Ezra 10
10
10–BOB
Xalq gunohi uchun tavba qiladi
1Ezra Xudoning uyi oldida oʻzini yerga otib yigʻlaganicha, xalqning gunohlarini eʼtirof etdi. U Xudoga iltijo qilayotganda, atrofiga Isroildan katta jamoa — erkagu ayol, bolalar yigʻilishdi. Xalq ham achchiq–achchiq yigʻlardi. 2Elam naslidan Yoxiyol oʻgʻli Shaxaniyo Ezraga shunday deya murojaat qildi: “Biz mahalliy xalqlarning butparast ayollariga uylanib, Xudoyimizga xiyonat qildik. Lekin shunga qaramay, biz — Isroil xalqi uchun hali ham umid bor! 3Keling, Xudoyimiz bilan ahd qilaylik. Hazratim, sizning maslahatingizga koʻra va Xudoyimizning soʻzlaridan qoʻrqadiganlarning maslahatiga koʻra, barcha butparast xotinlarni bolalari bilan birga qoʻyib yuboraylik. Xudoning qonuniga amal qilaylik. 4Qani hazratim, ishga kirishing, bu sizning burchingizdir. Biz siz bilanmiz. Dadil boʻling, ishni boshlang.”
5Shunda Ezra oʻrnidan turib, ruhoniylarning, levilarning va butun Isroil xalqining boshliqlariga, aytilganlarni qilamiz, deb ont ichirdi. Hammalari ont ichdilar. 6Soʻng Ezra Xudoning uyi oldidan ketib, Eliashab oʻgʻli Yohuxanonning xonasiga bordi, tunni oʻsha yerda oʻtkazdi. U#10:6 …Yohuxanonning xonasiga bordi, tunni oʻsha yerda oʻtkazdi. U… — yoki …Yohuxanonning xonasiga ketdi. Oʻsha yerda boʻlganda…. na non yedi, na suv ichdi, surgundan qaytganlarning xiyonatkorligi dastidan qaygʻurayotgan edi.
7“Surgundan qaytganlarning hammasi Quddusga toʻplansin”, deb Yahudo yurti va Quddus boʻylab jar solindi. 8“Agar kimki uch kun ichida kelmasa, yoʻlboshchilarning va oqsoqollarning buyrugʻiga koʻra, ularning hamma mol–mulki musodara qilinsin, oʻzlari surgundan qaytganlar jamoasidan chiqarilsin”, deb xabar berildi.
9Uch kun ichida Yahudo va Benyamin hududida yashayotganlarning hammasi Quddusda toʻplandi. Bu voqea toʻqqizinchi oyning#10:9 toʻqqizinchi oy — miloddan oldingi 458 yilning toʻqqizinchi oyi (7:6-7 ga va oʻsha oyatlarning izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Xislav oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan noyabrning oʻrtasidan boshlanadi. yigirmanchi kunida roʻy berdi. Odamlar Xudoning uyi oldidagi hovlida joylashib oʻtirdi. Ahvolning jiddiyligidan va kuchli yomgʻir yogʻayotganidan xalq titrardi. 10Ruhoniy Ezra oʻrnidan turib, xalqqa dedi: “Sizlar butparast ayollarga uylanib, Egamizga xiyonat qildingizlar, Isroil xalqining ayblari ustiga ayb orttirdingizlar. 11Endi ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz oldida bu gunohlaringizni tan olinglar, Uning xohishi boʻyicha ish tutinglar. Oʻzlaringizni mahalliy xalqlardan ayirib, butparast xotinlaringizni qoʻyib yuboringlar.” 12Shundan keyin butun jamoa baland ovoz bilan javob berdi: “Siz haqsiz! Aytganlaringizni qilamiz. 13Lekin xalq koʻp, yomgʻir ham yogʻyapti, shuning uchun ochiq joyda tura olmaymiz. Oramizdagi koʻpchilik bu gunohga qoʻl urgan, shuning uchun bu masalani bir–ikki kunda hal qilib boʻlmaydi. 14Mayli, yoʻlboshchilarimiz Quddusda qolsinlar, ular bu ishning masʼuliyatini oʻz zimmalariga olsinlar. Butparast ayollarga uylanganlarning hammasi belgilangan vaqtda oʻz shahar oqsoqoli va hakami bilan birga kelishsin. Bu qilmishimizdan gʻazablangan Xudo shunda gʻazabidan tushadi.” 15Faqat Osoyil oʻgʻli Yoʻnatan bilan Tixvo oʻgʻli Yaxziyo bu taklifga qarshi chiqdilar, levilardan Mashullom va Shabbatay ham ularni qoʻllab–quvvatladilar.
16Shunday qilib, surgundan qaytganlar berilgan taklifni qabul qildilar. Ruhoniy Ezra urugʻboshilar orasidan odamlarni tayinlab, ularning ismlarini yozib qoʻydi. Oʻninchi oyning#10:16 Oʻninchi oy — miloddan oldingi 458 yilning oʻninchi oyi (7:6-7 ga va oʻsha oyatlarning izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kuni ular bu ishni tekshirishga kirishdilar. 17Birinchi oyning#10:17 birinchi oy — ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kuniga kelib, butparast ayollarga uylangan barcha erkaklar bilan bogʻliq boʻlgan masala koʻrib chiqildi.
Butparast ayollarga uylanganlarning roʻyxati
18Butparast ayollarga uylangan odamlar quyidagilardir:
Ruhoniylardan:
Yohuzadax#10:18 Yohuzadax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻzadax. oʻgʻli Yoshuaning urugʻidan va uning hamkorlaridan — Masiyo, Eliazar, Yoriv va Gadaliyo. 19Ular xotinlarini qoʻyib yuborishga ont ichdilar va ayblari uchun bitta qoʻchqorni ayb qurbonligi qildilar.
20Immar urugʻidan — Xonin va Zabadiyo.
21Xarim urugʻidan — Masiyo, Ilyos, Shamayo, Yoxiyol va Uzziyo.
22Pashxur urugʻidan — Eliyoʻnay, Masiyo, Ismoil, Natanil, Yoʻzabad va Elasax.
23Levilardan:
Yoʻzabad, Shimax, Kilayox (Kilit deb ham aytiladi), Patixiyo, Yahudo va Eliazar.
24Qoʻshiqchilardan:
Eliashab.
Maʼbad darvozabonlaridan:
Shallum, Talim va Uri.
25Isroil xalqining qolganlaridan:
Paroʻsh urugʻidan — Romiyo, Yiziyo, Malkiyo, Miyomin, Elazar, Malkiyo va Binayo.
26Elam urugʻidan — Mattaniyo, Zakariyo, Yoxiyol, Abdi, Yorimoʻt va Ilyos.
27Zattu urugʻidan — Eliyoʻnay, Eliashab, Mattaniyo, Yorimoʻt, Zabad va Azizax.
28Boʻvay urugʻidan — Yohuxanon, Xanoniyo, Zabbay va Otley.
29Banix urugʻidan — Mashullom, Mallux, Odayo, Yoshuv, Shayol va Yorimoʻt.
30Paxatmoʻab urugʻidan — Adna, Xilol, Binayo, Masiyo, Mattaniyo, Bazalil, Binnuy va Manashe.
31Xarim urugʻidan — Eliazar, Ishshiyo, Malkiyo, Shamayo, Shimoʻn, 32Benyamin, Mallux, Shamariyo.
33Xashum urugʻidan — Mattanay, Mattatax, Zabad, Elifalet, Yorimay, Manashe va Shimax.
34Banix urugʻidan — Maday, Imrom, Uval, 35Binayo, Bidayo, Xalux, 36Vaniyo, Miromoʻt, Eliashab, 37Mattaniyo, Mattanay va Yasoy.
38Binnuy urugʻidan — Shimax#10:37-38 …va Yasoy. 38 Binnuy urugʻidan — Shimax… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …Yasoy, 38 Banix, Binnuy, Shimax…., 39Shalamiyo, Natan, Odayo, 40Maxnadbay, Shoshay, Shoroy, 41Ozariyol, Shalamiyo, Shamariyo, 42Shallum, Emoriyo va Yusuf.
43Navo urugʻidan — Yaviyol, Mattitiyo, Zabad, Zabino, Yadday, Yoʻel va Binayo.
44Yuqoridagilarning hammasi butparast ayollarga uylangan edilar. Oʻsha ayollardan ayrimlari ularga farzandlar ham tugʻib bergan edilar#10:44 Oʻsha ayollardan ayrimlari ularga farzandlar ham tugʻib bergan edilar — yoki Ular xotinlari bilan ajrashib, xotinlarini bolalari bilan birga joʻnatib yubordilar..
Currently Selected:
Ezra 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: