YouVersion Logo
Search Icon

Zakariyo Kirish

Kirish
Mazkur kitob Zakariyo paygʻambarning bashoratlaridan iboratdir. Zakariyo paygʻambar Bobilda tugʻilgan. Miloddan oldingi 538 yilda u Bobildagi yahudiy asirlar bilan birga Quddusga qaytgan edi. Zakariyo paygʻambar Xaggey paygʻambarning zamondoshi#Zakariyo paygʻambar Xaggey paygʻambarning zamondoshi… — Ezra 5:1-2 ga qarang. boʻlib, undan keyin ham koʻp yillar davomida faoliyat koʻrsatgan.
Oʻsha davrda Yahudo yurti#Yahudo yurti — oʻsha davrda Yahudo yurti Fors shohligining hukmronligi ostida boʻlgan. Yahudo yurti hududiga faqat Quddus va uning atrofidagi yerlar kirardi. Yahudo shohlari hukmronlik qilgan davrda esa bu yurtning hududi ancha katta edi. Fors imperiyasiga qaram edi. Yahudoga qaytgan yahudiylar Maʼbadni qayta qurishni boshlagandilar. Ammo xalq tushkunlikka tushib, qurilish ishlarini toʻxtatgan edi.
Kitobning birinchi qismida (1-8–boblar) Xudo Zakariyo paygʻambarga sakkizta vahiy bergani haqida bayon qilinadi. Majoziy obrazlarga boy boʻlgan bu vahiylar orqali Zakariyo paygʻambar xalqni ruhlantiradi, Maʼbadni oxirigacha qurishlari uchun ularga shijoat baxsh etadi.
Kitobning ikkinchi qismida (9-14–boblar) Zakariyo keladigan shoh haqida va Xudo xalqining porloq kelajagi haqida gapirib, xalqqa umid bagʻishlaydi. Kitobning bu qismidagi vahiylar uzoq kelajakka oid boʻlib, boshqa xalqlarning Quddus va Yahudoga hujum qilishi haqida xabar beradi. Oʻsha vaqt kelganda Yahudo xalqining koʻpchiligi oʻldiriladi, lekin Xudo Oʻz xalqining bir qismini qutqaradi. Shunda Yahudo xalqidan omon qolganlar tavba qilib, Xudoga qaytishadi, Xudo ularni kechiradi. Oʻsha zamonda Quddus shahri yuksaladi. Shahardan hayotbaxsh irmoqlar oqib chiqadi. Butun yer yuzidagi xalqlar Xudoga sajda qilishadi.

Currently Selected:

Zakariyo Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy