Naximiyo Kirish
Kirish
Mazkur kitob Fors shohi saroyida xizmat qilgan yahudiy amaldori Naximiyo nomi bilan atalgan. Bu kitobda bayon qilingan voqealar Ezra kitobidagi voqealarning davomidir. Naximiyo Quddusga Ezradan 13 yil keyin, Fors shohi Artaxshas#Fors shohi Artaxshas — Artakserks ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 465-424 yillarda hukmronlik qilgan. hukmronligi davrida, miloddan oldingi 445 yilda qaytib keladi.
Naximiyo shohning Shushandagi qalʼasida yashab yurgan paytda, Quddus devori vayron boʻlganini, darvozalari yondirilganini eshitib, qattiq qaygʻuradi. U ibodat qilib, Xudodan: “Quddusga borishimga, shahar devorlarini qayta tiklashimga imkoniyat ber”, deb soʻraydi. Shoh Artaxshas Naximiyoni Quddusga joʻnatadi, hatto shahar devorlarini taʼmirlash uchun kerakli ashyolarni ham beradi.
Naximiyo Quddusga yetib kelgandan keyin, shahar devorlarini koʻzdan koʻrib chiqadi. Soʻng barcha yahudiylarni yigʻib, taʼmirlash ishlarini boshlab yuboradi. Lekin atrofdagi qoʻshni xalqlar yahudiylarni haqorat qilishadi, Fors shohiga qarshi chiqqan isyonchilar deb ularga ayb qoʻyishadi. Dushmanlar hatto Quddusga hujum qilib, Naximiyoni oʻldirishni ham rejalashtirishadi. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, Naximiyo va yahudiylar Quddus devori va darvozalarini qurib bitirib, Xudoga bagʻishlaydilar. Bularning hammasi Xudo Oʻz xalqiga koʻrsatgan marhamatining ifodasi boʻladi.
Naximiyo kitobi Eski Ahdning tarixiy qismiga yakun yasaydi. Ezra va Naximiyo boshchiligida Isroil xalqi Xudo bilan tuzilgan ahdni yangilab, Unga sodiq qolishga vaʼda beradi. Mazkur kitob Xudoning sodiqligidan dalolat beradi. Fors shohining yordami bilan taʼmirlangan Quddus shahri asrlar davomida yahudiylarning sajda markazi boʻlib qolaveradi.
Currently Selected:
Naximiyo Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: