Ayub 33
33
33–BOB
Elixu Ayubga qarshi gapiradi
1Ey Ayub, endi mening soʻzlarimni eshiting,
Hamma gaplarimga quloq soling.
2Men hozir gapirishga tayyorman.
Soʻzlarim tilimda tizilib turibdi.
3Soʻzlarim pok koʻnglimdan chiqadi,
Chin dildan gapiraman.
4Meni Xudoning Ruhi yaratgan,
Qodir Xudoning nafasi menga hayot berib turibdi.
5Agar qoʻlingizdan kelsa, menga javob bering–chi,
Oʻzingizni himoya qilib koʻring–chi!
6Xudoning oldida siz ham, men ham birmiz,
Men ham tuproqdan yaralganman.
7Mendan qoʻrqmasangiz ham boʻladi,
Sizga hech zulm oʻtkazmayman.
8Gaplaringizni oʻz qulogʻim bilan eshitdim,
Quyidagi soʻzlarni oldimda aytgansiz:
9«Men pokman, aybsizman,
Top–tozaman, menda hech bir ayb yoʻq.
10Xudo esa menga qarshi chiqishga bahona qidiryapti,
Meni Oʻz dushmanlari qatoriga qoʻshib qoʻydi.
11Oyoqlarimni zanjirband qildi,
Yurgan yoʻlimni kuzatib turadi.»
12Ayub, mana shu borada siz nohaqsiz.
Men sizga shuni aytay:
Xudo butun odamzoddan ulugʻroqdir.
13Shunday ekan, nimaga U bilan daʼvolashyapsiz?
Nima uchun, Xudo menga javob bermaydi, deysiz?
14Xudo qayta–qayta gapiradi.
Shunda ham odamlar tushunmaydi.
15Odamlar chuqur uyquga ketganda,
Oʻrinlarida uxlab yotganda,
Tushlar, tungi vahiylar orqali
16Xudo ularning quloqlariga gapiradi,
Oʻz ogohlantirishlari bilan ularni qoʻrqitadi.
17Inson gunohlaridan qaytsin,
Odamzod takabbur boʻlmasin deb, bu soʻzlarni aytadi.
18Oʻsha ogohlantirishlar odamlarni qabrdan saqlaydi,
Oʻlim daryosidan#33:18 …Oʻlim daryosidan… — yoki …Qilichdan oʻtkazilishdan…. qutqaradi.
19Xudo insonlarga dardu ogʻriq berib,
Odamlarning suyaklarini zirqiratib, tarbiyalaydi.
20Shunda ular nonga ham qaray olmaydigan boʻlib qoladi.
Hatto eng shirin ovqatlar ham koʻnglini aynitadi.
21Ular ozib–toʻzib ketadi, faqat terisi qoladi.
Oldin koʻrinmagan suyaklari endi turtib chiqadi.
22Ana, ular qabrga yaqinlashib qoldi.
Oʻlim ularning jonini poylab turibdi.
23Lekin shu paytda insonning himoyachisi boʻlsa,
Minglarga qarshi chiqib,
Oʻsha insonni solih deb tasdiqlaydigan bir himoyachisi
24Oʻsha insonga rahm qilib:
«Ey Xudoyim, uni qabrdan qutqargin,
Bu insonning joni evaziga toʻlov topdim», desa,
25Oʻsha insonning tanasi yosh bolaniki kabi yangilanadi,
Yoshligidagi kabi yana kuchga toʻladi.
26Oʻsha inson Xudoga ibodat qiladi,
Xudo esa uni qabul qiladi.
Xudoning huzuriga u shodlik bilan kiradi,
Chunki Xudo uni solihlik yoʻliga qaytaradi.
27Oʻsha inson kelib, boshqalarga shunday deydi:
«Mana, men toʻgʻri yoʻldan yurmasdan,
Gunoh qilgan edim,
Lekin men oʻzimga loyiq jazoni olmadim.
28Xudo jonimni qabrdan qutqarib qoldi.
Endi mening hayotim yorugʻ kunlarga toʻla!»
29Ha, Xudo odamzodga shunday qiladi,
Bir emas, ikki emas, koʻp marta takrorlaydi.
30Insonlarni qabrdan saqlash uchun,
Hayot nuri ularning yoʻllarini yoritsin deb, shunday qiladi.
31Ey Ayub, diqqat qiling, menga quloq soling,
Jim turing, men gapiray.
32Agar biror gapingiz boʻlsa, menga javob bering.
Gapiravering, chunki oqlanishingizni xohlayman.
33Lekin gapingiz boʻlmasa, menga quloq soling,
Sukut saqlang, men sizga donolikni oʻrgatay.”
Currently Selected:
Ayub 33: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020