Matto 16
16
16–BOB
Farziylar va sadduqiylar Isodan alomat soʻrashadi
1Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoning oldiga kelib, Uni sinab koʻrish maqsadida:
— Bizga bir moʻjizali alomat koʻrsating. Shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz, — dedilar. 2Iso ularga shunday javob berdi:
— Quyosh botganda, sizlar, osmon qizgʻish, havo yaxshi boʻladi, deysizlar. 3Ertalab esa, osmon qizil, havoning avzoyi buzuq, bugun boʻron boʻladi, deysizlar. Sizlar osmonning avzoyiga qarab, ob–havoni aniqlay olasizlar–ku! Nega zamon alomatlarini talqin qila olmaysizlar?! 4Bu qabih va bevafo nasl alomat soʻrayapti, ammo ularga Yunusning alomatidan#16:4 Yunusning alomati — 12:39-41 oyatlarga va 12:39 izohiga qarang. boshqa alomat berilmaydi.
Iso ularni qoldirib ketdi.
Farziylar va sadduqiylarning xamirturushi
5Narigi qirgʻoqqa#16:5 Narigi qirgʻoqqa… — bu ibora koʻlning oʻsha qirgʻogʻidagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin. Bu oʻrinda shimoli–sharqiy qirgʻoqqa ishora boʻlsa kerak. yetib kelgan shogirdlar oʻzlari bilan non olishni unutgan edilar. 6Iso ularga dedi:
— Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan#16:6 xamirturush — majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, odatda boshqalarga salbiy taʼsir koʻrsatadigan taʼlimotlar va xulq–atvor nazarda tutilgan. ehtiyot boʻlinglar!
7Shogirdlar oʻzlaricha: “Biz non olib kelmaganimiz uchun U shunday deyapti”, deb muhokama qila boshladilar. 8Shogirdlar nimani muhokama qilayotganlarini Iso bilib, ularga dedi:
— Ey imoni sustlar! Nega sizlar, nonimiz yoʻq, deb aytyapsizlar? 9Hali ham tushunmadingizlarmi? Besh mingta odamga beshta nonni boʻlib berganim esingizdami? Oʻshanda qolgan–qutgan nonlarga nechta savatni toʻldirib olgan edingizlar? 10Yoki yettita nonni toʻrt ming kishiga boʻlib berganim–chi? Oʻshanda, non burdalari bilan nechta savatni toʻldirib olgan edingizlar? 11Men sizlarga non haqida gapirmaganimni hali ham anglamadingizlarmi? Men sizlarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot boʻlinglar!” deb aytyapman.
12Shundan keyin shogirdlar tushundilarki, Iso ularni nonga ishlatiladigan xamirturushdan saqlanish toʻgʻrisida emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning taʼlimotidan ehtiyot boʻlish toʻgʻrisida ogohlantirayotgan ekan.
Butrus Masihni tan oladi
13Iso Filip Qaysariyasi#16:13 Filip Qaysariyasi — Jalila koʻlidan qariyb 40 kilometr shimoli–sharqda joylashgan shahar. atrofidagi hududga keldi. Oʻsha yerda U shogirdlaridan soʻradi:
— Odamlar Inson Oʻgʻlini kim deb biladi?
14Shogirdlar Unga shunday javob berdilar:
— Baʼzilar Yahyo choʻmdiruvchi, baʼzilar Ilyos, baʼzilar Yeremiyo#16:14 …Ilyos…Yeremiyo… — Ilyos yahudiylarning Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk paygʻambarlaridan biri edi. Yahudiylar Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang). Yeremiyo ham Eski Ahd davrida yashagan, yahudiylarga yaxshi tanish boʻlgan paygʻambar edi., boshqalar esa, qadimgi paygʻambarlardan biri, deb aytib yuribdilar.
15Iso ulardan soʻradi:
— Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz?
16Shimoʻn Butrus#16:16 Shimoʻn Butrus — Iso Masih Shimoʻnga Butrus ismini bergan edi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang). Baʼzan u haqda soʻz yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi. javob berib dedi:
— Siz Masihsiz#16:16 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang., Barhayot Xudoning Oʻgʻlisiz!#16:16 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.
17Shimoʻn Butrusga Iso dedi:
— Sen baxtlisan, ey Yuhanno#16:17 Yuhanno — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Yunus. Uning Yuhanno degan shakli Yuhanno 1:42, 21:15-17 dan olingan. oʻgʻli Shimoʻn! Axir, bu sirni senga inson emas, balki osmondagi Otam ochib bergan. 18Shimoʻn, senga shuni aytay: Butrus isming “qoya” degani–ku!#16:18 Butrus isming “qoya” degani–ku! — Butrus ismi yunonchada Petros boʻlib, maʼnosi qoya demakdir. Mana shu qoya ustiga Men Oʻzimning jamoatimni#16:18 jamoat — Iso Masihga ishongan odamlar nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi JAMOAT soʻziga qarang. quraman. Hatto oʻlim shohligi ham jamoatimga bas kela olmaydi. 19Osmon Shohligi kalitlarini Men senga beraman. Yer yuzida sen nimani taqiqlasang, samoda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sen nimaga ijozat bersang, samoda ham ijozat beriladi.
20Bundan soʻng Iso: “Masih ekanimni hech kimga aytmanglar”, deb shogirdlariga qatʼiy buyurdi.
Iso Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
21Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga quyidagilarni ochiqchasiga tushuntira boshladi: “Men Quddusga borib, yoʻlboshchilar, bosh ruhoniylar#16:21 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa eʼtiborli odamlari qatorida Oliy kengash aʼzolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang. va Tavrot tafsirchilari qoʻlida koʻp azob chekaman. Meni oʻldirishadi, lekin uchinchi kuni Men tirilaman.” 22Shunda Butrus Isoni chetga tortib dedi:
— Bunday deb aytmang, Hazratim! Xudo saqlasin! Boshingizga aslo bunday kunlar kelmasin!
23Iso esa Butrusga qarab:
— Yoʻqol koʻzimdan, shayton! — dedi. — Meni yoʻldan urma! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini oʻylayapsan.
24Keyin Iso Oʻz shogirdlariga dedi:
— Kimda–kim Menga ergashishni istasa, oʻzidan kechsin va xochini koʻtarib#16:24 …xochini koʻtarib… — 10:38 izohiga qarang., orqamdan yursin. 25Kim oʻz jonini asrab qolmoqchi boʻlsa, uni yoʻqotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi. 26Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, oʻz jonidan mahrum boʻlsa, bundan unga nima foyda?! Inson oʻz joni evaziga qanday toʻlov bera oladi?! 27Inson Oʻgʻli samoviy Otasining ulugʻvorligida, farishtalari bilan kelganda, har kimni oʻz ishiga yarasha taqdirlaydi. 28Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan baʼzilari, Inson Oʻgʻlining Shoh boʻlib kelganini koʻrmaguncha, oʻlmaydilar.
Currently Selected:
Matto 16: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: