Ayub 5
5
5–BOB
Elifaz gapida davom etadi
1Qani, Ayub, hozir chaqirib koʻr–chi,
Kim senga javob berar ekan?
Qaysi farishta senga yordamga kelar ekan?
2Ranj–alam nodonni#5:2 nodon — nodon deb tarjima qilingan ibroniycha soʻz axloqsiz odamlarga ishora qiladi. Bunday odamlar Xudoni sevishni va Unga ishonishni rad qiladilar. halok qiladi,
Hasad soddani oʻldiradi.
3Nodonlarning ildiz otib, koʻkarganini koʻrdim,
Birdaniga ularning uylarini laʼnatladim.
4Ularning farzandlari xavfdan uzoq boʻlmaydi.
Hukm paytida ularni ezadilar,
Lekin hech kim ularni himoya qilmaydi.
5Nodonlar yetishtirgan hosilni och qolganlar yeb qoʻyadi,
Hatto tikanlar bilan oʻralganlarini ham olib qoʻyadi.
Nodonlarning boyligini chanqaganlar yutib yuboradi.
6Axir, qaygʻu yerdan unib chiqmaydi–ku,
Gʻam–tashvish dalada oʻsmaydi–ku!
7Alangadan uchqun sakrab chiqqani kabi,
Inson ham oʻzi uchun muammo keltirib chiqaradi.
8Men Xudoga intilgan boʻlar edim,
Oʻz arzimni Xudoga aytgan boʻlardim.
9U shunday buyuk ishlar qiladiki,
Ularga insonning aqli yetmaydi.
Xudo koʻrsatgan moʻjizalarning son–sanogʻi yoʻq.
10U yer yuziga yomgʻir yogʻdiradi,
Dalalarni sugʻoradi.
11Xor boʻlganlarni koʻtaradi,
Qaygʻuga toʻlganlarni shodlikka toʻldiradi.
12U ayyorlarning rejalarini puchga chiqaradi,
Shunda ularning qoʻlidan hech narsa kelmaydi.
13U donolarni oʻzlarining ayyorligi orqali tutib oladi,
Egrilarning niyatlarini puchga chiqaradi.
14Kunduz kuni ham ular zulmatda qolishadi,
Yop–yorugʻ kunda ham paypaslanib yurishadi.
15Lekin Xudo faqirlarni egrilarning achchiq soʻzlaridan,
Zolimlarning changalidan qutqaradi.
16Shu bois kambagʻallarning umidi bor,
Nohaqlikning esa ogʻzi yopiladi.
17Xudoning pand–nasihatini olganlar qanday baxtlidir,
Shuning uchun Qodir Xudoning tanbehini rad qilmagin.
18Xudo yaralaydi, ammo Oʻzi bogʻlab qoʻyadi.
Xudo uradi, lekin yana Oʻzi shifo beradi.
19U seni olti gʻam–tashvishdan qutqaradi,
Ha, yetti qaygʻu–alam senga yaqinlashmaydi.
20Qurgʻoqchilik paytida Xudo seni oʻlimdan,
Urush paytida esa qilichdan saqlaydi.
21Xudo seni zaharli tillardan himoya qiladi,
Halokat kelganda sen qoʻrquvga tushib qolmaysan.
22Vayronayu qurgʻoqchilik ustidan kuladigan boʻlasan,
Yer yuzidagi yovvoyi hayvonlardan qoʻrqmaydigan boʻlasan.
23Yer haydaganingda dalangda toshlar boʻlmaydi,
Yovvoyi hayvonlar senga hujum qilmaydi.
24Uying bexatar ekanligini bilasan,
Podalaringni tekshirganingda hammasi oʻz joyida boʻladi.
25Farzandlaring koʻp boʻladi,
Avloding daladagi maysaday koʻpayadi.
26Sen bevaqt qabrga kirmaysan,
Oʻz vaqtida yigʻilgan bugʻdoy doniday boʻlasan.
27Bularning hammasi toʻgʻri,
Oʻz tajribamizdan bilamiz.
Endi nasihatlarimizga quloq sol,
Ularni qabul qil.”
Currently Selected:
Ayub 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020