Ezra 3
3
3–BOB
Quddusda sajda qilish qaytadan boshlanadi
1Isroil xalqi oʻz shaharlariga oʻrnashib olgandan keyin, yettinchi oyda#3:1 yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi. hammasi Quddusda yigʻilishdi#3:1 …yettinchi oyda hammasi Quddusda yigʻilishdi — bu oʻrinda miloddan avvalgi 538 yil, Kurush Bobilda hukmronlik qilishni boshlagan yil haqida gap ketayotgan boʻlishi mumkin (1:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang).. 2Yohuzadax#3:2 Yohuzadax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻzadax (shu bobning 8–oyatida ham bor). oʻgʻli Yoshua, uning ruhoniy hamkorlari va Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel#3:2 Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel — 1 Solnomalar 3:17-19 ga koʻra, Zarubabel Shaltiyolning ukasi Podiyoning oʻgʻli edi. Shaltiyol va Podiyo surgun qilingan Yahudo shohi Yohayxinning oʻgʻillari boʻlib, Shaltiyol toʻngʻich farzand edi (4 Shohlar 24:8-17 ga qarang). Shaltiyolning oʻgʻli boʻlmaganiga ikki taxmin mavjud: u befarzand edi yoki farzandlari boʻlgan–u, ammo hammasi halok boʻlgan. Sababi nima boʻlishidan qatʼi nazar, shoh sulolasi Podiyo orqali davom etgan. Matndagi “Shaltiyol oʻgʻli” iborasi Zarubabel shoh Yohayxinning haqqoniy taxt vorisi ekanligini koʻrsatadi. oʻz urugʻ–aymogʻi bilan birgalikda Isroil xalqining Xudosiga atab, qurbongohni qaytadan qurdilar. Ular Xudoning odami Musoning Tavrot kitobida yozilgan amrlariga muvofiq kuydiriladigan qurbonliklarni keltirmoqchi edilar. 3Ular mahalliy xalqlardan qoʻrqishlariga qaramay, qurbongohni oldingi poydevori ustiga qurdilar. Qurbongohning ustida har kuni ertalab va kechqurun Egamizga qurbonliklarni kuydirib nazr qildilar. 4Soʻngra Musoning qonunida yozilgani singari, Chayla bayramini#3:4 Chayla bayrami — yettinchi oyning oʻn beshinchi kunidan boshlab yetti kun davomida nishonlangan (Levilar 23:33-43 ga qarang). nishonladilar. Bayramning har bir kuniga oid qurbonliklar keltirib, kuydirdilar. 5Ular kunda kuydiriladigan qurbonliklardan tashqari, har oyda nishonlanadigan yangi oy shodiyonasida va yil davomida Egamizga atab nishonlanadigan bayramlarda qurbonliklar keltirdilar. Shuningdek, koʻngildan chiqarib qurbonliklar olib keldilar. 6Xullas, odamlar yettinchi oyning birinchi kunidan boshlab, Egamizga atab kuydiriladigan qurbonliklarni keltira boshlagan edilar. Lekin Egamizning Maʼbadi poydevori hali yotqizilmagan edi.
Xalq Maʼbadni qayta qura boshlaydi
7Xalq tosh yoʻnuvchilarni va duradgorlarni pul bilan taʼminlab turdi. Ular Fors shohi Kurushning#3:7 Fors shohi Kurush — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. ijozati bilan Oʻrta yer dengizi orqali Lubnondan Yaffa shahriga#3:7 Yaffa shahri — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan boʻlib, Quddus uchun bandargoh vazifasini oʻtagan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang. sadr yogʻochlarini keltirdilar. Yogʻochlarni olib kelgan Sidonliklar va Tirliklarga#3:7 Sidonliklar va Tirliklar — Sidon va Tir Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaharlar. Bu shaharlar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. yegulik, ichimlik va zaytun moyi berdilar. 8Surgundan qaytganlar Xudoning Quddusdagi uyi vayronalari oldiga kelganlariga bir yilu ikki oy#3:8 ikki oy — ibroniy kalendarining ikkinchi oyi, Ziv oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan aprelning oʻrtasidan boshlanadi. Shoh Sulaymon Maʼbadni aynan shu oyda qurishni boshlagan edi (3 Shohlar 6:1 ga qarang). boʻlgach, ular Egamizning uyini qayta qurishni boshladilar. Qurilishda Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel, Yohuzadax oʻgʻli Yoshua, ruhoniylar va levilar, shuningdek, surgundan qaytib kelgan hamma odamlar ishtirok etdi. Ular qurilish ishlarini nazorat qilish uchun yigirma va undan yuqori yoshdagi levilarni tayinladilar. 9Xudoning uyi qurilishini Yeshuva, uning oʻgʻillari va qarindoshlari, Kadmil va uning oʻgʻillari nazorat qilar edilar. (Yeshuva va Kadmil Xoʻdaviyo#3:9 Xoʻdaviyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yahudo. Uning Xoʻdaviyo degan shakli 2:40 dan olingan. naslidan edilar.) Ularga bu ishda levilarning Xanadod urugʻi yordam berar edi.
10Binokorlar Egamiz Maʼbadining poydevorini yotqizib boʻlganlaridan keyin, ruhoniylar oʻz liboslarini kiydilar. Isroil shohi Dovudning koʻrsatmalariga muvofiq, ruhoniylar karnaylari bilan, Osif naslidan boʻlgan levilar zillari bilan Egamizga hamdu sano aytish uchun oʻz joylarini egalladilar. 11Ular Egamizga hamdu sano va shukronalar aytib, shunday naqorat kuyladilar:
“Egamiz yaxshidir,
Uning Isroilga boʻlgan sodiq sevgisi abadiydir.”
Egamizning uyi poydevori yotqizilgani uchun butun xalq baland ovoz bilan Egamizga hamdu sano aytdi. 12Odamlar xursandchilikdan baqirardi, Egamizning oldingi uyini koʻrgan yoshi ulugʻ ruhoniylar, levilar va urugʻboshilarning koʻpchiligi esa uyning poydevorini koʻrganlarida hoʻngrab yigʻladilar. 13Xalq shunchalik qattiq baqirardiki, ovozlari uzoqdan ham eshitilib turardi. Buni eshitganlar xursandchilik ovozlarini yigʻi tovushidan farqlay olmasdi.
Currently Selected:
Ezra 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020