YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 12

12
12–BOB
1Efrayim#12:1 Efrayim — 4:17 izohiga qarang. garmsel#12:1 garmsel — issiq shamol. boqib yurar,
Kun boʻyi sharqdan esgan shamol ketidan quvar.
Yolgʻonu zoʻravonlikni u orttirar.
Ossuriya bilan sulh tuzib,
Zaytun moyini Misrga joʻnatar.
2Yahudoga Egamiz daʼvo qiladi.
Yoqub naslining#12:2 Yoqub nasli — Xudo Yoqubning ismini Isroil deb oʻzgartirgan (Ibtido 32:27-28 ga qarang), shuning uchun koʻpincha Yoqub nasli deganda Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutiladi. Biroq bu oʻrinda mazkur ism ham Isroil, ham Yahudo xalqlariga nisbatan ishlatilgan. Yoqub bu ikkala xalqning bobokaloni boʻlgan. taʼzirini U beradi,
Tutgan yoʻliga yarasha uni jazolaydi.
3Onasining qornidayoq Yoqub akasi bilan talashgan#12:3 …Yoqub akasi bilan talashgan… — yoki …Yoqub oʻz akasining tovonini ushlab olgan…. Ibtido 25:26 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. Yana Ibtido 25:29-34, 27:1-45 ga qarang.,
Ulgʻaygach esa Xudo bilan olishgan#12:3 …Xudo bilan olishgan — Ibtido 32:22-30 ga qarang..
4Ha, farishta#12:4 farishta — Egamizning farishtasi nazarda tutilgan, baʼzan bu ibora Xudoning Oʻzi zohir boʻlganiga ishora qilinadi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EGAMIZNING FARISHTASI iborasiga qarang. bilan olishib, uni yenggan edi,
Keyin yigʻlab, iltifot qilishini soʻragandi.
Baytilda#12:4 Baytilda… — Ibtido 28:10-22, 35:1-15 ga qarang. Yoqub Xudoni topgandi,
Oʻsha yerda Xudo bilan suhbat qurgandi#12:4 …Xudo bilan suhbat qurgandi — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …biz Xudo bilan suhbat qurgandik. Yoqub Isroil xalqining bobokaloni edi. Shuning uchun uning Xudo bilan suhbat qurgani Isroil xalqiga xuddi ularning oʻzi Xudo bilan suhbat qurganday boʻlib tuyulsa kerak..
5Parvardigori Olam — Egamiz Oʻshadir,
Egamizdir Uning nomi!
6Ey Yoqub nasli, Xudoyingizga qayting.
Sevgi va adolatga intiling,
Sabr–toqat ila Xudodan umid qiling.
7Egamiz shunday deydi:
“Xalqim tarozidan urgan savdogarga oʻxshaydi,
Firibgarlik qilishni ular xoʻp yaxshi koʻradi.
8«O, men boyman,
— deb maqtanasan, ey Efrayim. —
Men oʻzimga davlat orttirdim,
Borimni peshana terim bilan topdim.
Hech kim meni gunohda ayblay olmas.»
9Ammo Egangiz Xudo — Menman,
Seni Misrdan olib chiqqanman.
Men senga sahroda zohir boʻlar edim,
Oʻsha davrdagiday seni yana chodirlarda yashattiraman#12:9 Oʻsha davrdagiday seni yana chodirlarda yashattiraman — Egamiz Oʻz xalqini Misrdagi qullikdan qutqargandan keyin, ular qirq yil sahroda koʻchmanchilarday yashagan edilar. Oʻsha davrda ularning har qanday muhtojligini faqatgina Xudo qondirardi. Isroil xalqi Kanʼon yurtiga kirishidan oldin Muso ularni, takabburlashib ketmanglar, Xudoni unutmanglar, deb ogohlantirgan edi (13:5-6 ga va Qonunlar 8:1-19 ga qarang). Xullas, Xudoning xalqi yana faqatgina Xudoga tayanib yashashni oʻrganishi kerak edi..
10Men paygʻambarlarga gapirgandim,
Oʻzim ularga koʻp vahiylar bergandim,
Ular orqali seni, ey xalqim, ogohlantirgan edim.
11Ammo Giladdagi#12:11 Gilad — 6:8 ga qarang. yovuzlik toʻxtamadi,
Gilgalda#12:11 Gilgal — Isroil xalqi Gilgalda butlarga topinish uchun sajdagoh qurgan edi (4:15, 9:15 ga qarang). Gilad va Gilgal nomlari oʻzaro ohangdosh. Bu ikki nom butun Isroilni, yaʼni shimoliy shohlikni bildiradi. Gilad shohlikning Iordan daryosidan sharqiy qismini, Gilgal gʻarbiy qismini bildirgan. buqalar
Butlarga atalib hamon qurbonlik qilinmoqda.
Shuning uchun Gilad ahli albatta barham topadi,
Gilgaldagi qurbongohlar buzib tashlanadi,
Ular shudgor qilinadigan dalalardan
Uloqtirib tashlangan toshlarday boʻlib qoladi.”
12Yoqub Oram#12:12 Oram Paddon–Oramning qisqa shakli. Paddon–Oram Furot daryosi boʻyida, hozirgi Suriya mamlakatining shimolida va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqida joylashgan hudud edi. Yoqubning bobosi boʻlgan Ibrohimning baʼzi qarindoshlari shu hududda yashagan. yurtiga qochib bordi#12:12 Yoqub Oram yurtiga qochib bordi… — Ibtido 28:1-5 ga qarang.,
Xotin olish uchun u#12:12 u — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi. qulday ishladi,
Qalin evaziga qoʻylar boqdi#12:12 …Qalin evaziga qoʻylar boqdi — Ibtido 29:1-20 ga qarang..
13Egamiz vaqti kelib paygʻambar#12:13 paygʻambar — Muso nazarda tutilgan. yubordi,
Yoqub naslini#12:13 Yoqub nasli — ibroniycha matnda Isroil, Yoqub naslining yana bir nomi. Misrdagi qullikdan olib chiqdi,
Oʻsha paygʻambari orqali ularni boqdi.
14Ammo Efrayim Egamizni qattiq ranjitdi.
Toʻkkan qon uchun Efrayimni Rabbiy jazolaydi,
Uni haqoratlagani uchun adabini beradi.

Currently Selected:

Xoʻsheya 12: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in