Ishayo 3
3
3–BOB
Quddusdagi betartiblik
1Sarvari Olam — Rabbiy endi Quddus va Yahudo xalqiga har turli taʼminot hamda madad bermay qoʻyadi. Ularni non va suvdan bebahra qilyapti. 2Jangchilar va askarlardan, hakamlar va paygʻambarlardan, folbinlar va oqsoqollardan mahrum qilyapti. 3Ellikboshi va amaldorlardan, maslahatchilardan, mohir ustalar va “dono” afsungarlardan judo qilyapti.
4Egam aytar: “Bolalar hukmron boʻlar bu xalq ustidan,
Aqlsizlar hukmronlik qilar ular tepasidan.”
5Xalq bir–biriga zulm qiladi,
Har kim doʻstiga dushman boʻladi.
Haqorat qilar yosh yigit oqsoqolni,
Sharmanda odam esa obroʻli odamni.
6Odamlar oʻz yaqinini ushlab olib,
Oʻsha qarindoshiga shunday deydilar:
“Ustingda kiyiming bor ekan,
Bizga bosh boʻla qol.
Mana bu vayronalar uyumi
Sening qoʻl ostingda boʻladi.”
7U esa oʻsha kuni qasam ichib aytar:
“Axir, men shifo bera olmayman,
Meni qilmang xalqqa boshliq,
Uyimda bor na non, na kiyim.”
Hukmning natijasi
8Ha, Quddus ham, Yahudo ham quladi.
Xalqining tillari, ishlari Egamizga qarshidir.
Egamning shuhratini ular yerga bulgʻadi.
9Yuzlari guvohlik berib turar,
Ular Sadoʻm#3:9 Sadoʻm — 1:9 izohiga qarang. kabi gunohlarini oshkor qilar.
Ha, gunohlarini ular yashirmas.
Eh, oʻzlari boshlariga keltirar kulfat!
Ularning holiga voy!
10Solihlarga esa yaxshilik koʻrasan, deb ayting,
Ular oʻz ishlarining samarasidan lazzat topadi.
11Ammo fosiqlarning holiga voy! Boshlarida kulfat,
Axir, qilmishlariga yarasha qaytadi oʻzlariga.
12Yosh bolalar ezadi xalqimni,
Ayollar hukmronlik qiladi ular ustidan.
Ey xalqim, yoʻlboshchilaring seni chalkashtiradi,
Soʻqmoqlaringdan seni adashtiradi.
Egamizning daʼvosi
13Egamiz Oʻz daʼvosini isbot qilmoqqa kirishayotir,
Ha, xalqlarni hukm qilmoqqa U qoʻzgʻalayotir.
14Oʻz taxtiga oʻtirib Egamiz
Oʻz xalqining oqsoqollariyu
Shahzodalari bilan hukmga kirishar:
“Sizlar Mening uzumzorimni#3:14 Mening uzumzorim — Isroil xalqiga ishora (5:1-7 ga qarang). xarob qilgansiz.
Kambagʻaldan olgan oʻlja bilan toʻla uyingiz.
15Nimasi bu?! Xalqimni ezaverasiz!
Kambagʻalni iskanjaga olaverasiz!”
Sarvari Olam — Rabbiyning soʻzidir bu.
Egamiz Quddus ayollarini ogohlantiradi
16Egam aytar: “Magʻrurdir Quddus#3:16 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 17–oyatida ham bor). 1:8 izohiga qarang. ayollari,
Boʻyinlarini likillatib, koʻzlarini suzib yurar,
Mayda qadam tashlab yurib,
Toʻpigʻidagi halqalarni jiringlatar.”
17Shu bois Rabbiy yara qilar
Quddus ayollarining boshlarini,
Sharmanda qilar ochib uyatli joylarini.
18Oʻsha kuni Rabbiy tortib olar ularning
Goʻzalligi — toʻpigʻidagi bezaklarini,
Tillaqoshlariyu zeb–ziynatlarini,
19Sirgʻalari, bilaguzuk va harir roʻmollarini,
Tortib olar boshidagi tojini,
Bilaguzuk, marjon, xushboʻy moy, tumorlarini,
20Muhr uzuklarini, burundagi sirgʻalarini,
21Tortib olar shohona libosini,
Nafis koʻylaklari, nimchalari, karmonlarini,
22Koʻzgulari, zigʻir liboslarini,
Tillaqoshlariyu harir roʻmollarini.
23Xushboʻy hid oʻrniga ulardan sassiq hid keladi,
Kamarlar oʻrniga arqon bogʻlab yuradi,
Turmaklangan soch oʻrniga kal bosh boʻladi,
Bashang kiyim oʻrniga qanor kiyadi,
Ha, goʻzallik oʻrniga asirlik tamgʻasi boʻladi.
24Mana, yigitlari qilichdan yiqilib qoladi,
Botir erkaklari jangda qirilib ketadi.
25Quddus darvozalari yigʻlab, aza tutadi.
Sion boʻm–boʻsh boʻlib, yerda oʻtiribdi.
Currently Selected:
Ishayo 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020