Yahudo Kirish
Kirish
Mazkur maktub muallifi Iso Masihning va Yoqubning ukasi Yahudodir. Yoqub Quddusdagi jamoatning yetakchisi edi. Bu maktub mazmun jihatidan Butrusning ikkinchi maktubiga oʻxshash boʻlib, maqsadi — masihiylarning orasiga kirib olgan soxta ustozlarni fosh qilishdan iborat. Bu soxta ustozlar Xudoning inoyati haqidagi xabarni buzib oʻrgatishardi, gunoh qilishga haqqimiz bor, deya faqat nafsini qondirib yashashardi.
Maktub qaysi shahardagi masihiylar jamoatiga yozilgani aniq emas. Ammo maʼnosi ochiq–oydin ifoda qilingan boʻlib, masihiylarni soxta ustozlardan hazar qilishga, ularning taʼlimotiga qarshi chiqishga undaydi. Bundan tashqari, imonda oʻsib–ulgʻayishga, odamlarga mehr–oqibatli va rahmdil boʻlishga chaqiradi.
Yahudoning maktubi juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.
Currently Selected:
Yahudo Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: