Matto 27
27
27–BOB
Xoin Yahudoning halokati
1Tong otganda, bosh ruhoniylar va xalq yoʻlboshchilarining hammasi Isoni oʻlimga mahkum qilishga kelishib oldilar. 2Ular Isoni bogʻlab, hokim Pilatga#27:2 hokim Pilat — Rim hukumati tomonidan Yahudiya viloyatiga tayinlangan hokim. olib borib topshirdilar.
3Xoin Yahudo esa Isoning oʻlimga mahkum etilganini bilib, qilgan ishidan pushaymon boʻldi. U oʻttiz kumush tangani bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilarga qaytarib olib keldi. 4U:
— Men gunoh qildim! Begunoh odamga xoinlik qildim, — dedi. Ular esa:
— Bizga nima?! Bu sening ishing! — deyishdi.
5Yahudo kumush tangalarni Maʼbadga otib yubordi–da, chiqib ketdi. U borib, oʻzini osib oʻldirdi.
6Bosh ruhoniylar tangalarni terib olib: “Bu pulni Maʼbad xazinasiga qoʻsha olmaymiz, chunki bular qonga belangan”, — deyishdi. 7Ular maslahatlashib, bu pulga kulolning dalasini#27:7 kulolning dalasi — kulolga tegishli boʻlgan dalaga ishora boʻlishi mumkin. Ammo bu ibora kulollar loy oladigan joyga yoki kulollar ishlaydigan joyga yoki eski, singan sopol idishlar tashlanadigan joyga nisbatan ham ishlatilgan boʻlishi mumkin. sotib oldilar, u yerga musofirlar dafn qilinadigan boʻldi. 8Shuning uchun oʻsha yer bugungacha “Qon Yeri” deb ataladi. 9-10Shunday qilib, Yeremiyo paygʻambarning bashorati#27:9-10 Yeremiyo paygʻambarning bashorati — mazkur oyatlardagi qoʻshtirnoqqa olingan parchada Zakariyo 11:12-13 da bayon qilingan gʻoyalar va Yeremiyo paygʻambarning hayotida sodir boʻlgan voqealar birga qoʻshilgan (Yeremiyo 19:1-13 ga qarang). bajo boʻldi:
“Ular oʻttiz kumush tangani olib,
Kulolning dalasini sotib oldilar.
Bu pul Isroil xalqining U uchun belgilagan narxi edi.”
Egamizning amri boʻyicha, Yeremiyoning hayotida ham xuddi shunday voqea yuz bergan edi.
Iso Pilat huzurida
11Iso hokim Pilatning huzurida turganda hokim Isodan:
— Sen yahudiylarning Shohimisan? — deb soʻradi.
— Siz shunaqa deysiz, — deb javob berdi Iso.
12Bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilar Isoni ayblayotganlarida esa, U hech qanday javob bermadi. 13Shunda Pilat Unga:
— Eshitmayapsanmi, Sening boʻyningga qancha ayblar qoʻyishyapti! — dedi. 14Lekin Iso bironta ayblovga javob qaytarmadi. Hokim bunga qoyil qoldi.
15Hokimning bir odati bor edi: u har Fisih bayramida#27:15 Fisih bayrami — 26:2 izohiga qarang. olomonning xohishiga koʻra, bir mahbusni ozod qilar edi. 16Oʻsha paytda otning qashqasiday taniqli boʻlgan Yoshua#27:16 Yoshua — yunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan. Shu bobning 17–oyatida ham bor. Barabbas#27:16 Yoshua Barabbas — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Barabbas. Shu bobning 17–oyatida ham bor. ismli bir mahbus bor edi. 17Xalq toʻplangach, Pilat ulardan soʻradi:
— Sizlar kimni ozod qilishimni istaysizlar: Yoshua Barabbasnimi yoki Masih deb atalgan Isonimi?
18Ular Isoni hasad tufayli qoʻlga tushirishganini Pilat bilar edi. 19Pilat hukm kursisida oʻtirgan edi, xotini unga shunday xabar yubordi: “Bu Odam aybsiz, Unga biron narsa qila koʻrmagin, kecha tushimda U sababli qattiq azob tortdim.”
20Ammo bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilar olomonni qayrab, Pilatdan: “Barabbasni ozod qiling, Isoni esa oʻldiring” deb soʻrashga ularni koʻndirdilar.
21Hokim olomondan yana soʻradi:
— Ikkovidan qaysi birini ozod qilishimni istaysizlar?
— Barabbasni! — deb javob berdi ular.
22— Masih deb nom olgan Isoni nima qilay? — deb soʻradi Pilat.
— Xochga mixlansin! — deyishdi bir ogʻizdan.
23— Nimaga? U nima yomonlik qildi? — deb soʻradi hokim. Lekin olomon:
— Xochga mixlansin! — deb battar baqirardi.
24Pilat qoʻlidan hech narsa kelmayotganini va gʻalayon boshlanayotganini koʻrib:
— Bu Odamning#27:24 Bu Odam — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida bu solih Odam. toʻkiladigan qoni uchun men aybdor emasman. Bunga oʻzlaringiz javob berasizlar! — dedi–da, olomonning koʻzi oldida suv olib, qoʻllarini chaydi. 25Butun xalq bunga javoban:
— Uning qoni bizning va bolalarimizning gardanida boʻlsin! — deyishdi.
26Shundan soʻng Pilat Barabbasni ozod qildi. Isoni esa qamchilatib, xochga mixlashni buyurdi.
Isoni haqorat qilishadi
27Hokimning askarlari Isoni hukumat saroyiga olib borib, butun boʻlinmani Uning oldiga toʻplashdi. 28Ular Isoning kiyimlarini yechib olib, Uning egniga qizil toʻn kiydirdilar. 29Tikanlardan toj oʻrib, boshiga kiygizdilar. Oʻng qoʻliga qamish tutqizib, Uning oldida tiz choʻkkancha: “Yashavor, ey yahudiylarning Shohi!” deb masxara qildilar. 30Soʻng Unga tupurib, qamish bilan qayta–qayta boshiga urdilar. 31Uni shunday masxara qilganlaridan keyin, ustidagi toʻnni yechib olib, Oʻzining kiyimlarini kiydirishdi. Soʻng Uni xochga mixlash uchun olib ketishdi.
Iso xochga mixlanadi
32Ular yoʻlda Kirineyalik#27:32 Kirineya — bu shahar Oʻrta yer dengizi boʻyida, hozirgi Liviya mamlakatining hududida joylashgan edi. Shimoʻn degan kishini uchratib qolib, Isoning xochini#27:32 xoch — bu oʻrinda xochning koʻndalang yogʻochiga ishora qilingan. Oʻlimga mahkum qilingan inson bu yogʻochni hukm ijro qilinadigan joygacha oʻzi koʻtarib borishi kerak edi. Bundan oldin Isoni ayovsiz qamchilashgani uchun (shu bobning 26–oyatiga va Mark 15:15, Yuhanno 19:1 ga qarang), U shu qadar holdan toygan ediki, ehtimol, xochni Oʻzi koʻtarishga madori qolmagan boʻlsa kerak. koʻtarib borishga uni majbur qildilar. 33Ular Goʻlgota degan joyga yetib keldilar. Goʻlgota “bosh suyagi” maʼnosini beradi. 34Askarlar u yerda Isoga ichgani achchiq oʻt#27:34 achchiq oʻt — xochga mixlanadigan odamlarning azobini oz boʻlsa–da, kamaytirish uchun beriladigan dori boʻlishi mumkin. aralashtirilgan sharob berdilar. Iso uni tatib koʻrdi, ammo ichmadi. 35Askarlar Isoni xochga mixlab qoʻyishdi. Kiyimlari uchun qurʼa tashlab, oʻzaro boʻlishib olishdi#27:35 Kiyimlari uchun qurʼa tashlab, oʻzaro boʻlishib olishdi — Zabur 21:19 ga qarang.. 36Keyin oʻsha yerda Isoni qoʻriqlab oʻtirishdi. 37Isoning bosh tomoniga ular: “Bu yahudiylarning Shohi Isodir” degan aybnomani osib qoʻydilar.
38Iso bilan birga ikkita qaroqchini ham mixlagan edilar. Ularning biri Isoning oʻng tomonida, biri chap tomonida edi. 39Oʻtib ketayotganlar boshlarini chayqab, Isoni haqoratlashardi#27:39 …boshlarini chayqab, Isoni haqoratlashardi — Zabur 21:8 ga qarang.:
40— Ey Maʼbadni buzib uch kun ichida tiklaydigan! Agar Xudoning Oʻgʻli#27:40 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. boʻlsang, Oʻzingni Oʻzing qutqar–chi! Xochdan tushib koʻr–chi!
41Bosh ruhoniylar, Tavrot tafsirchilari va yoʻlboshchilar ham ularga qoʻshilib, Isoni masxaralay ketishdi:
42— U boshqalarni qutqarardi, Oʻzini esa qutqara olmaydi! U Isroilning Shohi emish! Qani, xochdan tushsin, shunda biz Unga ishonamiz. 43U Xudoga ishonardi. Agar Xudo Undan mamnun boʻlsa, hozir Uni qutqarsin#27:43 U Xudoga ishonardi…hozir Uni qutqarsin — Zabur 21:9 ga qarang.. Axir, U Oʻzini Xudoning Oʻgʻli deb atagan–ku!
44Iso bilan birga xochga mixlangan qaroqchilar ham Uni shunday haqoratlar edilar.
Iso jon beradi
45Tushdan boshlab soat uchgacha#27:45 Tush…soat uch… — yunoncha matnda Oltinchi soat…toʻqqizinchi soat…, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu paytlari oʻsha soatlar bilan belgilanar edi. hamma yoq zulmatga choʻmdi. 46Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan:
— Eli, Eli, lamo shavaqtani?#27:46 Eli, Eli, lamo shavaqtani? — Eli — ibroniycha soʻz, lamo shavaqtani oramiycha iboradir. — deb faryod qildi. Buning tarjimasi: “Ey Xudoyim! Ey Xudoyim! Nega Meni tark etding?!”#27:46 Zabur 21:2 ga qarang. demakdir. 47U yerda turgan baʼzilar buni eshitib:
— U Ilyosni#27:47 Ilyos — ibroniy tilida Eliyah. Bu ism oldingi oyatdagi Eli soʻziga ohangdosh. chaqiryapti, — deyishdi. 48Ulardan biri yugurib borib, shimgichni oldi va arzon sharobga#27:48 arzon sharob — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz avom xalq kunda ichadigan nordon sharobga ishora qiladi. Bu sharob Rim askarlari uchun oʻsha yerga olib kelingan boʻlishi mumkin. botirib, bir qamishning uchiga ildi–da, Isoga ichish uchun uzatdi. 49Boshqalari esa:
— Qani, koʻraylik–chi, Ilyos kelib#27:49 …Ilyos kelib… — 16:14 izohiga qarang. Uni qutqararmikan, — deyishdi.
50Ammo Iso qattiq faryod qildi–yu, jon berdi.
51Shu zahoti Maʼbaddagi parda#27:51 Maʼbaddagi parda — shoh Hirod qayta qurgan Maʼbadda ikkita parda bor edi. Pardaning biri Maʼbadning kiraverishida osilgan, ikkinchisi esa Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turar edi. Bu oyatda Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turadigan parda nazarda tutilgan. Maʼbaddagi pardaning yirtilishi Iso tufayli odamlarga Xudoning huzuriga yoʻl ochilganidan dalolat beradi (Yuhanno 4:19-24, Ibroniylar 9:1-10, 10:19-22 ga qarang). yuqoridan pastgacha yirtilib, ikkiga boʻlinib ketdi. Yer larzaga keldi, toshlar yorildi. 52Qabrlar ochilib, taqvodor odamlarning koʻpchiligi tirildi. 53Ular qabrlaridan chiqdilar, Iso tirilgandan keyin muqaddas Quddus shahriga bordilar. Koʻp odamlar ularni koʻrdi.
54Isoni qoʻriqlab turgan Rim yuzboshisi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir boʻlayotgan barcha ishlarni koʻrib, vahimaga tushdilar. Ular:
— Haqiqatan ham bu Odam Xudoning Oʻgʻli ekan! — dedilar.
55U yerda bir talay ayollar ham bor edi, ular uzoqdan qarab turgan edilar. U ayollar Jaliladan Isoga ergashib kelgan va Unga xizmat qilgandilar. 56Ularning orasida Magdalalik#27:56 Magdala — Jalila koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻidagi qishloq. Maryam, Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam va Zabadiyo oʻgʻillarining#27:56 Zabadiyo oʻgʻillari — yaʼni Yoqub va Yuhanno. onasi ham bor edi.
Iso dafn qilinadi
57Oqshom tushayotgan paytda#27:57 Oqshom tushayotgan paytda… — yahudiylarning urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Juma kuni tugayotgani uchun Yusuf jasadni Shabbat kuni boshlanmasidan oldin qabrga qoʻymoqchi boʻlgan (Luqo 23:50-56 ga qarang). Yusuf degan Arimateyalik#27:57 Arimateya — Quddusdan 35 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan shahar. bir boy odam keldi. U ham Isoning shogirdi edi. 58Yusuf Pilatning huzuriga borib, Isoning jasadini soʻradi. Pilat jasadni unga berishni buyurdi. 59Yusuf jasadni olib, uni toza zigʻir matosiga kafanladi 60va oʻzi uchun qoyaga oʻydirgan yangi qabrga qoʻydi. Yusuf katta toshni yumalatib kelib, qabrning ogʻzini yopdi va oʻzi ketdi. 61Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam#27:61 boshqa Maryam — shu bobning 56–oyatiga qarang. u yerda qolib, qabrning roʻparasida oʻtiraverdilar.
62Shabbat arafasining ertasiga bosh ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga yigʻilishib, 63dedilar:
— Hazrati oliylari, bir narsa esimizga tushib qoldi: oʻsha yolgʻonchi tirikligida: “Uch kundan keyin Men tirilaman”, degan edi. 64Shuning uchun buyruq bering: qabr uch kun qoʻriqlansin. Aks holda, Uning shogirdlari borib, jasadni oʻgʻirlab ketadilar–da, odamlarga: “U oʻlikdan tirildi” deb aytadilar. Bu yolgʻon birinchisidan#27:64 birinchisi — ular Isoning Masih ekanligiga ishonmas edilar, bu haqdagi gaplarni yolgʻon, deb hisoblardilar. ham battar boʻladi.
65Pilat ularga dedi:
— Xoʻp, qoʻriqchilarni olib, qoʻlingizdan kelgancha, qabrni qoʻriqlanglar.
66Ular borib, qabr toshiga muhr bosdilar va qabrni qoʻriqlay boshladilar.
Currently Selected:
Matto 27: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020