YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 13

13
13–BOB
Isroil ustidan chiqarilgan soʻnggi hukm
1Egamiz shunday deydi:
“Ilgari Efrayim#13:1 Efrayim — 4:17 izohiga qarang. gapirganda hammani titroq bosardi,
Isroilda uning martabasi ulugʻ edi.
Ammo Efrayim Baalga sajda qilib, gunoh orttirdi,
Shunday qilib, oʻzini oʻlimga mahkum etdi.
2Hozir ham xalqim gunoh ustiga gunoh qilishar.
Oʻzlariga butlar yasashar,
Kumushdan mahorat bilan sanamlar ishlashar#13:2 …Kumushdan…sanamlar ishlashar… — ehtimol, kumushdan yasalgan bu sanamlar xonaki sanamlar boʻlib, Baytildagi oltin buzoq shaklida boʻlgan (8:5 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).,
Bularning barchasi bor–yoʻgʻi hunarmandning ishi–ku!
Mening xalqimga shunday deb aytishyapti#13:2 Mening xalqimga shunday deb aytishyapti… — 3 Shohlar 12:26-33 ga qarang.:
«Butlarga qurbonliklar keltiringlar!
Oltin buzoqlarni oʻpinglar!#13:2 Oltin buzoqlarni oʻpinglar! — mazkur butlarga itoatkorlik va sadoqat belgisi. 3 Shohlar 19:18 ga qarang.»
3Shuning uchun ular tonggi tumanday boʻladi,
Birpasda gʻoyib boʻladigan shudringga oʻxshab qoladi.
Shamol xirmondan uchirgan toʻponday ular gʻoyib boʻladi,
Moʻridan chiqadigan tutunga oʻxshab qoladi.
4Ammo Egangiz Xudo — Menman.
Ey Isroil, seni Misrdan olib chiqqanman.
Mendan boshqa Xudoni sen bilmaysan,
Mendan boshqa yoʻqdir najotkoring.
5Men sahroda#13:5 …sahroda… — Xudo Oʻz xalqini Misrdagi qullikdan qutqargandan keyin, ular qirq yil sahroda koʻchmanchilarday yashaganlar. senga gʻamxoʻrlik qildim,
Suvsiz qaqragan choʻlda seni boqdim.
6Serhosil oʻlkada qorningni toʻygʻizdim#13:6 Serhosil oʻlkada qorningni toʻygʻizdim… — Qonunlar 8:7-11 ga qarang.,
Ammo qorning toʻygach, manman boʻlib ketding,
Shu sababdan sen Meni unutding.
7Endi Men yoʻlingni qoplonday poylayman,
Senga bir sherday hujum qilaman.
8Bolalaridan ayrilgan ona ayiq kabi tashlanaman,
Seni tilka–pora qilaman.
Oʻsha joydayoq seni sherday gʻajiyman,
Yirtqichga oʻxshab seni qonga belayman.
9Ey Isroil, oʻz boshingga oʻzing balo orttirding,
Axir, Menga — Oʻz Madadkoringga qarshi chiqding.
10Shaharlaringni qutqaradigan shohing qani?!
«Bizga shohu hokimlar ber», deb soʻragan boshliqlaring qani?!
11Men jahl ustida senga shohlarni berdim,
Gʻazabga minganimda ularni olib tashladim.
12Efrayimning jinoyati yozib qoʻyilgan,
Ha, uning gunohi kitobga bitilgan.
13Isroilning yashashga imkoniyati bor edi,
Ammo u nodon bolaga oʻxshadi,
Onani toʻlgʻoq tutganda,
U qorindan chiqishni xohlamadi.
14Men bu xalqni oʻliklar diyoridan qutqararmikanman?!
Ularni oʻlimdan xalos qilarmikanman?!#13:14 Men bu xalqni…qutqararmikanman?! Ularni…xalos qilarmikanman?! — bu iborani darak gap shaklida Men bu xalqni…qutqaraman. Ularni…xalos qilaman deb tarjima qilsa ham boʻladi. Ammo darak gap bu oʻrinda toʻgʻri kelmaydi, chunki qolgan oyatlarda muallif Isroil xalqini Xudoning hukmi haqida ogohlantiryapti.
Ey oʻlim, qirgʻin olib kelgin!
Ey oʻliklar diyori#13:14 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi., halokatli kuchingni koʻrsatgin!#13:14 Ey oʻlim, qirgʻin olib kelgin! Ey oʻliklar diyori, halokatli kuchingni koʻrsatgin! — ibroniycha matnda Ey oʻlim, sen keltiradigan qirgʻin qani?! Ey oʻliklar diyori, halokatli kuching qani?! Bu oʻrindagi savollar majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Xudo albatta Isroil xalqini jazolashiga ishora qiladi.
Endi Men rahm–shafqat qilmayman.”
15Isroil qarindoshlari orasida
Serpusht va farovon boʻlsa–da,
Egamiz uning ustiga sharq shamolini yuboradi,
Sahrodan esgan garmselni#13:15 garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol. Bu oʻrinda majoziy maʼnoda ishlatilib, Xudoning hukmini bildiradi. joʻnatadi.
Isroilning bulogʻini quritadi,
Uning chashmasini qovjiratadi.
Xazinasidagi qimmatbaho ziynatlarini tortib oladi.

Currently Selected:

Xoʻsheya 13: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in