YouVersion Logo
Search Icon

Ezra 1

1
1–BOB
Shoh Kurush yahudiylarga Quddusga qaytish uchun ijozat beradi
1Fors shohi Kurush hukmronligining birinchi yilida#1:1 Kurush hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 538 yil. Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda bosib olgan edilar. Shoh Kurush miloddan oldingi 530 yilgacha Bobilda hukmronlik qildi. U Kir ismi bilan ham tanilgan. Egamizning Yeremiyo orqali bildirgan soʻzlari#1:1 Egamizning Yeremiyo orqali bildirgan soʻzlari — Yeremiyo 25:11, 29:10 ga qarang. bajo boʻlishi uchun, Egamiz shoh Kurushning yuragiga Quddusdagi Maʼbadni qayta qurish istagini soldi. Shunday qilib, Kurush oʻz shohligining hamma tomoniga xabarchilar joʻnatdi va yozma farmonda quyidagilarni eʼlon qildi:
2“Fors shohi Kurush shunday demoqda: Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddus shahrida Oʻziga bir uy qurishni menga topshirdi. 3Xudoning xalqidan boʻlganlarga men ijozat beraman: ular Quddusga borishlari va Isroil xalqining Xudosi — Egamizning uyini qayta qurishlari mumkin. Quddusda sajda qilinadigan Xudo Udir. Isroil xalqiga oʻzlarining Xudosi yor boʻlsin. 4Surgundagi yahudiylar yashaydigan hamma joyda shunday deb eʼlon qilinsin: Quddusga qaytmaydigan yahudiylar qaytadigan yahudiylarga yordam bersin. Ularga kumush, oltin, safar uchun zarur buyumlar va chorva berishsin. Bulardan tashqari, Xudoning Quddusdagi uyi qayta qurilishi uchun koʻngildan chiqarib nazrlar berishsin.”
5Shunday qilib, Yahudo va Benyamin qabilalarining urugʻboshilari, ruhoniylar va levilar, shuningdek, Xudo ruhlantirgan har bir odam Egamizning Quddusdagi uyini qayta qurish uchun safarga tayyorlandi. 6Barcha qoʻshnilari ularga chin koʻngildan chiqarib nazrlar berdilar. Bulardan tashqari, kumush idishlar, oltin, safar uchun buyumlar, chorva va boshqa qimmatbaho hadyalar berib yordam qildilar. 7Shoh Kurush Egamizning uyiga tegishli boʻlgan buyumlarni olib kelishni buyurdi. Bu buyumlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan olib kelib#1:7 Bu buyumlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan olib kelib… — 4 Shohlar 25:13-15 ga qarang. Navuxadnazar miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 586 yilda u Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang)., oʻzining xudolari#1:7 xudolari — yoki xudosi. uyiga qoʻygan edi. 8Shoh Kurush bu buyumlarni xazinabon Mitradot nazorati ostiga topshirdi. Mitradot esa bularni sanab, Yahudo yoʻlboshchisi#1:8 Yahudo yoʻlboshchisi — ibroniycha matnda Yahudo shahzodasi, Shashbazzar oʻz xalqining eʼtiborlik yoʻlboshchisi boʻlgani uchun unga nisbatan mana shu unvon ishlatilgan. U shohlar sulolasidan emas edi. Shashbazzar shoh Kurush tomonidan Yahudo hokimi qilib tayinlangandi (5:13-14 ga qarang). Shashbazzarga berdi. 9Buyumlarning roʻyxati quyidagicha edi:
oltin togʻorachalar — 30 ta
kumush togʻorachalar — 1000 ta
boshqa idishlar#1:9 boshqa idishlar — yoki pichoqlar. — 29 ta
10oltin kosalar — 30 ta
kumush kosalar — 410 ta
boshqa buyumlar — 1000 ta.
11Oltin va kumush buyumlarning jami 5400#1:11 5400 — shu bobning 9-10–oyatlarida roʻyxati berilgan buyumlarning umumiy soni 5400 ta emas, balki 2499 ta. 9-10–oyatlarda faqat eng muhim buyumlarning roʻyxati keltirilgan boʻlishi mumkin, umumiy songa esa hamma buyumlarning soni kiritilgan. ta edi. Shashbazzar boshqa asirlar qatorida Bobildan Quddusga qaytib ketayotganda, bu buyumlarning hammasini oʻzi bilan olib ketdi.

Currently Selected:

Ezra 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in