YouVersion Logo
Search Icon

Rimliklar Kirish

Kirish
Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini Rimdagi jamoatga yozgan. Rimdagi jamoat yahudiy hamda gʻayriyahudiy boʻlgan masihiylardan iborat edi. Pavlus Rimga borishga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. Uning maktubni yozishdan maqsadi oʻzini Rimdagi jamoatga tanishtirish, ularga Iso Masih haqidagi taʼlimotni tushuntirish va ularning yordamida Ispaniyada oʻz xizmatini davom ettirish edi. Mazkur maktubda Pavlus Xushxabarni toʻliq va har tomonlama sharhlaydi. Maktubning mohiyati Pavlusning quyidagi soʻzlarida oʻz ifodasini topgan: “Bu Xushxabarda oshkor qilinganki, Xudo insonlarni imon orqali, ha, faqatgina imon orqali oqlaydi, chunki Muqaddas bitiklarda: «Solih inson imon tufayli hayotga ega boʻladi», deb yozilgan.” (1:17)
Maktubning dastlabki qismida (1-4–boblar) Pavlus bu taʼlimotini batafsil tushuntiradi. Har bir inson, yahudiy yoki gʻayriyahudiy boʻlishidan qatʼi nazar, gunohkor bandadir, shu sababdan hamma Xudo bilan yarashishi kerak. Bunga esa savob ishlar, dindorlik yoki Xudoning qonuniga amal qilish orqali emas, balki Iso Masihga boʻlgan imon orqaligina erishsa boʻladi.
Maktub davomida (5-8–boblar) Pavlus Musoning qonuni va Muqaddas Ruh borasida soʻz yuritadi. Nima maqsadda Xudo qonunni berganini tushuntirib, imonli kishining hayotida amal qiladigan Muqaddas Ruhning qudrati haqida yozadi. Pavlus maktubining bu qismida Masihga imon keltirgan insonning yangi hayotini tasvirlaydi. Bu yangi hayotning manbai Xudo bilan oʻrnatilgan munosabat boʻladi. Yangi hayotga qadam qoʻygan bunday inson Xudo bilan uygʻunlikda yashaydi va u Muqaddas Ruhning yordamida gunoh kuchidan ozod boʻladi.
Soʻng Pavlus eʼtiborini Xudoning najot rejasiga qaratadi (9-11–boblar). Bu rejada u yahudiylar va gʻayriyahudiylarning oʻziga yarasha tutgan oʻrni borligini aytib oʻtadi. Ilohiy rejaga koʻra, butun insoniyat najot topib, Xudoning Masih orqali bergan inoyatidan bahramand boʻlishi uchun yahudiylar Masihni rad etishlari kerak edi. Lekin muallifning taʼkidlashicha, vaqti kelib yahudiylar ham Masihni tan olishadi.
Maktubning soʻnggi qismida (12-16–boblar) Pavlus masihiylarga kundalik turmushga oid nasihatlar beradi. Ularni mehr–oqibatli boʻlishga, Xudoga manzur hayot kechirishga chaqiradi. Shuningdek, Xudoga xizmat qilish, hukumatga boʻysunish, insoniyat oldidagi majburiyatlar va vijdon masalasi kabi mavzularni yoritadi. Maktub duoyi salomlar bilan yakunlanadi.

Currently Selected:

Rimliklar Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy