YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 35

35
35–BOB
Elixu Ayubga Xudoning adolatli ekanini eslatadi
1Elixu gapini davom ettirib, shunday dedi:
2“Ey Ayub: «Xudoning oldida aybsizman»,
— deb aytishingiz notoʻgʻri.
3Siz Xudoga: «Gunohsizligim
Menga yaxshilik keltirishi kerak edi–ku!
Ammo men yomonlik koʻrdim!»
— deb aytishingiz ham toʻgʻri emas.
4Siz va doʻstlaringiz gapimni eshitinglar.
5Osmonga qarab koʻringlar,
Sizlardan ancha tepada boʻlgan bulutlarga qaranglar.
6Itoatsizlik qilsangiz, Xudoga nima zarar?
Gunohlaringiz koʻpaysa, Xudoga nima?
7Bordi–yu, solih boʻlsangiz, Unga nima qilib berardingiz?
U sizning qoʻlingizdan biror narsa olishga zormi?
8Fosiqligingizdan faqat insonlar qiynaladi.
Solihligingiz ham faqatgina insonlarga madad beradi.
9Zulm haddan tashqari koʻp boʻlgani uchun odamlar faryod qiladi.
Zoʻravonlarning qoʻlidan qutqaringlar, deb yordam soʻraydi.
10Ammo hech kim Yaratuvchiga yolvormaydi.
Tunlari umid beradigan Xudoga iltijo qilmaydi.
11U esa yer yuzidagi jonivorlarga qaraganda bizga koʻproq bilim bergan–ku!
Bizni osmondagi qushlardan aqlliroq qilgan–ku!
12Zulm ostida qolgan insonlar faryod qilishsa ham, Xudo javob bermaydi.
Axir, ularning oʻzlari takabbur va fosiqdir.
13Xudo bunday insonlarning puch soʻzlariga umuman quloq solmaydi,
Qodir Xudo ularga eʼtibor bermaydi.
14Ey Ayub! Siz: «Xudoni koʻrmayapman», deysiz.
Daʼvoingizni Unga keltirdingiz, endi sabr qiling!
15Siz: «Xudo gʻazabini sochmayapti,
Fosiqlikka zarracha eʼtibor bermayapti», deb oʻylaysiz.
16Shunday qilib, Ayub bemaʼni gaplarni gapiryapti.
Hech nima bilmay turib, gapni koʻpaytiryapti.”

Currently Selected:

Ayub 35: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in