YouVersion Logo
Search Icon

Ishayo 9

9
9–BOB
Ishayo boʻlajak shoh haqida bashorat qiladi
1Kulfat qamragan bu yurtda endi azob boʻlmaydi. Oldin Zabulun va Naftali yurti#9:1 Zabulun va Naftali yurti — Zabulun va Naftali qabilalari Isroil xalqining oʻn ikki qabilalariga kirar edi. Ularga mulk qilib berilgan yerlar Isroilning shimolida, Jalila koʻlining gʻarb tomonida joylashgan. sharmanda boʻlgan edi. Ammo kelajakda dengiz boʻyidagi yerlar, Iordanning narigi tomonidagi oʻlka#9:1 Iordanning narigi tomonidagi oʻlka — Iordan daryosining sharq tomonidagi Gilad oʻlkasi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. va gʻayriyahudiylar Jalilasi#9:1 gʻayriyahudiylar Jalilasi — Jalila hududi Isroil, yaʼni shimoliy shohlikning bir qismi edi. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar Isroilni bosib oldilar. Ular Isroil xalqining koʻpini asir qilib olib ketdilar (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Ossuriya shohi boshqa xalqlarni — gʻayriyahudiylarni Isroil yurtiga majburlab koʻchirdi (4 Shohlar 17:24 ga qarang). ulugʻlanadi.
2Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni koʻrdi,
Oʻlim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.
3Bu xalqni Sen koʻpaytirgansan,
Ularga koʻp shodlik ato qilgansan.
Hosil vaqtidagi mamnunlik kabi,
Oʻljalarin boʻlishib olgan paytdagi kabi,
Ular huzuringda quvonchga toʻlgan.
4Bu xalqning ogʻir boʻyinturugʻini,
Yelkasidagi tayogʻini
Sen sindirib tashlagansan.
Zolimlarning kaltagini
Midiyon xalqi kabi,
Magʻlub qilgansan#9:4 …Midiyon xalqi kabi, Magʻlub qilgansan — Xudo Gidoʻnga Midiyon xalqi ustidan buyuk gʻalaba bergan payt nazarda tutilgan (Hakamlar 7:1-25 ga qarang)..
5Jangda kiyilgan etiklar,
Qonga belangan hamma kiyim
Olovga tashlanib, yoqilajak.
6Mana biz uchun bola tugʻildi,
Oʻgʻil bizga berildi.
Hukmronlik Uning zimmasidadir,
Nomi Ajoyib Maslahatchi#9:6 Ajoyib Maslahatchi — yoki Ajoyib, Maslahatchi. Yana 11:2 ga qarang., qudratli Xudo,
Abadiy Ota, Tinchlik Shahzodasidir.
7Dovudning taxtida
Uning hukmronligi ortib boradi.
Tinchlik to abad hukm suradi.
Hozirdan boshlab, to abad
U adolat va haqiqat ila
Shohligini mustahkamlab, barqaror qiladi.
Sarvari Olam jon kuydirib,
Buni bajo aylaydi.
Xudoning Isroilga boʻlgan gʻazabi
8Yoqub nasliga qarshi Rabbiy bir soʻz yubordi,
Uning soʻzi Isroil xalqiga yetib keldi.
9Efrayimda#9:9 Efrayim — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang., Samariyada yashaydiganlar,
Jamiki xalq bundan xabardor boʻldi.
Ular dimogʻdorlik, kiborlik ila aytmoqda:
10“Gʻishtin imoratlar vayron boʻlsa,
Yoʻnilgan toshlar bilan quramiz.
Shikamora–anjir daraxtlari#9:10 shikamora–anjir daraxtlari — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yongʻoq daraxtiday, barglari esa tut barglariga oʻxshash boʻlib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt. kesilgan boʻlsa,
Ularning oʻrniga sadr daraxtlarini#9:10 Gʻishtin…Yoʻnilgan toshlar…Shikamora–anjir daraxtlari…sadr daraxtlari… — gʻisht va anjir daraxtlari oddiy qurilish ashyolari, yoʻnilgan toshlar va sadr daraxtlari esa qimmat qurilish ashyolari edi. ekamiz.”
11Ana, Oram shohi Ratanga qarshi
Egam uning dushmanlarini qoʻzgʻatdi,
Gʻanimlarini daʼvat qildi.
12Sharqdan Oramlar, gʻarbdan Filistlar
Ogʻizlarin katta ochib, Isroilni yutib yubordi.
Ammo shunday boʻlsa ham,
Egam tushmas gʻazabidan,
Uning qoʻli hamon
Isroilga qarshi koʻtarilgan.
13Bu xalq Sarvari Olamga yuz burmadi,
Jazo bergan Zotga ular qaytmadi.
14Shunda Egam bir kunda
Isroilning boshini va quyrugʻini,
Xurmosini va qamishini kesib oldi#9:14 …boshini va quyrugʻini, Xurmosini va qamishini… — xalqning yoʻlboshchilari va nasihatgoʻylariga ishora..
15Oqsoqollar, amaldorlar boshdir,
Soxta paygʻambarlar quyruqdir.
16Ular bu xalqni yoʻldan adashtirgan,
Ularga ergashganlar boshi berk koʻchaga kirib qolgan.
17Hammasi shakkok, qabihlik qilar,
Barcha ogʻizlardan ahmoqona soʻz chiqar.
Rabbiy yoshlardan mamnun boʻlmadi,
Yetim va bevalarga shafqat koʻrsatmadi.
Ammo shunday boʻlsa ham,
Egam tushmas gʻazabidan,
Uning qoʻli hamon
Isroilga qarshi koʻtarilgan.
18Fosiqlik olovga oʻxshab yonar,
Yeb bitirar butazoru tikanzorlarni.
Oʻrmondagi changalzorlarni yondirib,
Balandlarga tutunini oʻrlatadi.
19Sarvari Olamning qahridan
Yurt yonib bitar,
Xalq olovga yonilgʻi boʻlar.
Odamlar oʻz yaqiniga shafqat qilmas,
20Ular oʻng tarafga hamla qiladilar,
Ammo och qoladilar.
Yutaman deb chap tomonga hujum qiladilar,
Ammo toʻymaydilar.
Oʻz qoʻlining goʻshtini yeydi insonlar.
21Manashe qabilasi yeydi Efrayim qabilasini,
Efrayim esa Manasheni,
Ikkovi birlashib Yahudoga#9:21 Manashe qabilasi…Efrayim qabilasi…Yahudo… — Manashe va Efrayim Isroilni, yaʼni shimoliy shohlikni tashkil qilgan oʻnta qabiladan ikkitasi, Yahudo esa janubiy shohlikni tashkil qilgan ikkita qabiladan asosiysi edi (1:1 ning birinchi izohiga va 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang). hujum qiladi.
Ammo shunday boʻlsa ham,
Egam tushmas gʻazabidan,
Uning qoʻli hamon
Isroilga qarshi koʻtarilgan.

Currently Selected:

Ishayo 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in