YouVersion Logo
Search Icon

Yahudo 1

1
1–BOB
Duoyi salom
1Iso Masihning quli va Yoqubning ukasi men — Yahudodan#1:1 Yoqubning ukasi men — Yahudo — Quddusdagi jamoatning yetakchisi boʻlgan Yoqubning va Isoning ukasi (Mark 6:3, Havoriylar 15:13, 21:18, Galatiyaliklar 1:18-19 ga qarang)., Xudoning xalqi boʻlishga daʼvat qilingan birodarlarga salom! Otamiz Xudo sizlarni Iso Masih kelishiga qadar#1:1 …Iso Masih kelishiga qadar… — yoki …Iso Masih orqali…. Oʻz mehr–muhabbati panohida omon saqlaydi#1:1 Otamiz Xudo sizlarni…Oʻz mehr–muhabbati panohida omon saqlaydi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Otamiz Xudo sizlarni…muqaddas qilib, Oʻz panohida omon saqlaydi.. 2Xudo sizlarga cheksiz marhamat, tinchlik va mehr–oqibat ato qilsin.
Soxta ustozlardan ehtiyot boʻlinglar
3Azizlarim, hammamiz birgalikda bahra olayotgan najotimiz haqida men sizlarga yozishni juda xohlagan edim. Ammo buning oʻrniga sizlarni: “Imonimizni himoya qilaylik”, deb undamoqchiman. Axir, Xudo bu oʻzgarmas imonni aziz xalqiga to abad topshirgan. 4Gap shundaki, baʼzi betavfiq odamlar orangizga oʻgʻrincha kirib olibdilar. Ular oʻz axloqsizligini oqlash uchun Xudoyimizning inoyati haqidagi xabarni buzib oʻrgatyaptilar. Yagona Xoʻjayinimiz#1:4 Xoʻjayinimiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Egamiz Xudo. va Rabbimiz Iso Masihni rad etyaptilar. Oʻsha betavfiqlarning jazosi azaldanoq yozilgandir#1:4 azaldanoq yozilgan — shu bobning 5-16–oyatlarida Yahudo betavfiqlarning qanday jazolanishi haqida misollar keltirgan..
Soxta ustozlarning jazosi
5Bunday odamlarning qismati nima boʻlishini oʻzlaringiz yaxshi bilasizlar. Bularni sizlarga yana bir bor eslatmoqchiman: Egamiz Oʻz xalqi Isroilni Misrdagi qullikdan qutqargandi. Keyinroq esa ishonmagan odamlarni halok qilgan edi#1:5 …ishonmagan odamlarni halok qilgan edi — Sahroda 14:26-38 ga qarang.. 6Shuningdek, oʻz mavqeiga yarasha ish tutmay, makonini tashlab ketgan farishtalarni#1:6 oʻz mavqeiga yarasha ish tutmay, makonini tashlab ketgan farishtalar — qilmishlari uchun jazolangan ilohiy zotlarga ishora boʻlishi mumkin, bu zotlar haqida Ibtido 6:1-4 da yozilgan. Yana 1 Butrus 3:19-20, 2 Butrus 2:4 ga qarang. ham Egamiz qorongʻi zimistonga abadiy zanjirband qilgandi. Ularni buyuk qiyomat kunigacha oʻsha yerda saqlab turibdi. 7Oʻsha farishtalar singari, Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlari#1:7 Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlari — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang). aholisi, shuningdek, bular atrofidagi barcha shaharlar aholisi ham notabiiy buzuq ehtiroslarga va shahvoniy hirsga berilgan edilar. Oqibatda esa abadiy oʻtda kuyib, oʻz jazosini olganlar. Ularning qismati hammaga saboq boʻldi.
8Shunga qaramay, oramizga kirib olgan betavfiqlar oʻz vahiylariga tayanib, badanlarini harom etyaptilar. Xudoning hokimiyatini rad etib, samoviy mavjudotlarni haqorat qilyaptilar#1:8 …samoviy mavjudotlarni haqorat qilyaptilar — ularning magʻrurligini va takabburligini namoyon qiladigan xulq–atvorlari. Yana 2 Butrus 2:10-11 ga qarang.. 9Esingizda boʻlsa, bosh farishta Mikoyil iblis bilan Musoning jasadi borasida bahslashgandi#1:9 …Mikoyil iblis bilan Musoning jasadi borasida bahslashgandi — Yahudo bu oʻrinda yahudiylarga yaxshi maʼlum boʻlgan afsonani nazarda tutgan. Bu afsona yahudiylarning “Musoning jannatga koʻtarilishi” deb nomlangan qadimgi kitobidan olingan.. Ammo Mikoyil shunda ham iblisni haqoratlab, hukm qilishga jurʼat etmadi, u Xudoning hokimiyatini eʼzozlagan holda, faqat: “Egamning Oʻzi seni hukm qilsin”, — deb aytgan edi, xolos. 10Oʻsha betavfiqlar esa Xudoning qonunini tushunmaydilar, tushunmaganlari uchun ham oʻsha qonunni mensimaydilar. Ular oʻzlarini ongsiz hayvonlarday tutib, ehtiroslarga berilib yashashdan boshqa hech narsani bilmaydilar. Buning natijasida halokatga yoʻliqadilar.
11Bu soxta ustozlarning holiga voy! Axir, ular Qobilning#1:11 Qobil — Ibtido 4:3-8 ga qarang. Bu oyatda aytib oʻtilgan odamlar axloqi buzuq boʻlib, boshqalarni ham gunohga yetaklagani bilan tanilgan. izidan boryaptilar. Pulga berilib, boshqalarni Balomga#1:11 Balom — Moʻab va Midiyon xalqlari bilan qilgan hamkorligi uchun Isroil xalqining dushmani hisoblangan edi (Sahroda 25:1-5, 16-18, 31:16, Yoshua 13:22, 24:9-10, Vahiy 2:14 ga qarang). oʻxshab yoʻldan uryaptilar. Koʻrax#1:11 Koʻrax — Sahroda 16:1-35 ga qarang. singari isyon koʻtarib, halokatga yuz tutyaptilar.
12Bu odamlar jamoatingizni ham halokatga yoʻliqtiradilar#1:12 Bu odamlar jamoatingizni ham halokatga yoʻliqtiradilar — Yahudo bu oʻrinda dengiz suvining ostidagi koʻzga koʻrinmaydigan qoyatoshlarni bildiradigan yunoncha soʻzni ishlatgan. Kemalar oʻsha qoyatoshlarga urilib, halokatga uchrar edi. Bu timsol jamoatni halokatga yoʻliqtiradigan odamlarga rosa mos kelardi. Baʼzi olimlarning taxmini boʻyicha esa bu yunoncha soʻz kiyim–kechakdagi dogʻni anglatadi. Shuning uchun ularning nazarida yuqoridagi gapni Bu odamlar jamoatingizga dogʻ tushiradi deb tarjima qilsa ham boʻladi.. Ular faqat oʻzini boqadigan choʻponlarga oʻxshaydi. Sizlar taom yeyish uchun birga yigʻilganingizda, Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirganingizda, ular uyalmay, ochkoʻzlik bilan qorinlarini toʻydiradilar. Ular shamol haydagan yomgʻirsiz bulutlarga oʻxshaydilar, mavsumida meva bermaydigan daraxtlar kabidirlar. Bu ustozlar qoʻporib tashlangan daraxtlarday oʻlikdirlar. 13Ular dengizning vahshiy toʻlqinlari kabi joʻsh uradi#1:13 Ular dengizning vahshiy toʻlqinlari kabi joʻsh uradi… — Ishayo 57:20-21 ga qarang., sharmandali ishlarini iflos koʻpikday yuzaga chiqarib, atrofga sochadi. Ular tayyorlab qoʻyilgan qop–qorongʻi zulmatga adashgan yulduzlarday#1:13 adashgan yulduzlar — yovuzlikka yuz tutgan farishtalarga ramziy maʼnoda ishora qilingan boʻlishi mumkin. abadiy gʻarq boʻlishadi.
14Odam Atodan boshlab, yettinchi#1:14 yettinchi — barkamollik timsoli, Xanoʻxning soʻzlari haqiqat ekanligiga urgʻu berish maqsadida ishlatilgan boʻlishi mumkin. avlodda yashagan Xanoʻx#1:14 Xanoʻx — sharq yozma adabiyotida Idris paygʻambar deb eʼtirof etilgan. Ibtido 5:18-24 ga qarang. bu odamlar haqida shunday bashorat qilgan#1:14 …Xanoʻx bu odamlar haqida shunday bashorat qilgan… — mazkur oyatdagi bashorat soʻzlari yahudiylar orasida keng tarqalgan “Xanoʻxning kitobi”dan olingan. Mazkur kitobdagi hikoyalar yahudiylarga ham, masihiylarga ham maʼlum boʻlgan.:
“Rabbimiz ming–minglab muqaddas malaklari bilan keladi.
15U jamiki odamzodni hukm qiladi.
Gunohga botgan betavfiqlarni mahkum etadi,
Yaramas qilmishlari uchun,
Uni haqoratlaganlari uchun
Betavfiqlarni jazolaydi.”
16Oramizga kirib olgan bu betavfiqlar, qachon qaramang, mingʻirlab nolib yuradilar. Ular faqat oʻz nafsini oʻylab ish tutadilar, maqtanadilar, oʻz manfaatini koʻzlab, tilyogʻlamalik qiladilar.
Xudoga sodiq qolinglar
17Sizlar esa, ey azizlarim, Rabbimiz Iso Masihning havoriylari aytgan bashoratlarni#1:17 aytgan bashoratlar — misol uchun, Havoriylar 20:29, 2 Butrus 2:1-3, 1 Timoʻtiy 4:1, 2 Timoʻtiy 3:1-5 ga qarang. esingizda tutinglar. 18Axir, ular sizlarni quyidagicha ogohlantirishgan: “Oxirgi zamonda shunday odamlar boʻladiki, ular faqat oʻz nafsini qondirish bilan ovora boʻlishadi, haqiqatga itoat qiluvchilarni mazax qilishadi.” 19Muqaddas Ruhga ega boʻlmagan bu betavfiq ustozlar inson tabiatiga qul boʻlib yashaydilar, orangizga nizo urugʻini sochadilar.
20Sizlar esa, ey azizlarim, qutlugʻ imoningizga tayanib hayot kechiringlar. Muqaddas Ruh ilhomi bilan ibodat qilinglar. 21Xudoning sevgisi panohida boʻlib, oʻzingizni asranglar. Rabbimiz Iso Masihning kelishini kutinglar. U kelib, Oʻz marhamati tufayli bizga abadiy hayot ato qiladi. 22Ikkilanuvchi birodarlaringizga rahmdil boʻlib#1:22 Ikkilanuvchi birodarlaringizga rahmdil boʻlib… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Mulohaza bilan baʼzi birodarlaringizga rahmdil boʻlib…., 23ularni qutqaringlar. Ana shunda sizlar bunday odamlarni qiyomat alangasidan chiqarib olganday boʻlasizlar. Oʻz bilganidan qaytmaganlarga esa achininglar#1:23 …qaytmaganlarga esa achininglar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida qaytmaganlarni esa fosh qilinglar.. Biroq ehtiyot boʻlinglar, ularning qabih qilmishlaridan hazar qilinglar. Ularning hatto kiyimi ham sizlar uchun harom va jirkanchlidir.
Soʻnggi duo
24Imondan qaytib ketishdan sizlarni faqatgina Xudo asray oladi. U sizlarni begʻubor va shod–xurram qilib, Oʻzining ulugʻvor huzuriga olib kirishga qodir. 25Bizni Iso Masih orqali qutqargan yakkayu yagona najotkorimiz Xudoga#1:25 najotkorimiz Xudo — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida donishmand najotkorimiz Xudo. hamdlar boʻlsin! Azaldan, hozir va to abad salobatli, kuch–qudratli, saltanat Sohibi boʻlgan Xudoga shon–sharaflar boʻlsin! Omin.

Currently Selected:

Yahudo 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in