Ayub 40
40
40–BOB
Egamiz yana Ayubga gapiradi
1Shundan keyin Egamiz quyun orasidan gapirib, Ayubga shunday dedi:
2“Qani, erkakka oʻxshab belingni bogʻla,
Seni soʻroq qilaman, javob ber–chi.
3Sen Meni adolatsizlikda ayblamoqchimisan?
Meni hukm qilib, oʻzingni oqlamoqchimisan?
4Sening qoʻling Xudoning qoʻliday qudratlimi?
Uning ovoziga oʻxshab gumburlaydigan ovozing bormi?
5Shunday boʻlsa, qani, oʻzingni shonli dabdabaga oʻragin–chi,
Ulugʻvorlik va salobat bilan burkangin–chi.
6Gʻazabingni toʻkib soch,
Hamma takabbur insonlarga nazar solgin–da,
Ularning popugini pasaytirib qoʻy.
7Ha, barcha magʻrur insonlarga qaragin–da,
Ularni yer bilan bitta qil.
Fosiqlarni turgan joyida ezib tashla.
8Hammasini tuproqqa koʻmib tashla,
Ha, yuziga tuproq tortib, qabrni yop.
9Shunda Men senga tan beraman,
Oʻz kuching bilan najot topa olarkansan, deyman.
10Begemotga#40:10 Begemot — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz filga ishora qilishi ham mumkin. Baʼzi taxminlarga koʻra, bu yerda afsonaviy mavjudot nazarda tutilgan, ammo ushbu oyatning oʻzida yozilganiday, Xudo odamzodni yaratgani kabi, begemotni ham yaratgan. qaragin,
Xuddi seni yaratganimday uni ham Men yaratganman,
U hoʻkizga oʻxshab oʻt yeydi.
11Uning belida kuchi koʻp,
Qorin mushaklari kuchga toʻla.
12Dumi sadr daraxtiday kuchli,
Son mushaklari juda ham baquvvat.
13Uning suyaklari bronzadan yasalgan novlarday,
Qoʻl–oyoqlari temirday mustahkam.
14Men yaratgan jonivorlar orasida u eng ajoyibidir,
Yaratganning Oʻzigina unga bas kela oladi.
15Yovvoyi hayvonlar oʻynab yuradigan qirlar
Unga oziq beradi.
16U xalqoblardagi qamishlar orasida,
Nilufar gullari tagida yotadi.
17U nilufar gullarining soyasida yotadi,
Irmoq boʻyidagi tollar uni oʻrab oladi.
18Daryo joʻshib oqsa ham u qoʻrqmaydi,
Iordan daryosining toʻlqinlari yuziga urilsa ham
U bexavotir turaveradi.
19Birov uning koʻzlarini koʻr qilib, ushlay oladimi?!#40:19 Birov uning koʻzlarini koʻr qilib, ushlay oladimi?! — yoki Birov uni tuzoqqa tushira oladimi?! yoxud Birov uni gʻaflatda qoldirib, ushlay oladimi?!
Ilmoq bilan burnini teshib tuta oladimi?!
20Maxluq Levitanni#40:20 Levitan — odatda bu soʻz Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluqqa ishora qiladi (3:8 izohiga qarang). Ammo bu oʻrinda timsoh yoki katta dengiz maxluqi nazarda tutilgan boʻlsa kerak. baliq singari,
Ilmoq bilan ushlay olasanmi?!
Tilini arqon bilan bogʻlay olasanmi?!
21Burnidan arqon oʻtkazib,
Jagʻini ilmoq bilan tesha olasanmi?!
22Oʻsha maxluq qayta–qayta sendan rahm–shafqat tilaydimi?!
Xoʻsh, u senga mayin soʻzlar bilan gapiradimi?!
23Sen bilan ahd tuzib,
Bir umrga quling boʻlib qoladimi?
24Qush bilan oʻynaganday u bilan oʻynay olasanmi?
Yoki qizlaring uchun uni bogʻlab bera olasanmi?
25Baliqchilar uning uchun savdolashadimi?!
Savdogarlarga uni boʻlib beradimi?!
26Uning terisini nayza bilan tesha olasanmi?
Boshini baliqchilarning sanchqisi bilan yora olasanmi?
27Agar unga qoʻl tekkizsang,
Bir umrga pushaymon boʻlasan!
Ikkinchi qoʻl tekkizmaydigan boʻlasan.
Currently Selected:
Ayub 40: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: