Egamizning kalomi shudir: «Endi dadil boʻl, ey Zarubabel! Dadil boʻl, ey oliy ruhoniy Yoshua! Ey surgundan qaytib kelgan shu yurt ahli, endi dadil boʻlinglar!» Sarvari Olam shunday demoqda: «Mening Ruhim hali ham sizlarning orangizda, qoʻrqmanglar. Ishga kirishinglar, chunki Misrdan chiqqaningizda sizlarga bergan vaʼdamga binoan Men sizlar bilan birgaman.»