Ayub 34
34
34–BOB
Elixu Ayubni takabburlikda ayblaydi
1Elixu gapida davom etib shunday dedi:
2“Mening soʻzlarimni tinglang, ey donishmandlar#34:2 ey donishmandlar — Elixu Ayubning uchala doʻsti Elifaz, Bildad va Zoʻfarga murojaat qilyapti..
Menga quloq soling, ey bilimdonlar.
3Til taomning taʼmini tatiganday,
Quloq ham soʻzlarni sinab koʻradi.
4Kelinglar, nima toʻgʻriligini tanlaylik,
Nima yaxshiligini birgalikda oʻrganaylik.
5Ayub shunday deydi: «Men aybsizman,
Lekin Xudo menga adolat qilmayapti.
6Toʻgʻri boʻlsam ham, meni yolgʻonchiga chiqarishdi.
Gunohsiz boʻlsam ham tuzalmas dardga yoʻliqqanman.»
7Ayubga oʻxshagan odam bormi?
Ayub uchun Xudoga shak keltirish suv ichishday bir gap!
8Uning oʻrtoqlari badkirdorlardir,
U fosiqlar bilan vaqt oʻtkazadi.
9Ayub hatto shunday degan:
«Xudoga yoqadigan ish qilishdan hech bir foyda yoʻq!»
10Shuning uchun menga quloq soling, zakovatlilar.
Xudo aslo fosiqlik qilmas,
Qodir Xudo nohaqlik qilmas.
11Axir, U odamlarning qilganlariga yarasha qaytaradi,
Qilmishlarining oqibatini oʻz boshlariga keltiradi.
12Mana bu haqiqatdir:
Xudo fosiqlik qilmaydi,
Qodir Xudo adolatga xiyonat etmaydi.
13Xudoga yer yuzidagi hukmronlikni birov beribdimi?!
Biror kimsa Xudoni dunyoga hukmdor qilib qoʻyibdimi?!
14Agar Xudo Oʻz nafasini
Qaytarib olishga qaror qilsa,
15Butun insoniyat birdaniga halok boʻlgan boʻlardi,
Odamzod yana tuproqqa qaytgan boʻlardi.
16Aqlingiz boʻlsa eshiting,
Gaplarimga quloq soling.
17Adolatdan nafratlangan inson hukmdor boʻla olarmidi?
Qudratli va odil Xudoni hukm qilmoqchimisiz?
18Shohlarga: «Sizlar yaramassiz», deydigan,
Beklarni fosiq deb ataydigan Xudo–ku!
19U beklar uchun tarafkashlik qilmaydi,
Boyni kambagʻaldan ustun koʻrmaydi.
Axir, ularning hammasini Oʻzi yaratgan!
20Odamlar bir zumda oʻladi.
Yarim kechada qaltiraydi–yu, jon beradi.
Qudratlilar osonlikcha yoʻq qilinadi.
21Odamlar qilgan ishlarni Xudo kuzatib turadi,
Ular bosgan har bir qadamni Xudo koʻrib turadi.
22Biron zulmat yoki qorongʻi joy yoʻqki,
Badkirdorlar oʻsha joyda yashirinib olsa.
23Insonni hukm qilish uchun
Xudo taftish oʻtkazishi shart emas#34:23 …Xudo taftish oʻtkazishi… — yoki …Xudo vaqt belgilashi…..
24Xudo tekshirmasdan ham qudratlilarni qulatib,
Ularning oʻrniga boshqalarni joylaydi.
25Xudo qudratlilarning ishlarini kuzatib turadi.
Shuning uchun kechasi ularni agʻdarib tashlaydi,
Ular halok boʻladi.
26Xudo ularni fosiqligi uchun
Hammaning koʻzi oldida jazolaydi.
27Chunki ular Xudoga ergashishni rad qildilar,
Xudoning yoʻllarini anglab yetmadilar.
28Kambagʻallarni shunday ezdilarki,
Ularning nolasi Xudoga yetib bordi.
29Xudo sukut saqlasa, kim ham Uni hukm qilardi?
U yuzini yashirsa, kim koʻra olardi?
Bu biror inson yoki biror xalqning qoʻlidan kelarmikan?!
30Betavfiqlar boshqa odamlarga tuzoq boʻlmasin deb,
Xudo ularni hukmdor qilib qoʻymaydi.
31Birortasi Xudoga:
«Men jazoimni oldim, endi gunoh qilmayman.
32Men koʻrolmaydigan narsalarni oʻrgat,
Ha, notoʻgʻri ishlar qildim,
Endi bunday qilmayman», — deydimi?
33Xudo sizning oʻlchovingiz boʻyicha qaytarishi kerakmi?
Axir, siz Undan nafratlandingiz–ku!
Ey Ayub, men emas, siz qaror qilishingiz kerak.
Qani, bilganingizni ayting–chi.
34Mana, gaplarimni eshitgan donolar,
Aql–idroklilar shunday deyapti:
35«Ayub bilmasdan gapiryapti,
Gaplarining maʼnisi yoʻq.»
36Qani endi, Ayub yaxshilab hukm qilinsa,
Axir, u fosiqlarga oʻxshab gapiryapti–ku.
37Ayub Xudoga qarshi chiqib,
Gunohi ustiga gunoh qoʻshyapti.
Oramizda Xudoni mazax qilyapti,
Xudoga qarshi koʻp gap aytyapti.”
Currently Selected:
Ayub 34: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020