YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 17

17
17–BOB
1Ruhim tushgan, umrim oz qolgan,
Qabr meni kutib turibdi.
2Mazax qiluvchilar atrofimni oʻrab olgan.
Adovatlarini oʻz koʻzlarim bilan koʻrib turibman.
3Ey Xudo, Oʻzing meni kafillikka olgin.
Axir, yana kim bor meni qoʻllaydigan?
4Sen doʻstlarimning ongini aql–zakovat uchun yopib qoʻygansan,
Shuning uchun ularning ustun boʻlishlariga yoʻl bermaysan.
5Ular oʻz foydasini koʻzlab, doʻstlariga xiyonat qiladilar.
Shundaylarning farzandlari koʻr boʻlsin.
6Xudo meni odamlar orasida kulgi qilib qoʻydi,
Ular yuzimga tupurishadi.
7Qaygʻudan koʻzlarim xiralashgan,
Aʼzoi badanim zaiflashib, qoq suyak boʻlib qolgan.
8Oʻzini pokdil deb bilganlar meni koʻrib ajablanyaptilar,
Ular meni ikkiyuzlamachi deb oʻylayaptilar.
Oʻzini aybsiz deb bilganlar#17:8 Oʻzini pokdil deb bilganlar…Oʻzini aybsiz deb bilganlar… — Elifaz, Bildad va Zoʻfar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (2:11 ga qarang). mendan gʻazablanyaptilar.
9Ammo shunga qaramay, solih odam#17:9 solih odam — Ayubning oʻzi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. oʻz yoʻlida yuraveradi,
Qoʻli pok boʻlgan kuchayib ketaveradi.
10Qani endi sizlar kelinglar–chi?!
Orangizdan birorta dono insonni topa olarmikanman?!
11Mana kunlarim oʻtib ketdi,
Rejalarim ham barbod boʻldi,
Koʻnglimdagi orzularim puchga chiqdi.
12Doʻstlarim tunni kun, deyishadi,
Atrofi qop–qorongʻi,
Lekin ular, yorugʻlik yaqin, deb turib olishgan.
13Xoʻsh, agar oʻliklar diyori#17:13 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl (shu bobning 16–oyatida ham bor). 7:9 izohiga qarang. mening uyim boʻlsa,
Toʻshagimni zulmatda yozsam,
14Qabrga, sen otamsan, desam,
Qurt–qumursqalarni, onamsiz, opa–singillarimsiz, desam,
15Men umidli odam boʻlamanmi?
Meni, umidi bor, deb kim aytadi?!
16Nahotki oʻliklar diyorida umid boʻlsa?!
Yoʻq, tuproqda yotganimda umid boʻlmaydi.”

Currently Selected:

Ayub 17: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in