Ayub 36
36
36–BOB
1Elixu gapida davom etib shunday dedi:
2“Yana bir oz sabr qiling, men sizlarga koʻrsatay,
Xudo tomonida turib gapiradigan gaplarim bor hali.
3Mening bilimim juda koʻp,
Meni yaratgan Xudo odil ekanligini sizlarga koʻrsataman.
4Rostini aytaman, soʻzlarim yolgʻon emas.
Mana men, bilimi barkamol inson, sizning oldingizdaman.
5Xudo qudratlidir,
Ammo U insonlardan nafratlanmaydi,
Xudo qudratli va barqarordir.
6Fosiqlarning yashashiga Xudo yoʻl qoʻymaydi,
Ezilganlarga esa adolat qiladi.
7Solihlardan yuz oʻgirmaydi,
Solihlarni shohlar bilan birga taxtga chiqaradi,
Ularni to abad yuksaltiradi.
8Agar insonlar zanjirband boʻlsa,
Azob ularni iskanjaga olgan boʻlsa,
9Xudo ularning qilmishlariniyu gunohlarini oʻzlariga koʻrsatadi,
Ular magʻrurlanib ketganlarini oshkor qiladi.
10Yoʻl–yoʻriqlarini tinglashga majbur qiladi,
Yovuzlikdan qaytishga amr qiladi.
11Agar ular itoat etib, Xudoga xizmat qilsalar,
Qolgan umrlarini farovonlikda oʻtkazadilar,
Hayotlari rohatda oʻtadi.
12Ammo itoat etmasalar,
Ular oʻlim daryosiga gʻarq boʻladilar#36:12 …oʻlim daryosiga gʻarq boʻladilar… — yoki …qilichdan oʻtkaziladilar….,
Aql–idrokka erishmay, olamdan oʻtadilar.
13Xudosizlar alamini ichiga yutib yuraveradilar,
Xudo ularni kishanlasa ham yordam soʻramaydilar.
14Ular sajdagohlardagi fohishlar#36:14 sajdagohlardagi fohishlar — oʻsha paytlarda butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yoʻl bilan sajda qilishni qatʼiyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang). orasida,
Yoshliklaridayoq vafot etadilar.
15Xudo qiynalganlarni oʻsha azoblari orqali qutqaradi,
Zulm va jabr–jafoga mubtalo qilib, ularning koʻzlarini ochadi.
16Xudo sizni ham darddan ozod qilib,
Bepoyon kenglikka olib chiqadi,
Dasturxoningiz noz–neʼmatga toʻladi.
17Ammo siz hozir fosiqlarni hukm qilish bilan ovorasiz.
Xayolingiz adolat va hukm bilan band.
18Ehtiyot boʻling, yana birov sizni boylik bilan vasvasaga solmasin,
Katta poralar sizni yoʻldan urmasin.
19Boyliklaringiz sizni kulfatdan qutqara olarmidi?!
Qudratu kuchingiz endi sizga yordam bera olarmidi?!
20Tunni kutavermang#36:20 Tunni kutavermang… — oʻlimga ishora boʻlsa kerak (3:20-21, 10:18-22 ga qarang).,
Axir, xalqlar kechasi yoʻq boʻlib ketadilar–ku!
21Hushyor boʻling! Fosiqlikka yuz burmang,
Axir, dard sizni fosiqlikdan saqlash uchun yuborilgan–ku.
Elixu Ayubga Xudoning qudratini eslatadi
22Xudo Oʻz qudrati tufayli yuksakdir!
Unga oʻxshash ustoz bormi?
23Kim Xudoga yoʻl koʻrsata olardi?!
Kim Unga: «Qilganlaring notoʻgʻri», deya oladi?!
24Xudo qilgan ishlari uchun
Insonlar Uni madh qiladilar,
Siz ham doimo ularga joʻr boʻling.
25Butun inson zoti Uning ishlarini koʻrgan,
Hamma uzoqdan turib kuzatadi.
26Xudo qanchalar buyuk!
Uning buyukligiga aqlimiz yetmaydi,
Xudoning umrini hisoblaydigan sonning oʻzi yoʻq.
27U suv tomchilarini yigʻib,
Ularni yomgʻirga aylantiradi.
28Bulutlardan yomgʻir yogʻdiradi,
Odamzod bundan bahramand boʻladi.
29Xudo qanday qilib bulutlarni yurgizishini
Yoki Oʻz maskanidan turib, momaqaldiroqni qanday gumburlatishini
Kim ham tushuna oladi?
30Mana, qaranglar, Xudo shunday chaqmoq chaqtiradiki,
Hatto dengiz tubi ham yorishib ketadi#36:30 …Xudo shunday chaqmoq chaqtiradiki, Hatto dengiz tubi ham yorishib ketadi — yoki …Xudo osmonni yoritish uchun chaqmoq chaqtiradi, Dengiz tubini esa zulmatga choʻktiradi..
31Xudo Oʻz qudratli ishlari bilan xalqlarni boshqaradi,
Ularga farovonlik ato qiladi.
32Chaqmoqni qoʻliga olib,
Belgilagan joyiga borib urishni amr qiladi.
33Boʻron kelayotganini momaqaldiroq bildirib turadi,
Hatto chorva ham oldindan sezadi#36:33 …Hatto chorva ham oldindan sezadi — yoki …Momaqaldiroq Xudoning gʻazabidan darak beradi..
Currently Selected:
Ayub 36: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: