Matto 17
17
17–BOB
Isoning qiyofasi oʻzgaradi
1Oradan olti kun oʻtdi. Iso yoniga faqat Butrus, Yoqub va Yoqubning ukasi Yuhannoni olib, baland bir toqqa chiqdi. 2U yerda, ularning koʻz oʻngida Isoning qiyofasi oʻzgardi: yuzi quyoshday porlab, kiyimlari koʻzni qamashtiradigan darajada oppoq boʻlib qoldi. 3Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos zohir boʻlishdi. Ular Iso bilan gaplashdilar. 4Butrus Isoga dedi:
— Hazrat, yaxshi ham shu yerda ekanmiz! Istasangiz, uchta chayla yasayman#17:4 yasayman — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yasaylik.: bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga.
5U shu gapini tugatmagan ham ediki, birdaniga oppoq bulut paydo boʻlib, hammalariga soya soldi. Bulut orasidan shunday ovoz keldi:
— Bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir, Undan mamnunman#17:5 Bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir, Undan mamnunman — 3:17 ga va oʻsha oyatning izohlariga qarang.. Unga quloq solinglar!
6Shogirdlar ovozni eshitganlarida, shunchalik qoʻrqib ketdilarki, yerga yuz tuban yiqildilar. 7Iso esa kelib, ularga qoʻl tekkizdi–da:
— Turinglar, qoʻrqmanglar! — dedi. 8Ular boshlarini koʻtarib, yolgʻiz Isodan boshqa hech kimni koʻrmadilar.
9Togʻdan tushayotganlarida Iso ularga buyurdi:
— Inson Oʻgʻli oʻlib tirilmaguncha, bu koʻrganlaringizni hech kimga aytmanglar.
10Shogirdlari Undan soʻradilar:
— Nega Tavrot tafsirchilari, Masihdan oldin Ilyos kelishi kerak#17:10 …Masihdan oldin Ilyos kelishi kerak… — 16:14 izohiga qarang., deb aytadilar?
11Iso ularga shunday javob berdi:
— Toʻgʻri, avvalo Ilyos kelib, hamma narsani tiklashi kerak. 12Biroq Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan#17:12 …Ilyos allaqachon kelgan… — Yahyo choʻmdiruvchi nazarda tutilgan (shu bobning 13–oyatiga qarang).. Ammo odamlar uni tanimay, uni xohlaganicha xoʻrladilar#17:12 …uni xohlaganicha xoʻrladilar — Hirod Hirodiyaning iltimosi bilan Yahyoni qanday qilib qatl qilganiga ishora (14:3-11 ga qarang).. Xuddi shunga oʻxshab, Inson Oʻgʻli ham odamlar qoʻlida koʻp azob chekadi.
13Shunda shogirdlar tushundilarki, Iso ularga Yahyo choʻmdiruvchi toʻgʻrisida gapirayotgan ekan.
Jinga chalingan bolaga Iso shifo beradi
14Iso shogirdlari bilan olomon oldiga kelganda, bir odam Isoning oldida tiz choʻkib:
15— Hazrat, — dedi, — oʻgʻlimga rahm qiling! Uning tutqanoq kasali bor, qattiq azob chekmoqda. U koʻpincha olovga yoki suvga yiqilib tushadi. 16Oʻgʻlimni shogirdlaringiz oldiga olib kelgandim, ammo ular davolay olmadilar.
17Iso shunday dedi:
— Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga boʻlishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! Bolani bu yerga olib kelinglar!
18Iso jinga doʻq qildi. Jin bolaning ichidan chiqib ketdi, shu zahoti bola sogʻayib qoldi.
19Shogirdlar Iso bilan yolgʻiz qolganlarida, Undan:
— Nega biz jinni quvib chiqara olmadik? — deb soʻradilar. 20-21Iso javob berib dedi:
— Yetarli imoningiz yoʻqligi uchun#17:20-21 Yetarli imoningiz yoʻqligi uchun… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida imoningiz yoʻqligi uchun. shunday boʻldi. Sizlarga chinini aytayin: agar zigʻirday#17:20-21 zigʻirday — yunoncha matnda xantal urugʻiday. Oʻsha zamonda odamlar xantal urugʻini eng mayda urugʻ deb bilishardi. imoningiz boʻlib, shu toqqa: “Bu yerdan u yerga koʻch”, — deb aytsangiz, togʻ koʻchadi. Sizlar uchun imkonsiz narsa boʻlmaydi#17:20-21 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi jumla 21–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Bu toifa jinlarni ibodat va roʻzadan boshqa yoʻl bilan quvib boʻlmaydi..
22Iso shogirdlari bilan Jalila hududiga qaytib kelgandan keyin, ularga dedi:
— Inson Oʻgʻli odamlar qoʻliga tutib beriladi. 23Uni oʻldirishadi, uchinchi kuni esa U tiriladi.
Shogirdlar nihoyatda gʻamgin boʻlib qoldilar.
Maʼbad soligʻi
24Iso bilan shogirdlari Kafarnahumga kelganlarida, Maʼbad soligʻini#17:24 Maʼbad soligʻi — yunoncha matnda ikki draxmalik tanga, yahudiy erkaklari Maʼbadga toʻlagan soliqqa ishora (Chiqish 30:13-16 ga qarang). Shu bobning 27–oyati izohiga qarang. yigʻuvchilar Butrusning oldiga kelib:
— Ustozingiz Maʼbad soligʻini toʻlamaydimi? — deb soʻradilar.
25— Toʻlaydi! — deb javob berdi Butrus.
Butrus uyga kelgach, Iso birinchi boʻlib gapirdi:
— Butrus#17:25 Butrus — yunoncha matnda Shimoʻn, Butrusning yana bir ismi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang)., sening fikring qanday? Bu dunyo shohlari soliq va bojni kimdan yigʻadilar? Oʻzinikilardanmi yoki begonalardanmi?
26— Begonalardan–da, — deb javob berdi Butrus.
— Demak, oʻzinikilar soliqdan ozod ekan–da, — dedi Iso. 27— Ammo ularni norozi qilmaylik. Koʻlga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib ogʻzini ochsang, kumush tangani#17:27 kumush tanga — yunoncha matnda bir statir, qiymati toʻrt draxmaga teng boʻlgan kumush tanga, ikkita erkak toʻlashi kerak boʻlgan Maʼbad soligʻining miqdori. Draxma yunon tangasi edi. Qiymati Rimdagi bir dinor qiymatiga teng kelar edi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi. topasan. Tangani olib, ikkovimiz uchun soliq toʻla.
Currently Selected:
Matto 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: