Ishayo 4
4
4–BOB
1Oʻsha kuni yetti ayol bir erkakni tutib olib, shunday deydi:
“Oʻz nonimizni yeymiz,
Oʻz kiyimimizni kiyamiz.
Sharmandaligimizdan bizni qutqaring,
Bizni sizniki deb bilishsa boʻldi.”
2Oʻsha kuni Isroildagi omon qolganlarga
Yurtning hosili iftixor, ulugʻvorlik boʻladi.
Ha, Egamning novdasi koʻrkam, ulugʻvor boʻladi.
3Quddusda omon qolganlar,
Oʻsha Sion shahrida qolganlar
“Muqaddas” deb ataladi.
Ular Quddusda hayot kitobiga yozilgan.
4Adolat ruhi, otash ruhi ila
Rabbiy yuvib tashlaydi
Quddus xalqining harom–xarishini,
Poklaydi Sionning qon dogʻlarini.
5Jamoa uzra kunduzi bulutni,
Tunlari tutunni, yorugʻ alangani#4:5 …kunduzi bulutni, Tunlari tutunni, yorugʻ alangani… — Xudo Isroil xalqining ajdodlarini qirq yil davomida sahroda boshlab borgan. Bu oyatda ishlatilgan tasvir Isroil xalqiga oʻsha voqealarni eslatadi (Chiqish 13:20-22, 40:36-38 ga qarang).
Egam barpo qiladi butun Sion togʻida#4:5 Sion togʻi — Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang..
Ha, oʻsha hashamatli shahar uzra
Egam Oʻzi soyabon boʻladi.
6U soya, koʻlanka boʻladi kunduzi issiqdan,
Panoh, boshpana boʻladi boʻronu yomgʻirdan.
Currently Selected:
Ishayo 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: