YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 39

39
39–BOB
1Togʻ echkilari qachon tugʻishini bilasanmi?
Kiyiklar bolalaganini koʻrganmisan?
2Ular bolasini necha oy qornida koʻtarib yurishini bilasanmi?
Ular bolalaydigan vaqtni–chi?
3Ular choʻkkalab tugʻadi,
Bolalarini dunyoga keltiradi.
4Ularning bolalari ochiq joylarda oʻsib, kuchga toʻladi,
Ota–onasini tashlab ketadi, boshqa qaytib kelmaydi.
5Qulonga kim ozodlik bergan?
Kim uning arqonini yechib tashlagan?
6Men dashtlarni unga makon qilib berdim,
Shoʻr yerlar qulonning maskani boʻldi.
7Shahardagi shovqin–surondan u kuladi,
Hech kim uning ustiga minib, unga baqirolmaydi.
8Qirlar qulonning yaylovidir,
Oʻsha yerlarda u koʻkatlarni qidirib yuradi.
9Yovvoyi buqa senga xizmat qilishga rozi boʻladimi?
Tunni sening ogʻilingda oʻtkazadimi?
10Arqon bilan uni omochga bogʻlay olasanmi?
U yerlaringni agʻdarib beradimi?
11Kuchi koʻp, deb unga ishona olasanmi?
Hamma ogʻir ishlaringni unga topshirasanmi?
12U hosilingni yigʻib,
Xirmonga olib kelishiga ishonasanmi?
13Tuyaqush qanotlarini sevinch bilan qoqaveradi,
Ammo uning qanotu patlari laylaknikiga teng kelolmaydi#39:13 Tuyaqush…Ammo uning qanotu patlari laylaknikiga teng kelolmaydi — ibroniycha matnda bu oyatning maʼnosi bahsli..
14Tuyaqush tuxumlarini yerga qoʻyadi,
Ularni qumda isitadi.
15Birov oyoqlari bilan tuxumlarini bosib ketishidan,
Yovvoyi hayvon ularni ezib tashlashidan xavotirlanmaydi.
16Oʻz bolalariga begonalarga oʻxshab berahm.
Chekkan zahmati behuda, ammo unga baribir.
17Chunki Xudo unga aql bermagan,
Uni idrokdan qisib qoʻygan.
18Ammo tuyaqush qanotlarini yoyib yugurganda#39:18 …tuyaqush qanotlarini yoyib yugurganda… — yoki …tuyaqush oʻrnidan sakrab turib, yugurganda….,
Otu chavandozni changida qoldirib ketadi.
19Otga kuchni sen berganmisan?
Uning boʻynini sen yol bilan qoplaganmisan?
20Sen otlarni chigirtkaday sakratasanmi?!
Otlar baland ovoz bilan kishnab,
Odamlarni qoʻrquvga soladi.
21Shiddat bilan yerni tepadi,
Qattiq kuch bilan yugurib, jangga otiladi.
22Qoʻrquvni bilmaydi, vahimaga tushmaydi,
Qilichdan ham qochmaydi.
23Ularning ustida oʻqdon taraqlaydi,
Atrofida qilichu nayzalar yaltiraydi.
24Burgʻular chalinganda otlar bir joyda turolmaydi,
Ular chopqillab, yerni changitadi.
25Har burgʻu chalinganda kishnaydi,
Uzoqdanoq jang hidini sezadi.
Sardorlarning jangga daʼvatlariyu hayqiriqlarini eshitadi.
26Qarchigʻaylar qanotlarini yoyib, janubga uchadi.
Ularga uchishni sen oʻrgatdingmi?
27Sen buyurganing uchun burgut parvoz qiladimi?
Sening soʻzing bilan baland joylarda in quradimi?
28U qoyalarda yashaydi,
Qirrali qoyalar uning qalʼasi.
29Oʻsha yerdan turib, burgut oʻljasini topadi,
Uzoqdan turib koʻzlari koʻradi.
30Uning bolalari qonga toʻyadi,
Jasadlar qayerda boʻlsa, ular ham oʻsha yerda.”
31Keyin Egamiz Ayubga shunday dedi:
32“Qodir Xudo bilan bahslashayotgan odam endi Uni toʻgʻrilaydimi?!
Qani, Xudoni ayblagan gapirsin endi!”
Ayub Egamizga javob beradi
33Shunda Ayub Egamizga javob berdi:
34“Men senga javob berishga loyiq emasman,
Damim ichimda, ogʻiz ochmayman.
35Bir–ikki gapirib javob topmadim,
Endi boshqa gapirmayman.”

Currently Selected:

Ayub 39: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in