Ishayo 5
5
5–BOB
Uzumzor qoʻshigʻi
1Qoʻshiq aytay suyukligimga,
Aytay muhabbat qoʻshigʻimni
Uning uzumzori haqida.
Suyganimning uzumzori bor edi
Tuprogʻi unumli tepalikda.
2Yerni agʻdarib, toshlardan tozaladi,
Oʻtqazdi eng sara uzum tokini,
Qorovul minorasini oʻrtaga qurdi.
Uzum siqish chuqurini#5:2 Uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. tayyorladi,
Uzumlarning pishishini U kutdi,
Ammo hosil ituzum boʻldi.
3Endi, ey Quddus ahli, Yahudo xalqi,
Hakam boʻling Men bilan uzumzorim oʻrtasida.
4Yana nima qilishim kerak edi uzumzor uchun?
Unga qilmaganim yana ne qoldi?!
Uzumlarning pishishini kutganimda,
Nega hosil ituzum boʻldi?!
5Endi Men sizlarga aytaman
Nima qilishimni uzumzorimni.
Chetan devorini olib tashlayman,
Hamma bor narsasi yeb bitirilsin.
Uning devorini buzib tashlayman,
Uzumzorim payhon qilinsin.
6Men uni xarobazor qilaman,
Endi toklarim butalmaydi,
Yeri hech yumshatilmaydi.
Tikanlar, changalzor bilan qoplansin,
Bulutlarga ham amr beraman,
Uzumzorimga yomgʻir yogʻdirmasin.
7Sarvari Olamning uzumzori — Isroil xalqi,
Egamning xush koʻrgan koʻchati — Yahudo odamlari.
Ulardan toʻgʻrilik kutgandi, qotillik koʻrdi,
Ulardan adolat kutgandi, faryod eshitdi.
Ishayo adolatsizlikni qoralaydi
8Ey koʻplab uy sotib oladiganlar!
Holingizga voy!
Ey dalasiga yana dala qoʻshib oladiganlar!
Holingizga voy,
Ha, boshqalarga joy qoldirmaysiz,
Endi bu yurtda yolgʻiz oʻzingiz qolib ketasiz.
9Sarvari Olamning soʻzi ayon boʻldi menga:
“Koʻplab uylar, shubhasiz, xarob boʻladi,
Katta, chiroyli uylar kimsasiz qoladi.
10Yigirma tanob#5:10 Yigirma tanob — ibroniycha matnda Oʻnta boʻyinturuq, yaʼni oʻn juft hoʻkiz bir kunda shudgor qiladigan dala (taxminan 4 gektar). uzumzor ikki koʻza#5:10 ikki koʻza — ibroniycha matnda bir bat, taxminan 22 litrga toʻgʻri keladi. sharob beradi,
Oʻn savat#5:10 Oʻn savat — ibroniycha matnda Bir hoʻmr, taxminan 220 litrga toʻgʻri keladi. urugʻ arang bir savat#5:10 bir savat — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 litrga toʻgʻri keladi. hosil beradi.”
11Holingizga voy, ey erta tongda turib,
Oʻtkir ichimlik ortidan quvadiganlar!
Holingizga voy, ey tunda allamahalgacha
Sharob ichib qiziydiganlar!
12Ziyofatlaringizda lira, arfa,
Childirma, nay chalinar, sharob ichilar!
Biroq Egamning ishlarini anglamaysizlar,
Uning qoʻllari ijodini koʻrmaysizlar!
13Shu bois, xalqim Meni bilmagani tufayli surgunga ketdi.
Amaldorlari ochlikdan oʻlib ketdi,
Koʻplari tashnalikdan oʻrtanib yondi.
14Ha, behad ochilib ketdi
Oʻliklar diyorining#5:14 Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi. ishtahasi,
Cheksiz ochilib ketdi uning ogʻzi,
Tushib ketdi u yerga Quddusning obroʻsi,
Oʻliklar diyoriga ketdi koʻp odami,
Shovqin–suroni, yuksalgani ham.
15Shunday qilib, inson sharmanda boʻldi,
Odamzod tiz choʻktirildi,
Kiborlarning koʻzlari yerga qaradi.
16Biroq Sarvari Olam adolati ila yuksaladi.
Mana, Muqaddas Xudo odilligi ila
Muqaddasligini koʻrsatdi.
17Qoʻzilar oʻtlaydi endi oʻzlarining
Yaylovida oʻtlaganday,
Sarson boʻlib yurgan boʻrdoqilar
Yeb toʻyadi vayronalarda#5:17 …Sarson boʻlib yurgan boʻrdoqilar Yeb toʻyadi vayronalarda — yoki …Begonalar boylarning vayronalari orasida yeb toʻyadilar..
18Holingizga voy! Ey yolgʻonni arqon qilib
Ayblarini tortib keladiganlar!
Ey aravaning arqoni bilan
Gunohlarini sudrab keladiganlar!
19Sizlar aytasiz: “Qani, tez boʻlsin,
Qiladiganini darrov qilsin,
Toki biz buni koʻraylik.
Isroil xalqining Muqaddas Xudosining maqsadi
Zudlik bilan amalga oshsin,
Toki biz buni bilib olaylik.”
20Holingizga voy, ey yomonni yaxshi,
Yaxshini yomon deb aytadiganlar,
Zulmatni nur bilan,
Nurni esa zulmat bilan almashtiradiganlar!
Ey achchiqni shirin,
Shirinni achchiq deydiganlar!
21Holingizga voy, ey oʻzini dono deb bilganlar,
Oʻzlarini idrokli deb hisoblaganlar!
22Holingizga voy, ey sharob ichishda
Qahramon boʻlganlar,
Ichkilikni aralash–quralash ichishda
Bahodirlik koʻrsatganlar.
23Pora evaziga aybdorni haq deb topganlar,
Solihlarning toʻgʻriligini inkor qiladi ular!
24Shu bois alanganing tili somonni yutganday,
Ularning ildizi chirib ketadi,
Quruq xashak olovda kuyib bitganday,
Ularning gʻunchasi changday uchib ketadi.
Sarvari Olamning taʼlimotini ular rad qildi,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosining soʻzidan nafratlandi.
25Ha, Egamning gʻazabi Oʻz xalqiga qarshi alangalandi,
U xalqqa qarshi qoʻl koʻtarib, ularni urdi.
Shunda togʻlar larzaga keldi,
Koʻchalarda jasadlar axlat boʻldi.
Shunda ham Egam gʻazabidan tushmadi,
Uning qoʻli hamon
Isroilga qarshi koʻtarilgancha turardi.
Xudo, Isroilga hujum qilsin deb, begona xalqlarni olib keladi
26Uzoqdagi xalqlarga#5:26 Uzoqdagi xalqlar — Ossuriya va Bobil xalqlari nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Ossuriya lashkari miloddan oldingi 722 yilda Isroilni, yaʼni shimoliy shohlikni bosib oldi. Miloddan oldingi 701 yilda esa Ossuriyaliklar Yahudoga, yaʼni janubiy shohlikka hujum qilishdi, ammo uni bosib ololmay, ortga chekinishdi. Yahudoni miloddan oldingi 605 yilda Bobil lashkari bosib oldi. Egam belgi beradi,
Yerning chetidagi xalqlarga ishora yuboradi.
Ana, ular kelayotir bu yerga tez, shiddat ila!
27Ular na charchaydi, na yiqiladi,
Na mudraydi, yo na uxlaydi,
Na kamari boʻshaladi,
Na chorigʻining iplari uziladi.
28Ularning oʻqlari oʻtkirlangan,
Hamma yoylari tortib bogʻlangan,
Otlarining tuyoqlari chaqmoqtoshga oʻxshar,
Aravalarining gʻildiraklari quyun kabidir.
29Ular sherga oʻxshab boʻkiradi,
Yirtqich sher kabi oʻkiradi,
Oʻkirib, oʻljasini ushlaydi, olib ketadi,
Hech kim uni qutqarib ololmaydi.
30Oʻsha kuni guvullagan dengizga oʻxshab
Yurt uzra oʻkirish eshitiladi.
Ana yurtga qarang!
Zulmat va kulfat,
Bulutlar tufayli nur xira boʻldi.
Currently Selected:
Ishayo 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020