladim.
21Xoʻjayini unga:
— Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik boʻl.
22Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham kelib:
— Xoʻjayin! Menga ikki ming tilla bergandingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana ikki ming tilla ishladim, — debdi. 23Xoʻjayini unga:
— Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik boʻl.
24Ming tilla olgan xizmatkor ham kelib shunday debdi:
— Xoʻjayin! Men sizning qattiqqoʻl odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan oʻrasiz, oʻzingiz yetishtirmagan hosilni yigʻib olasiz. 25Shuning uchun men qoʻrqqanimdan borib, bergan tillangizni yerga koʻmib qoʻygan edim. Mana tillangiz!
26Xoʻjayin unga shunday javob beribdi:
— Ey yomon, yalqov xizmatkor! Men ekmagan yerdan oʻrishimni, oʻzim yetishtirmagan hosilni yigʻib olishimni bilar ekansan, 27pulimni muomalaga kiritsang boʻlmasmidi?! Men qaytib kelib, pulimni foydasi bilan qaytarib olgan boʻlar edim.
28Soʻng xoʻjayin debdi:
— Qani, undagi ming tillani olib, oʻn ming tillasi borga beringlar! 29Chunki kimda bor boʻlsa, unga yana beriladi va u moʻl–koʻlchilikda yashaydi. Kimda yoʻq boʻlsa, hatto bori ham tortib olinadi. 30Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorongʻilikka uloqtirib yuboringlar. U yerda bu yaramas qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadi#25:30 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Bularni aytib, Iso xitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!”.
Qiyomat–qoyim soʻrogʻi
31Inson Oʻgʻli Oʻzining ulugʻvorligida, jamiki farishtalari bilan birga kelganda Oʻzining shohona taxtiga oʻtiradi. 32Barcha xalqlar Uning huzuriga toʻplanadilar. Choʻpon qoʻylarni echkilardan ajratganday, U xalqlarni bir–biridan ajratadi. 33U qoʻylarni oʻng tomoniga, echkilarni chap tomoniga qoʻyadi.
34Shundan keyin Shoh oʻng tomonidagilarga aytadi:
— Ey samoviy Otamning barakasini olganlar, kelinglar! Shohlikni meros qilib olinglar! Bu shohlik olam yaratilgandayoq sizlar uchun tayyorlab qoʻyilgan. 35Axir, Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga ichimlik berdingizlar. Musofir edim, uyingizdan boshpana berdingizlar. 36Yalangʻoch edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Menga gʻamxoʻrlik qildingizlar. Zindonda edim, Meni kelib koʻrdingizlar.
37Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar:
— Yo Rabbiy! Qachon Seni och holda koʻrib, ovqat beribmiz?! Qachon chanqaganingni koʻrib, biron narsa ichiribmiz? 38Musofir ekaningni qachon koʻrib, uyimizdan boshpana beribmiz? Yalangʻoch ekaningni qachon koʻrib, kiyintiribmiz? 39Kasal yoki zindonda boʻlganingda qachon Seni yoʻqlab boribmiz?
40Shoh ularga shunday javob beradi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan boʻlasiz.
41Soʻng U chap tomondagilarga ham aytadi:
— Ey laʼnatilar, koʻzimdan yoʻqolinglar! Iblis va uning farishtalariga tayyorlab qoʻyilgan abadiy olovga mubtalo boʻlinglar! 42Axir, Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, ichgani hech narsa bermadingizlar. 43Musofir edim, uyingizdan boshpana bermadingizlar. Yalangʻoch edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal boʻldim, zindonga tushdim, Meni kelib koʻrmadingiz.
44Shunda ular aytadilar:
— Yo Rabbiy! Qachon Seni och, chanqagan, musofir, yalangʻoch, kasal holda yoki zindonda ekaningni koʻribmiz? Agar koʻrganimizda edi, nahotki Sendan xizmatimizni ayagan boʻlardik?!
45U esa shunday javob beradi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimdan ayagan yaxshiligingizni Mendan ayagan boʻlasizlar.
46Bular abadiy jazoga, solihlar esa abadiy hayotga muyassar boʻladilar.”

Currently Selected:

Matto 25: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy