Ayub 38
38
38–BOB
Egamiz Ayubga javob beradi
1Shundan keyin Egamiz quyun orasidan Ayubga shunday deb aytdi:
2“Bilmay turib gapirayotgan kim?
Kim donoligimga gumon qilyapti?
3Qani, erkakka oʻxshab belingni bogʻla,
Seni soʻroq qilaman, javob ber–chi.
4Zaminning poydevorini qoʻyganimda qayerda eding?
Dono ekansan, qani ayt–chi!
5Yer yuzining sarhadlarini belgilagan kim?
Axir, oʻzing bilasan–ku!
Kim yerning ustidan chiziq oʻtkazdi?
6-7Yerning poydevorini nima ushlab turibdi?#38:6-7 Yerning poydevorini nima ushlab turibdi? — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubidan chiqqan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Ular, bu ustunlarning ostidagi poydevor sirli, faqat Yaratganga ayondir, deb tushunganlar.
Tong yulduzlari joʻr boʻlib, qoʻshiq kuylaganda,
Ilohiy zotlar#38:6-7 Ilohiy zotlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari. 1:6 ning birinchi izohiga qarang. quvonchdan hayqirganda
Yerning tamal toshini#38:6-7 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi. qoʻygan kim?
8Dengiz yer tubidan otilib chiqqanda,
Darvozalarni yopib, toʻsib qoʻygan kim?#38:8 Dengiz…toʻsib qoʻygan kim? — 9:8 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga, 26:12 ga qarang.
9Axir, Men bulutlarni dengizga kiyim qilib qoʻydim.
Dengizni qalin zulmat bilan oʻrab qoʻygan Menman.
10Men dengizga chegaralar belgiladim,
Dengizni tambalangan darvozalar bilan toʻsib qoʻydim.
11Men dengizga: «Faqat mana shu yergacha kelasan,
Sening magʻrur toʻlqinlaring shu yerda toʻxtaydi», deb aytdim.
12Sen umringda biror marta, tong otsin, deb buyurganmisan?
Yoki, sharqdan kun chiqsin, deb aytganmisan?
13Quyosh nuriga: «Yerning toʻrt burchiga tarqalib,
Fosiqlarni yashiringan joyidan siltab chiqargin», deb aytganmisan?
14Kun yorishar ekan, matodagi bezaklar kabi
Muhr bosilgan mum kabi
Yer yuzidagi qirlaru vodiylar oʻz shaklini koʻrsatadi.
15Fosiqlarga nur berilmaydi,
Ularning yomon niyatda koʻtarilgan qoʻli sinadi.
16Dengiz tubidagi buloqlarni borib koʻrganmisan?
Suvlar tubida yurib, tekshirib koʻrganmisan?
17Oʻlim darvozalari qayerdaligini bilasanmi?
Zulmat darvozalarini senga koʻrsatishganmi?
18Bu dunyoning qanchalik ulkanligini bilasanmi?
Agar shularning hammasini bilsang, Menga ayt–chi!
19Yorugʻlikning maskaniga olib boradigan yoʻlni,
Zulmatning turar joyini bilasanmi?
20Ularni oʻz joylariga olib bora olasanmi?
Oʻsha joyga qanday borishni bilasanmi?
21Ha, sen bilasan albatta!
Sen yorugʻlik va zulmatdan oldin tugʻilgansan–da!
Qanchalik uzoq umr koʻryapsan–a!
22Qor saqlanadigan omborxonalarni koʻrganmisan?
Doʻl saqlanadigan omborlarni–chi?
23Men ularni kulfat kunlari uchun,
Urush va jang kunlari uchun saqlab qoʻyganman.
24Yorugʻlik manbaiga olib boradigan yoʻl qani?
Sharq shamoli chiqadigan joy qayerda?
25Selu jalaga kim yoʻl ochib bergan?
Chaqmoqning yoʻllarini kim belgilagan?
26Huvullab yotgan biyobonga,
Kimsasiz choʻlga kim yomgʻir yogʻdiradi?
27Tashlandiq xarobazorlarni suvga qondirib,
U yerlarda maysalar oʻstiradigan kim?
28Yomgʻirning otasi bormi?
Shabnamni kim dunyoga keltirgan?
29Muz qayerdan tugʻiladi?
Samodan tushadigan qirovga kim hayot bergan?
30Suv toshlarday qotib qoladi,
Dengiz sathi muzlaydi.
31Parvin yulduzlarini sen bogʻlab qoʻya olasanmi?
Hulkar#38:31 Parvin…Hulkar… — 9:9 ning izohlariga qarang. yulduzini ushlab turgan arqonlarni yecha olasanmi?
32Yulduz turkumlarini oʻz mavsumida joyiga boshlaysanmi?
Katta ayiq va kichik ayiq burjidagi yulduzlarga yoʻl koʻrsata olasanmi?
33Osmon qonunlarini bilasanmi?
Sen oʻsha qonunlarni yer yuziga tatbiq qila olasanmi?
34Bulutlarga qarab baqirib koʻrgin–chi,
Qani, ustingga yomgʻir yogʻarmikan?
35Sen chaqmoqni chaqtira olasanmi?
U kelib, xizmatingizdaman, deydimi?
36Kim yuraklarga donolik bergan?
Kallaga aql–idrokni kim solib qoʻygan?#38:36 …yuraklar…Kalla… — bu oyatdagi ikki ibroniycha soʻzning maʼnosi bahsli. Baʼzi olimlarning fikri boʻyicha, ibroniycha matndagi bu ikkala soʻz ibis (issiq mamlakatlarda yashaydigan, laylakka oʻxshash uzun oyoq qush) va xoʻrozga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi davrda odamlar: “Ibis qushi va xoʻroz ob–havodan darak beradi”, deb ishonganlari uchun bu parrandalarni aqlli va dono deb hisoblar edilar. Ammo bu oʻrinda bulutlarning ikki turi nazarda tutilgan boʻlishi ham mumkin.
37-38Qani, bulutlarni sanashga kimning aqli yetadi?
Yer qaqraganda, tuproq qotib, kesakka aylanganda
Kim falak meshlarini agʻdarib, yomgʻir yogʻdira oladi?
39-40Gʻorlarida yashirin yotgan,
Inlarida kutib yotgan
Sherning bolalarini toʻydira olasanmi,
Ona sherga oʻlja topib bera olasanmi?
41Qargʻaning bolalari qorni ochib, daydib yurganda,
Menga faryod qilganda ehtiyojlarini qondirgan kim, axir?
Currently Selected:
Ayub 38: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: