Ezra 9
9
9–BOB
Isroil xalqining xiyonati
1Shu voqealardan keyin Isroil xalqining yoʻlboshchilari mening#9:1 men — yaʼni Ezra (7:28 izohiga qarang). oldimga kelib, shunday deyishdi: “Surgundan qaytgan Isroil xalqining koʻpchiligi, hatto baʼzi ruhoniylar bilan levilar mahalliy xalqlardan oʻzlarini saqlamadilar. Ular Kanʼon, Xet, Pariz, Yobus, Ommon, Moʻab, Misr va Amor xalqlarining jirkanch odatlarini oʻzlashtirib oldilar. 2Yahudiy erkaklarining baʼzilari oʻsha xalqlarning qizlariga uylandilar, oʻgʻillariga ham oʻsha xalqlarning qizlaridan olib berdilar. Shu tariqa muqaddas xalq yurtdagi boshqa xalqlar bilan chatishib ketdi. Bu xiyonatni yoʻlboshchilar bilan amaldorlar boshlab berishdi.” 3Men bu gaplarni eshitganimda qaygʻudan koʻylagim va ridoimni yirtib tashladim, soch–soqolimni yuldim. Qattiq iztirobda qoldim. 4Surgundan qaytganlarning bu xiyonati dastidan Isroil Xudosining soʻzlaridan qoʻrqadigan hamma odamlar mening atrofimga toʻplandilar. Men esa kechki qurbonlik nazr qilinadigan paytgacha iztirob chekib oʻtiraverdim.
Ezra iltijo qiladi
5Kechki qurbonlik paytida men hamon iztirob chekkanimcha oʻtirgan oʻrnimdan turdim. Koʻylaklarim va ridoim yirtilgan holatda tiz choʻkdim. Egam Xudoga qoʻllarimni choʻzib, 6yolvordim:
“Ey Xudoyim! Qattiq xijolatdaman, huzuringda boshimni koʻtarishga botinolmayman. Ey Xudoyim! Ayblarimiz boshimizdan ham oshib ketgan, gunohlarimiz togʻday uyilib, osmonu falakka yetgan. 7Ota–bobolarimiz davridan shu kungacha biz gunohga botib keldik. Ayblarimiz tufayli Sen bizni, shohlarimizni, ruhoniylarimizni boshqa yurtlarning shohlariga magʻlub qilding. Ular bizni oʻldirishdi, talon–taroj qilishdi, asir qilib olib ketishdi, xuddi hozirgiday, biz sharmandali ahvolga tushdik.
8Endi esa, ey Egamiz Xudo, Sen qisqa vaqt davomida bizga shafqatingni koʻrsatib, bizni omon saqlading, muqaddas maskaning oldiga joylashtirding. Bizga umid berding, qulligimizda#9:8 qulligimiz — ular hamon boshqa bir davlatga qaram boʻlgani nazarda tutilgan. ozgina boʻlsa ham, halovat ato qilding. 9Ey Xudoyimiz, biz qul boʻlsak ham, Sen bizni tark etmading. Bizga marhamat koʻrsatib, Fors shohining iltifotiga sazovor qilding. Bizga yangi hayot ato qilding, uyingni qayta qurishimizga, uni tiklashimizga imkoniyat berding, Yahudo yurtida va Quddusda bexatar yashashimizga imkoniyat yaratding.
10Ey Xudoyimiz, endi nima ham derdik?! Bularning hammasidan keyin ham biz amrlaringga rioya qilmadik. 11Sen paygʻambar qullaring orqali shunday amr bergan eding: «Sizlar egalik qilish uchun kirayotgan bu yurt mahalliy xalqlarning butparast udumlari tufayli harom boʻlgan. Xalqlar jirkanch odatlari bilan butun yurtni u boshidan bu boshigacha bulgʻadilar. 12Shuning uchun ularga qiz uzatmanglar, oʻgʻillaringizga ularning qizlarini olib bermanglar. Ularga hech qachon tinchlik va farovonlikni ravo koʻrmanglar. Shundagina sizlar kuchli boʻlasizlar, yurtning aʼlo hosilidan yeb, rohatlanasizlar, bu yurtni bolalaringizga abadiy meros qilib qoldirasizlar.»
13Qabih ishlarimiz, oʻzlarimizning ayblarimiz boshimizga tushgan hamma koʻrgiliklarga sabab boʻldi. Aslida, ey Xudoyim, Sen bizni gunohlarimiz uchun yanada koʻp jazolashing kerak edi, lekin unday qilmading, ayrimlarimizni omon saqlading. Mana shulardan keyin ham 14biz amrlaringni buzdik. Jirkanch odatlarga mukkasidan ketgan xalqlar bilan quda–andachilik qildik! Endi Sen bizdan gʻazablanib, birontamizni ham tirik qoldirmay qirib tashlashing aniq! 15Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, Sen adolatlisan. Shunga qaramay, shu kungacha Sen bizni asrab kelding. Sening oldingda turishga haqimiz yoʻq, lekin mana, ayblarimiz bilan oldingda turibmiz.”
Currently Selected:
Ezra 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: