Ayub 37
37
37–BOB
1Mana shular haqida oʻylasam,
Yuragim oʻynab, joyida sakraganday boʻladi.
2Xudo ovozining gumburlashiga yaxshilab quloq soling.
Uning ogʻzidan chiqayotgan guldurosni eshiting.
3Chaqmogʻi butun falak ostida chaqnab,
Yerning toʻrt burchiga yetib boradi.
4Undan keyin gulduros eshitiladi,
Xudo Oʻzining ulugʻvor ovozi bilan gumburlagan sado chiqaradi,
Uning ovozi eshitilganda chaqmoq chaqnayveradi.
5Oʻz ovozi bilan Xudo ajoyib gulduros hosil qiladi,
Uning qilgan ishlariga aqlimiz yetmaydi.
6U buyursa yerga qor yogʻadi,
Xudo aytgani uchun sel yogʻadi.
7U hamma odamlarning ishlarini toʻxtatib qoʻyadi,
Shunda insonlar Xudoning qudratini bilib oladi.
8Jonivorlar oʻz inlariga kiradi,
Oʻz uyalarida yashirinadi.
9Boʻron oʻz makonidan chiqadi,
Sovuq shamol esadi.
10Xudo nafasi bilan muz hosil qiladi,
Bepoyon suvlar muzlab qoladi.
11Bulutlarni suv bilan toʻldiradi–da,
Ularning orasidan chaqmoq chaqtiradi.
12Xudo bulutlarga yoʻl koʻrsatadi,
Xudoning amrlari bajo boʻlishi uchun
Shamolu suv yer yuzi boʻylab aylanadi.
13U baʼzan, odamzodni jazolay deb, yomgʻir yogʻdiradi.
Baʼzan esa yerni sugʻoray,
Odamzodga Oʻz sevgimni koʻrsatay deb, bulutlarni yuboradi.
14Bir daqiqa jim turing, Ayub, quloq soling,
Xudoning ajoyib ishlari haqida oʻylab koʻring.
15Xudo qanday qilib bulutlarni boshqarishini
Yoki chaqmoq chaqtirishini bilasizmi?
16Qanday qilib bulutlar osmonda osilib turishini,
Bilimi barkamol Xudoning ajoyibotlarini bilasizmi?
17Axir, yer yuzida esgan garmsel#37:17 garmsel — issiq shamol. tufayli
Kiyimlaringiz ham isib ketadi–ku!
18Osmon sayqallangan bronzaday qattiq#37:18 Osmon sayqallangan bronzaday qattiq… — bulutsiz osmonni odamlar zirhli gumbazga oʻxshatishardi (22:14 ga va oʻsha oyatning izohiga, Qonunlar 28:23 ga qarang).,
Xudo uni yoyib qoʻygan!
Shunday qilish sizning ham qoʻlingizdan keladimi?
19Xudoga qanday gapirishni bizga oʻrgating.
Biz notavonlar daʼvoimizni tushuntira olmaymiz.
20Gapirmoqchi boʻlganimni birortasi Xudoga aytishi kerakmi?
Axir, inson gapirsa, albatta halok boʻladi–ku!
21Shamol bulutlarni haydagandan soʻng
Tiniq osmonda charaqlab turgan quyoshga
Hech kim qaray olmaydi.
22Shimoldan yorqin nurlar taralmoqda,
Xudo ajoyib ulugʻvorlikka burkangan.
23Biz Qodir Xudoga yetolmaymiz,
Uning qudrati yuksakdir.
U toʻgʻri hukm chiqaradi, adolatiga xiyonat qilmaydi.
24Shuning uchun insonlar Undan qoʻrqadi.
Ha, qalbi donolar Xudoni koʻradi#37:24 Ha, qalbi donolar Xudoni koʻradi — yoki Oʻzini dono hisoblagan insonga esa Xudo eʼtibor bermaydi..”
Currently Selected:
Ayub 37: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: