Ishayo 7
7
7–BOB
Shoh Oxozga xabar beriladi
1Uzziyoning nabirasi, Yoʻtomning oʻgʻli Oxoz#7:1 Oxoz — miloddan oldingi 736-716 yillarda Yahudoda, yaʼni janubiy shohlikda hukmronlik qilgan. hukmronligi davrida Oram shohi Ratan va Isroil shohi Ramaliyo oʻgʻli Pekax Quddusga kelib, saf tortdilar. Ammo uni bosib ololmadilar. 2Dovud xonadoniga#7:2 Dovud xonadoni — shoh Oxoz va uning saroy aʼyonlari. Shoh Dovud Yahudo shohlarining bobokaloni edi.: “Oram lashkari Efrayim#7:2 Efrayim — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila boʻlgani bois, Eski Ahdning baʼzi oʻrinlarida Efrayim degan nom Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Bu shohlikning poytaxti Samariya edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EFRAYIM soʻziga qarang. xalqi bilan ittifoq tuzibdi” degan xabar yetib keldi. Shoh Oxoz hamda xalq shunchalik vahimaga tushdilarki, hammalari shamolda tebrangan daraxtday titradilar.
3Shunda Egamiz Ishayoga dedi: “Sen oʻgʻling Sheryosub#7:3 Sheryosub — ibroniychadagi maʼnosi omon qolganlar qaytadi. bilan katta yoʻlga chiqqin. U yoʻl kir yuvuvchining dalasi tomon ketgan. Yuqori hovuz arigʻining oxiri boʻlgan oʻsha joyda Oxozni kutib olib, 4unga shunday deb aytinglar: «Oʻzingni bos, tinchlan, qoʻrqma! Oram shohi Ratan va Ramaliyo oʻgʻli gʻazabga mingan, ammo ularni deb qoʻrquvdan titramagin. Ikkovi ham yonib bitayotgan gʻoʻladay. 5Efrayim va Ramaliyo oʻgʻli bilan birga, Oram senga qarshi fitna qilib, shunday dedi: 6‘Yahudoga bostirib boramiz. Xalqini vahimaga solib, qoʻlga olamiz. Soʻng Toʻval oʻgʻlini#7:6 Toʻval oʻgʻli — Toʻvalning oʻzi haqida ham, oʻgʻli haqida ham hech qanday maʼlumot yoʻq. Ismiga qaraganda Toʻval Oramlik boʻlishi mumkin. Yahudo shohi qilib tayinlaymiz.’ 7Ammo Egamiz Rabbiy aytmoqda:
Bu fitna amalga oshmas,
Bu hech qachon yuz bermas.
8Oramning boshi Damashqdir,
Damashqning boshi Ratandir,
Oltmish besh yildan soʻng Efrayim
Qirilib bitar, aslo xalq boʻlmas.
9Efrayimning boshi Samariyadir,
Samariyaning boshi Ramaliyo oʻgʻlidir.
Agarda soʻzimga ishonmasangiz,
Mustahkam tura olmaysiz.»”
Immanuil toʻgʻrisida bashorat
10Egamiz yana Ishayo orqali Oxozga shunday dedi:
11— Aytganlarimni amalga oshirishimga ishonch hosil qilishing uchun, Men, Egang Xudodan oʻzingga biror alomat soʻra, oʻsha alomat oʻliklar diyoridan#7:11 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 5:14 izohiga qarang. chuqur yoki falak toqidan baland boʻlsin.
12Shunda Oxoz Ishayoga:
— Soʻramayman, Egamni sinamayman, — dedi.
13Shunda Ishayo dedi:
— Eshiting, ey Dovud xonadoni! Odamlarni bezdirganingiz sizlarga kamlik qilganday, Xudoyimni ham bezdirasizlarmi?! 14Endi Rabbiyning Oʻzi sizlarga alomat beradi: ana, qiz#7:14 qiz — bu oʻrinda ishlatilgan ibroniycha soʻz bokira qizga ishora qilishi mumkin (misol uchun, Ibtido 24:34 ga qarang), ammo odatda umuman yosh ayolga nisbatan ishlatilgan. Bu oʻrinda Ishayo ishora qilayotgan alomat maʼlum bir yosh ayol homilador boʻlib, oʻgʻil koʻrishi haqidagi bashoratdir. Bu bashoratga koʻra, oʻsha oʻgʻil aniq bir yoshga yetguncha 15-16–oyatlarda bayon etilgan voqealar sodir boʻladi. Baʼzan bashoratlar ikki qirralidir. Bu bashorat nafaqat oʻsha zamonda boʻladigan voqealarga, balki uzoq kelajakda boʻladigan voqeaga ham taalluqli. Bashoratning yana bir maʼnosi shuki, uzoq kelajakda bokira qiz homilador boʻlib, shoh Dovudning avlodi boʻladigan oʻgʻil koʻradi. Mana shu oʻgʻil Masih, yaʼni Najotkor boʻladi (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang). homilador, u oʻgʻil tugʻadi va Uning ismini Immanuil#7:14 Immanuil — ibroniychadagi maʼnosi Xudo biz bilandir. qoʻyadi. 15Oʻsha bola yomonni rad etib, yaxshini tanlashni biladigan yoshga yetganda qatiq va asal#7:15 qatiq va asal — kunda isteʼmol qilinadigan, oddiy taomlar edi. Shu bobning 20-25–oyatlariga koʻra, bu gap xalq kelajakda qiyinchilikda, qashshoqlikda yashashga mahkum boʻlishini bildiradi. yeydi. 16Ha, oʻsha vaqt kelmasdan oldin, sizlarni vahimaga solayotgan ikkala shohning yerlari tashlandiq boʻladi. 17Egam sizning va xalqingizning, ota–bobolaringizning xonadoni boshiga shunday kunlarni soladiki, Efrayim Yahudodan ajralib chiqqandan beri#7:17 …Efrayim Yahudodan ajralib chiqqandan beri… — shoh Sulaymon miloddan oldingi 931 yilda vafot etgandan keyin, Isroil shohligi ikkiga boʻlindi. Shimoldagi shohlik — Isroil yoki Efrayim, janubdagisi esa Yahudo deb ataladigan boʻldi (3 Shohlar 11:41-12:19 ga qarang). bunday kunlar ularning boshiga tushmagan: evoh, Ossuriya shohi kelmoqda!
18Oʻsha kuni Egam Misr daryolarining yuqori oqimidagi pashshalarga, Ossuriya yurtidagi arilarga ishora qiladi. 19Shundan keyin ularning hammasi kelib, chuqur soyliklarga, qoyalarning yoriqlariga joylashadilar. Hamma chakalakzorlarga, hamma yaylovlarga oʻrnashib oladilar.
20Oʻsha kuni Rabbiy Ossuriya shohini ishlatadi. U Rabbiyning qoʻlida Furot daryosining ortida ijaraga olingan ustara kabi boʻladi. Ha, soqolingizni butunlay qirib tashlaydi, boshu oyogʻingizda birorta tuk qolmaydi#7:20 …soqolingizni butunlay qirib tashlaydi, boshu oyogʻingizda birorta tuk qolmaydi — bu koʻchma maʼnodagi gap boʻlib, Isroil xalqi magʻlubiyatga uchrashini va sharmandalikka duchor boʻlishini bildiradi.. 21Oʻsha kuni bir odam ikki qoʻy va bir gʻunajinni tirik saqlab qoladi. 22U odamda shuncha koʻp sut boʻladiki, u qatiq yeydi. Yurtda qolganlarning hammasi qatiq va asal yeydi. 23Ming kumush tangaga#7:23 Ming kumush tanga — ibroniycha matnda Ming shaqal kumush, taxminan 11 kiloga toʻgʻri keladi. arziydigan, toklarga toʻla bir uzumzor bor. Oʻsha kuni mana shu uzumzor ham chakalakzoru tikanzorlarga aylanadi. 24Shundan keyin odamlar u yerga kamonu oʻqlari bilan boradigan boʻladi. 25Bir zamonlar ishlov berilgan, ekin ekilgan barcha tepaliklarga endi sizlar bormaysizlar. Axir, chakalakzoru tikanzorlardan qoʻrqasizlar–da. U yerlarda mollar oʻtlaydi, u yerlarni qoʻy–echkilar toptaydi.
Currently Selected:
Ishayo 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020