Yoqub 1:19-21
Yoqub 1:19-21 O‘ZBMK
Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, gʻazab kelganda bosiq boʻlsin. Chunki insoniy gʻazabingiz Xudoga manzur boʻlgan solih hayot kechirishingizga yoʻl qoʻymaydi. Shunday ekan, har qanday jirkanch va yomon ishlarni bas qilinglar! Xudoning qalbingizga ekkan kalomini kamtarlik bilan qabul qilinglar. Axir, bu kalom joningizni qutqarishga qodir.