YouVersion Logo
Search Icon

Ishayo 6

6
6–BOB
Xudo Ishayoni paygʻambarlikka chaqiradi
1Shoh Uzziyo vafot etgan yili#6:1 Shoh Uzziyo vafot etgan yili — Uzziyo Yahudoda, yaʼni janubiy shohlikda hukmronlik qilgan boʻlib, taxminan miloddan oldingi 740 yili vafot etgan. men yuqoriga yuksalgan Rabbiyning taxtda oʻtirganini koʻrdim. Uning libosi etaklari Maʼbadni toʻldirgan edi. 2Uning tepasida seraflar#6:2 seraflar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi olovli zotlar. Ehtimol, bu ilohiy zotlarning koʻrinishi olov singari boʻlgan. shay turardi, har birining oltita qanoti bor edi. Ular ikki qanoti ila yuzlarini toʻsgandi, ikki qanoti ila oyoqlarini toʻsgandi, qolgan ikki qanoti bilan uchayotgan edi. 3Ular bir–biriga hayqirishardi:
“Muqaddasdir, muqaddasdir,
Muqaddasdir Sarvari Olam!
Uning ulugʻvorligi
Butun olamni toʻldirgan!”
4Ularning hayqirgan ovozlari Maʼbadni poydevorigacha titratib yubordi, Maʼbad tutun bilan toʻlib borardi. 5Men shunday dedim: “Shoʻrim qursin! Oʻldim endi! Oʻz koʻzlarim bilan oʻsha Shohni, Sarvari Olamni koʻrdim. Axir, men ogʻzi nopok bir odamman, ogʻzi nopok xalq orasida yashayman!”
6Seraflardan biri men tomon uchdi, qoʻlida koʻmir choʻgʻi bor edi. U oʻsha choʻgʻni otashkurak bilan qurbongoh ustidan olgan edi. 7Koʻmir choʻgʻini ogʻzimga tekkizib, shunday dedi: “Qara, bu choʻgʻ lablaringga tegdi, endi ayblaring yuvildi, gunohlaringdan forigʻ boʻlding.”
8Shunda men Rabbiyning ovozini eshitdim: “Kimni yuboraman? Biz uchun kim boradi?” Men aytdim: “Men shu yerdaman, mana, yuborgin meni.” 9U shunday dedi:
“Bor, mana shu xalqqa ayt:
«Xoʻp, tinglayveringlar, baribir, tushunmaysiz,
Qarayveringlar, baribir, anglab yetmaysiz.»
10Ey Ishayo, bu xalqqa gapir.
Soʻzlaring ularning aqlini oʻtmas qiladi,
Gaplaring dastidan quloqlari garang boʻladi,
Ularning koʻzlari yumilib qoladi.
Shunda koʻrmay qoladi koʻzlari,
Eshitmay qoladi quloqlari,
Anglamay qoladi aqllari,
Ular Menga qaytmaydilar,
Ular shifo topmaydilar.”
11Soʻradim: “Ey Rabbiy, qachongacha?” U aytdi:
“Shaharlar vayron boʻlib,
Kimsasiz qolgunlaricha,
Xonadonlarda biron jon qolmay,
Yurt tamom vayron boʻlguncha.
12Oxiri, Men, Egangiz, hammani uzoqqa joʻnataman,
Yurtda esa koʻplab tashlandiq joylar boʻladi.
13Xalqning oʻndan biri qolsa ham
Yondirib yuboriladi.
Ammo qayragʻoch, eman daraxtlari kesilganda
Toʻnkalari qolgani kabi,
Undan ham toʻnka qoladi.
Uning toʻnkasi Muqaddas urugʻdir.”

Currently Selected:

Ishayo 6: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in