Xoʻsheya 5
5
5–BOB
1Egamiz shunday deydi:
“Ey ruhoniylar, eshiting buni!
Diqqat qilgin, Isroil xalqi!
Quloq solgin, shoh xonadoni!
Sizning ustingizdan hukm ketyapti.
Sizlar Mispaxda odamlar uchun tuzoq boʻldingiz,
Tovur togʻida#5:1 …Mispax…Tovur togʻi… — bu oʻrinda Mispax soʻzi Iordan daryosining sharq tomonida boʻlgan togʻli Gilad oʻlkasidagi shaharga ishora qiladi (Hakamlar 11:29 ga qarang). Tovur togʻi Iordan daryosining gʻarb tomonida boʻlib, Jalila koʻlidan qariyb 20 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. Ikkala joy ham Isroil, yaʼni shimoliy shohlik hududidagi oʻrmonli yerlar boʻlib, bu yerlarda ovchilar toʻrlar bilan qushlarni ovlagan boʻlishlari mumkin. Xalqni butlarga sajda qilishga yetaklagan yoʻlboshchilar qush ovlagan ovchilarga oʻxshatilgan. yoyilgan toʻr boʻldingiz.
2Qabih ishlarga botib ketdingiz!
Men hammangizning adabingizni beraman.
3Ey Efrayim#5:3 Efrayim — 4:17 izohiga qarang., juda yaxshi bilaman seni,
Isroil, Mendan yashira olmassan oʻz qilmishingni.
Sen, Efrayim, Xudoga bevafo boʻlding,
Ey Isroil, oʻzingni harom qilding.
4Men Xudoyingman,
Ammo qilmishlaring Menga qaytib kelishingga yoʻl qoʻymas.
Men, oʻz Egangni sen bilmaysan,
Chunki qalbing shahvatga toʻlgan#5:4 …qalbing shahvatga toʻlgan — Eski Ahdda zino yoki fahsh soʻzlari koʻpincha majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Egamizga xiyonat qilishni va boshqa xudolarga sigʻinishni bildiradi. Oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar..”
5Isroilning magʻrurligi oʻziga qarshi guvohlik beryapti,
U#5:5 U — ibroniycha matnda Isroil va Efrayim, 4:17 izohiga qarang. jinoyatlari tufayli qulaydi.
Yahudo ham u bilan birga yiqiladi.
6Isroil Egamizning iltifotini izlaydi,
Qoʻy–mollarini qurbonlik qiladi,
Ammo Egamizni topa olmaydi,
Chunki Egamiz uni tark etgan.
7U Egamizga xiyonat qildi#5:7 U Egamizga xiyonat qildi… — 1:2, 2:2-5 ga qarang.,
Begonalardan nikohsiz bolalar tugʻdi.
Koʻp oʻtmay u mulki bilan birga xarob boʻladi.
Isroil bilan Yahudo orasidagi urush
8Egamiz shunday deydi:
“Burgʻu chaling Givoda!
Karnay chaling Ramada!#5:8 Burgʻu chaling Givoda…Ramada! — dushman hujum qilayotganda, xalqni ogohlantirish uchun burgʻu chalinardi. Givo va Rama shaharlari Benyamin qabilasi hududida joylashgan edi.
Bayt–Obunda#5:8 Bayt–Obun — 4:15 ning ikkinchi izohiga qarang. bong uring!
Ey Benyamin, ortingdan dushman kelyapti!
9Jazo kuni Efrayim xarob boʻladi.
Isroil qabilalariga eʼlon qilgan bu soʻzlarim
Albatta roʻyobga chiqadi.
10Yahudo shahzodalari chegarani buzgan#5:10 …chegarani buzgan… — qadimgi Isroilda birortasi oʻz yerini ajratib olish uchun toshlardan chegara qilib qoʻyardi. Agar kimdir bu toshlarni joyidan siljitsa, qoʻshnisining ota–bobosidan qolgan yerni u oʻgʻirlayotgan hisoblanardi va bu ogʻir jinoyat edi (Qonunlar 19:14, 27:17 ga qarang). Bu oʻrinda mazkur ibora majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Yahudoning yoʻlboshchilari ham Isroilning yoʻlboshchilariga oʻxshab oʻz xalqini butlarga sajda qilishga yetaklaganiga ishora qiladi. Yoʻlboshchilarning bu qilmishi oqibatida, Yahudo xalqi ham Isroil singari Xudodan yuz oʻgirdi. Shu bobning 4-5–oyatlariga va 4:15, 6:4 ga qarang. firibgarlarga oʻxshaydi,
Men ularning ustiga Oʻz qahrimni jaladay yogʻdiraman.
11Axir, Efrayim butlarga ergashishni afzal koʻrdi,
Endi u ezilib, hukmga bardosh bera olmaydi.
12Men Efrayimni kuyaday yemiraman,
Yahudo xalqini qurtday kemiraman.
13Efrayim oʻz betobligini tushungach,
Yahudo oʻz yaralarini koʻrgach,
Efrayim Ossuriyaga#5:13 Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang. bordi,
Buyuk shohni#5:13 Buyuk shoh — Ossuriya shohi Tigʻlatpilasar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (4 Shohlar 15:19 ga qarang). Tigʻlatpilasar miloddan oldingi 745-727 yillarda hukmronlik qilgan. yordamga chaqirdi.
Ammo shoh ularni davolay olmaydi,
Yaralariga shifo bera olmaydi.
14Men Efrayimga sherday hujum qilaman,
Yahudo xalqiga yosh arslonday tashlanaman.
Ularni Oʻzim tilka–pora qilaman,
Sudrab, Oʻzim bilan olib ketaman.
Ularni hech kim xalos eta olmas.
15Ular oʻz aybini boʻyniga olguncha,
Chin dildan Menga intilguncha,
Men Oʻz makonimga qaytib ketaman.
Balki qaygʻuli damlarida ular Menga qaytishar.”
Currently Selected:
Xoʻsheya 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020