Ezra 4
4
4–BOB
Dushmanlar Maʼbadning qayta qurilishiga toʻsqinlik qiladilar
1Yahudo va Benyamin qabilasining gʻanimlari: “Surgundan qaytib kelganlar Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Maʼbadini qayta qurayotgan ekanlar”, degan xabarni eshitib qolishdi. 2Ular Zarubabelning va urugʻboshilarning oldiga kelib, shunday dedilar: “Biz ham sizlarga qoʻshilib Xudoyingizning uyini quraylik, chunki biz ham, sizlar singari, Xudoyingizga sajda qilamiz. Ossuriya shohi Isarxaddoʻn#4:2 Ossuriya shohi Isarxaddoʻn — miloddan oldingi 681-669 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan. Bu parchada aytib oʻtilgan odamlar mazkur hududga miloddan oldingi 677 yoki 676 yilda, Isarxaddoʻn Suriyani bosib olganda olib kelingan boʻlishlari mumkin. Ossuriya shohlari turli xalqlarni Samariya yerlariga koʻchirtirib kelib oʻrnashtirganlar (4 Shohlar 17:24-34 ga qarang). Bu xalqlar ham Xudoga, ham butlarga sigʻinganlar. bizni bu yerga olib kelgandan buyon Xudoyingizga qurbonlik qilib kelyapmiz.” 3Lekin Zarubabel, Yoshua va Isroilning boshqa urugʻboshilari ularga shunday deb javob berdilar: “Sizlar Xudoyimizga uyni biz bilan birga qurmaysizlar. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uchun uyni oʻzimiz quramiz. Fors shohi Kurush#4:3 Fors shohi Kurush — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. buni bizga buyurgan.”
4Shundan keyin mahalliy xalqdan boʻlgan bu gʻanimlar Yahudo xalqini sarosimaga solib, qoʻrqitishga va qurilish ishlaridan qaytarishga harakat qilishdi. 5Ular amaldorlarga pora berib, Fors shohi Kurushning butun hukmronligi davomida Maʼbadni qayta qurish rejalariga qarshilik qilib keldilar. Bu ahvol to Doro taxtni egallab, Fors shohi boʻlgunga qadar#4:5 …Fors shohi Kurushning butun hukmronligi davomida…to Doro taxtni egallab, Fors shohi boʻlgunga qadar… — Kurush miloddan oldingi 539-530 yillarda, Doro miloddan oldingi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan. Shu bobning 24–oyati 1-5–oyatlarning davomidir. 6-23–oyatlarda tasvirlangan voqea ancha keyin sodir boʻlgan. Bu voqea Ezra Quddusga qaytib kelganiga taxminan 13 yil boʻlganda roʻy bergan edi. Oʻsha paytda Naximiyo hali Quddusga qaytib kelmagan boʻlishi mumkin. davom etgan edi.
Yahudiylar yana qarshiliklarga duch keladilar
6Bir necha yildan keyin#4:6 Bir necha yildan keyin… — shu bobning 5–oyati izohiga qarang. shoh Axashverash#4:6 shoh Axashverash — Kserks ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 486-465 yillarda hukmronlik qilgan. taxtga chiqdi. Axashverash hukmronligining boshlarida, gʻanimlar Yahudo yurti va Quddus shahrida yashayotgan yahudiylarga qarshi aybnoma yozdilar.
7Hatto keyinroq — Fors shohi Artaxshas#4:7 Fors shohi Artaxshas — Artakserks ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 465-424 yillarda hukmronlik qilgan. hukmronligi davrida ham Bishlam, Mitradot, Toʻval va ularning boshqa sheriklari shohga maktub yozdilar. Maktub oramiycha#4:7 oramiycha — asl matnning 4:8 dan 6:18 gacha boʻlgan qismi ibroniy tilida emas, oramiy tilida yozilgan. yozilib, tarjima qilindi#4:7 …tarjima qilindi — fors tiliga boʻlishi mumkin..
8Keyin hokim Raxum va kotib Shimshay ham shoh Artaxshasga Quddus aholisini qoralab maktub yozdi. Maktub shunday soʻzlar bilan boshlangan edi:
9“Hokim Raxumdan, kotib Shimshaydan va ularning boshqa sheriklari — hakamlar, yoʻlboshchilar, amaldorlar, Eraxliklar, Bobilliklar, Shushanliklar, yaʼni Elam xalqidan, 10shuningdek, ulugʻ va qudratli shoh Oʻsnapar Samariya#4:10 Samariya — poytaxtning nomi boʻlib, sobiq Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. shaharlariga va Furot daryosining gʻarbidagi viloyatga#4:10 Furot daryosining gʻarbidagi viloyat — Fors shohligiga qarashli boʻlgan katta bir viloyat. Bu viloyat Furot daryosi bilan Oʻrta yer dengizi oraligʻida joylashgan boʻlib, Yahudo yurtini ham oʻz ichiga olgan edi. olib kelib oʻrnashtirgan turli xalqlardan#4:10 …shoh Oʻsnapar…olib kelib oʻrnashtirgan turli xalqlardan… — shoh Oʻsnapar yana Ashshurbanapal ismi bilan tanilgan boʻlib, Isarxaddoʻnning oʻgʻli edi (shu bobning 2–oyatiga qarang). Oʻsnapar miloddan oldingi 669-626 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan. Ossuriya shohlari turli xalqlarni Samariya yerlariga koʻchirtirib kelib oʻrnashtirganlar (4 Shohlar 17:24-34 ga qarang). maktub.”
11Ular yuborgan maktubning mazmuni quyidagicha edi:
“Shoh Artaxshas janobi oliylari! Biz — Furot daryosining gʻarbidagi viloyatda istiqomat qiluvchi qullaringiz sizga salom yoʻllamoqdamiz.
12Janobi oliylariga shu narsa maʼlum boʻlsinkim, sizning qoʻl ostingizdagi boshqa oʻlkalardan Quddusga kelib oʻrnashgan yahudiylar isyonkor, bexosiyat shaharni qaytadan tiklamoqdalar. Ular poydevor yotqizib, tez orada shahar devorlarini ham qurib tugatadilar. 13Janobi oliylarini shundan xabardor qilmoqchimizki, agar shahar qaytadan qurilib, devorlari ham bitsa, yahudiylar oʻlpon, soliq va xiroj toʻlamay qoʻyadilar. Natijada shohlikning daromadi kamayib ketadi.
14Saroyning tuziga biz ham sherik boʻlganimiz uchun shohimizning sharmanda boʻlishiga qarab oʻtirishimiz bizga toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun maktub joʻnatib, shohimizni xabardor qilmoqchi boʻldik. 15Siz farmon bering: ota–bobolaringizning yilnomalarini koʻrib chiqishsin. Bu shahar gʻalayon makoni boʻlganini oʻsha yilnomalardan topasiz. Bu shahar ilgaridan hukmdorlar va viloyat hokimlariga qarshi bosh koʻtarib, koʻp muammolar tugʻdirgan, shu sababli vayron qilingan edi. 16Biz janobi oliylariga shuni maʼlum qilib qoʻymoqchimizki, agar bu shahar qayta qurilib, devorlari bitsa, Furot daryosining gʻarbidagi bu viloyatga egalik qila olmay qolasiz.”
17Shoh quyidagicha javob joʻnatdi:
“Samariyada va Furot daryosining gʻarbidagi viloyatda istiqomat qilayotgan hokim Raxumga, kotib Shimshayga va ularning boshqa sheriklariga salom yoʻllayman.
18Sizlar menga yuborgan maktub huzurimda tarjima qilinib, oʻqib eshittirildi. 19Shunday qilib, mening farmonimga binoan, tekshiruv olib borildi va bu shahar oldindan shohlarga qarshi isyon koʻtargani aniqlandi. Haqiqatan ham, bu shahar isyonu gʻalayon makoni boʻlgan ekan. 20Quddusda qudratli shohlar boʻlgan ekan. Ular Furot daryosining gʻarbidagi barcha yurtlarni boshqargan ekanlar, oʻsha yurtlardan oʻlpon, soliq va xiroj yiqqan ekanlar. 21Shuning uchun yahudiylarga buyuringlar, ishni toʻxtatsinlar. Men farmon bermagunimcha shahar qayta qurilmasin. 22Hushyor boʻlinglar: mening manfaatimga zarar keltiradigan ish boshqa qilinmasin.”
23Shoh Artaxshasning maktubi Raxum, kotib Shimshay va ularning sheriklari huzurida oʻqilgach, ular shosha–pisha Quddusga bordilar, shahar qurilishini toʻxtatishga yahudiylarni majburladilar.
Maʼbaddagi qurilish ishlari qayta boshlanadi
24Xudoning Quddusdagi uyini qayta qurish ishlari toʻxtatilgan edi. Fors shohi Doro hukmronligining ikkinchi yiligacha#4:24 Fors shohi Doro hukmronligining ikkinchi yiligacha… — miloddan oldingi 520 yil. Doro miloddan oldingi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan. u yerda hech qanday ish qilinmadi.
Currently Selected:
Ezra 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020