Ishayo 8
8
8–BOB
Ishayoning oʻgʻli xalq uchun alomat
1Shunda Egamiz menga aytdi:
— Katta lavha olib, unga: “Moxirshalolxoshbozga#8:1 Moxirshalolxoshboz — ibroniychadagi maʼnosi toʻsatdan hujum qilingan, tez tortib olingan (shu bobning 3–oyatida ham bor). tegishli”, deb tushunarli qilib yoz. 2Men ruhoniy Uriyo bilan Yabarakiyo oʻgʻli Zakariyoni Oʻzimga ishonchli guvohlar qilib tayinlayman.
3Shundan keyin men xotinim bilan yotdim. U homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Shunda Egamiz menga dedi:
— Uning ismini Moxirshalolxoshboz deb qoʻy. 4Bola hali “ota”, “ona” deb aytishni oʻrganmasdan oldin, Ossuriya shohi Damashqning boyliklarini va Samariyadan tortib olgan oʻljalarini olib ketadi.
5Egamiz yana menga gapirib:
6— Bu xalq tinch oqadigan Shiloʻvax suvlaridan#8:6 tinch oqadigan Shiloʻvax suvlari — Gixoʻn bulogʻidan Quddusga oqib keladigan ariq nazarda tutilgan. Bu suvlar Xudoning tinchligi va barakasi ramzidir. Ossuriyaning toshqin suvlari esa, bunga zid holda, Xudoning hukmi belgisidir (shu bobning 7-8–oyatlariga qarang). voz kechdi, Ratan va Ramaliyo oʻgʻli Pekaxdan koʻngillari shod boʻldi, — dedi. 7— Shuning uchun Men, Rabbiy, xalqimga qarshi Ossuriya shohini va uning shonli lashkarini boshlab kelmoqdaman. Ular Furot daryosining bahaybat toʻlqinlari kabidir. Hamma irmoqlardan oshib, hamma qirgʻoqlardan toshib ketadi. 8Sel kabi Yahudoni bosadi, uning boʻgʻziga yetib keladi.
Shunga qaramay, Xudo biz bilandir!#8:8 Xudo biz bilandir — ibroniycha matnda Immanuil (7:14 ga qarang). Shu bobning 10–oyatida ham bor.
U yoyilgan qanotlari panohida yurtimizni omon saqlaydi!
9Ey xalqlar, safarbar boʻlavering, halokatga yoʻliqasiz!
Ey uzoq yurtlardagi jamiki ellar, eshiting!
Jangga bel bogʻlayvering, ammo halokatga yoʻliqasiz!
Ha, bel bogʻlayvering, ammo halok boʻlasiz!
10Puxta reja qilavering, ammo rejangiz puchga chiqadi,
Soʻz beravering, ammo amalga oshmaydi,
Chunki Xudo biz bilandir!
11Egam qudrati bilan meni Oʻziga jalb qilib, shunday koʻrsatma berdi:
— Bu xalqning yoʻlidan bormanglar. 12Bu xalq isyon deb aytadigan hamma narsani sizlar isyon deb bilmanglar. Ularni qoʻrquvga soladigan narsalardan sizlar qoʻrqmanglar, vahimaga tushmanglar. 13Sizlar Men, Sarvari Olamni muqaddas deb izzat qilinglar. Faqat Mendan qoʻrqing, faqatgina Men sizni vahimaga solay. 14Oʻshanda Men Oʻzim sizlarga panoh boʻlaman. Ammo Isroilning ikkala xonadoni uchun Men qoqiltiradigan tosh, toʻsqinlik qiladigan qoya, Quddus aholisi uchun tuzoq va toʻr boʻlaman. 15Ulardan koʻplari qoqiladi, yiqilib, burda–burda boʻladi. Ular tuzoqqa tushib, asir boʻladi.
16Ey shogirdlarim, Egam menga bergan bu soʻzlarni avaylab asrang. 17-18Sarvari Olam Sion togʻida maskan qilgan. U Yoqub naslidan yuzini yashiryapti, ammo men Uni kutaman, umidim Undadir. Mana, qarang, Egam bergan farzandlarim bilan birga men shu yerdaman! Isroilda biz belgi va alomatmiz#8:17-18 Isroilda biz belgi va alomatmiz — Ishayo bilan uning ikki oʻgʻli — Sheryosub va Moxirshalolxoshboz ismlarining maʼnosiga ishora (7:3 ga va shu bobning 1, 3–oyatiga qarang). Ibroniychada Ishayo ismining maʼnosi — Xudo qutqaradi, Sheryosub ismining maʼnosi — omon qolganlar qaytadi va Moxirshalolxoshboz ismining maʼnosi — toʻsatdan hujum qilingan, tez tortib olingan..
19Xalqlar sizlarga: “Arvoh chaqiruvchilarga boringlar, gʻalati tovush chiqarib, tushunarsiz soʻzlarni pichirlab aytadigan folbinlarga maslahat solinglar”, deb aytsalar, sizlar oʻz Xudoyingizga bormaysizmi?! Axir, tiriklar oʻliklardan nasihat izlab boradimi?! 20Arvoh chaqiruvchilarga borishni maslahat berganlarga roʻshnolik boʻlmaydi. Sizlar ularga emas, Xudoning yoʻl–yoʻriqlari va taʼlimotiga maslahat soling#8:20 Sizlar ularga emas, Xudoning yoʻl–yoʻriqlari va taʼlimotiga maslahat soling — Qonunlar 18:9-14 ga qarang.. 21Sizlarni notoʻgʻri yoʻlga boshlagan oʻsha xalqlar bu yurt boʻylab oʻtadi, ular och, iztirobda. Och qolib, gʻazablanib, shohini va xudolarini laʼnatlaydi. Yuqoriga qaraydi, 22yerga qaraydi. Ana, kulfat va zulmat, gʻam va ofat. Ular yoʻq boʻlib ketadi.
Currently Selected:
Ishayo 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020