Ayub 18
18
18–BOB
Bildad ikkinchi marta gapiradi: u Ayubni fosiqlar qatoriga qoʻshadi
1Shunda Shuvaxlik#18:1 Shuvaxlik — 2:11 izohiga qarang. Bildad javob berdi:
2“Qachongacha valdiraysan–a?!
Gapingni oʻylab gapirgin, keyin suhbatlashamiz.
3Nima, bizni mol deb oʻylayapsanmi?
Yoki bizni goʻl deb bilyapsanmi?
4Jahl bilan oʻzingni jarohatlayapsan.
Nima endi, seni deb yer yuzi huvullab qolishi kerakmi?!
Yoki qoyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi kerakmi?!
5Fosiqlarning chirogʻi albatta oʻchadi,
Olovining uchquni yorugʻlik bermaydi.
6Chodiridagi yorugʻlik zulmatga aylanadi,
Tepasida osilgan chirogʻi oʻchadi.
7Sobit qadam fosiqlar endi qoqilib yuradi.
Oʻz rejalari ularni oyogʻidan chaladi.
8Oʻz oyoqlari ularni tuzoqqa yetaklaydi,
Oʻzlari chuqurlikka yiqilib tushadi.
9Qopqon ularni tovonidan qisib qoladi,
Toʻr ularni mahkam tutadi.
10Yerda fosiqlarga ilmoq tashlangan,
Ularning yoʻliga tuzoq qoʻyilgan.
11Har tomondan ularni vahima bosib,
Har qadamda ortidan quvib yuradi.
12Ochlikdan ularning sillalari qurib qoladi#18:12 Ochlikdan ularning sillalari qurib qoladi… — yoki Kulfat ularga qarshi tish qayramoqda….,
Kulfat ham ularning qoqilishini kutib turadi.
13Kasallik ularning terisini kemirib bitiradi,
Oʻlat ularning oyoq–qoʻllarini chiritib yuboradi.
14Panohlari boʻlgan chodirlaridan ularni sugʻurib olib,
Oʻliklar diyori shohining oldiga olib kelishadi.
15Fosiqlarning chodirlaridan hech narsa qolmaydi,
Ular yashagan joy oltingugurt bilan qoplanadi#18:15 …oltingugurt bilan qoplanadi — koʻchma maʼnodagi bu ibora Xudoning hukmiga ishora qiladi (Ibtido 19:24, Qonunlar 29:23, Zabur 10:6 ga qarang)..
16Ularning ildizlari qurib qoladi,
Novdalari ham soʻlib qoladi.
17Yer yuzidan ularning xotirasi oʻchib ketadi,
Koʻchalarda ulardan nom–nishon ham qolmaydi.
18Ular yorugʻlikdan zulmatga haydaladilar,
Ha, bu dunyodan quvib chiqariladilar.
19Xalqi orasida ulardan avlod–zurriyot qolmaydi,
Ular yashagan joylar kimsasiz boʻlib qoladi.
20Ularning taqdiridan gʻarbdagilar dahshatga tushadi,
Sharqdagilarni esa vahima bosadi.
21Ha, yovuzlarning maskani shu ahvolga tushib qoladi,
Xudosizlarning joyi shunday boʻlib qoladi.”
Currently Selected:
Ayub 18: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020