Hizqiyol 46
46
46–BOB
Hukmdor va bayramlarga oid qonunlar
1Egamiz Rabbiy menga dedi: “Ichki hovlining sharqiy darvozasi haftaning olti kuni davomida yopiq tursin, Shabbat kuni va yangi oy shodiyonasi kuni ochilsin. 2Hukmdor tashqi hovlidan bu darvoza binosining dahliziga kirib, dahlizning eshigida tursin. Ruhoniy kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklarini keltirayotganda, hukmdor dahliz ostonasida turib Xudoga sajda qilsin. Soʻng kelgan yoʻli bilan chiqib ketsin. Darvoza kechgacha ochiq tursin. 3Har Shabbat va yangi oy shodiyonasi kuni Isroil xalqi bu darvoza oldida turib, Men, Egangizga sajda qilsin. 4Har Shabbat kuni hukmdor kuydiriladigan qurbonlik uchun oltita nuqsonsiz qoʻzini va bitta nuqsonsiz qoʻchqorni Menga atab olib kelsin. 5Qoʻchqor bilan birga bir togʻora#46:5 bir togʻora — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 litrga toʻgʻri keladi. donni nazr qilsin. Qurbonlik qilinadigan har bir qoʻzi bilan birga xohlagan miqdorda don nazr qilsin. Har bir togʻora don bilan birga sakkiz kosa#46:5 sakkiz kosa — ibroniycha matnda bir xin, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi. zaytun moyini nazr qilsin. 6Yangi oy shodiyonasi kuni bitta nuqsonsiz buzoq, oltita nuqsonsiz qoʻzini va bitta nuqsonsiz qoʻchqorni olib kelsin. 7Menga atalgan har bir buzoq va qoʻchqor bilan birga bir togʻoradan don nazr qilsin. Qoʻzilar bilan birga esa xohlagan miqdorda don nazr qilsin. Har bir togʻora don bilan birga sakkiz kosa zaytun moyini nazr qilsin. 8Hukmdor ichkariga kirganda, darvoza binosining dahlizi orqali kirsin va yana oʻsha yoʻl bilan qaytib chiqsin.
9Belgilangan bayramlarda odamlar Men, Egangizga sajda qilgani keladilar. Shunda ular bir darvozadan kirib, qarshisidagi darvozadan chiqib ketishlari shart. Maʼbad hovlisiga shimoliy darvozadan kirganlar janubiy darvoza orqali chiqishsin. Janubiy darvozadan kirganlar shimoliy darvozadan chiqishsin. 10Hukmdor xalq bilan birga kirib, xalq bilan birga chiqib ketsin.
11Shunday qilib, bayramlarda va belgilangan tantanalarda qurbonlik qilinadigan har bir buzoq va qoʻchqor bilan birga bir togʻoradan don nazr qilinadi. Qurbonlik qilinadigan qoʻzilar bilan birga xohlagan miqdorda don nazr qilinishi mumkin. Har bir togʻora don bilan birga sakkiz kosa zaytun moyi nazr qilinadi. 12Hukmdor koʻngildan chiqarib beradigan tinchlik yoki kuydiriladigan qurbonlikni Men, Egangizga keltirmoqchi boʻlganda, u uchun ichki hovlining sharqiy darvozasi ochilsin. Bu qurbonliklarini u Shabbat kunida keltiradigan qurbonliklarga oʻxshab taqdim qilsin, darvoza binosidan chiqib ketganidan soʻng darvoza berkitilsin.
Kundalik nazrlar
13Har kuni ertalab nuqsonsiz bir yoshli qoʻzini Men, Egangizga qurbonlik qilib, kuydiringlar. 14Bu bilan birga, har kuni ertalab don nazrini keltiringlar. Don nazri olti kosa#46:14 olti kosa — ibroniycha matnda efaning oltidan bir qismi, taxminan 3,7 litrga toʻgʻri keladi. sifatli undan va un bilan aralashtiriladigan uch kosa#46:14 uch kosa — ibroniycha matnda xinning uchdan bir qismi, taxminan 1,3 litrga toʻgʻri keladi. zaytun moyidan iborat boʻlsin. Kundalik qurbonlik va nazrlarga oid bu qoidaga doimiy ravishda rioya qilinglar. 15Xullas, har kuni ertalab Menga qoʻzini, donni va zaytun moyini kuydiriladigan qurbonlik qilish uchun olib kelinglar. Bu sizlar uchun abadiy qoida boʻlsin.”
Hukmdorning yerlariga oid qonunlar
16Egamiz Rabbiy menga dedi: “Agar hukmdor biror oʻgʻliga yerini sovgʻa qilsa, sovgʻa qilingan yer oʻsha oʻgʻlining abadiy merosi boʻlib qoladi. 17Bordi–yu, hukmdor yerini biror xizmatkoriga sovgʻa qilsa, xizmatkor sovgʻa qilingan yerga Qutlugʻ yilgacha egalik qila oladi. Qutlugʻ yilda#46:17 Qutlugʻ yil — Isroil xalqi tabarruk deb bilgan yil. Shu yil davomida hamma mulk oʻzining asl egalariga qaytarib berilishi kerak edi (Levilar 25:8-55, 27:17-24 ga qarang). yer hukmdorga qaytadi. Hukmdor yerlarini faqatgina oʻz oʻgʻillariga meros qilib berishi mumkin. 18Boshqa odamlarning yerlarini tortib olish unga taqiqlanadi. U oʻgʻillariga faqat oʻzining qaramogʻida boʻlgan yerlardan meros bersin, xalqimni oʻz yeridan mahrum qilmasin.”
Maʼbad oshxonasi
19Soʻng oʻsha odam#46:19 oʻsha odam — 40:3 ga qarang. meni darvoza yonidagi yoʻl orqali shimol tomondagi ruhoniylarning muqaddas xonalari oldiga boshlab bordi#46:19 Soʻng oʻsha odam meni…boshlab bordi — Hizqiyol Maʼbad oldidan shimoldagi darvoza tomon yurib (44:4 ga qarang), darvozadan chiqqandan keyin gʻarbga burildi.. Oʻsha yerdan u menga gʻarbdagi, eng chetdagi bir joyni koʻrsatib, 20dedi: “Anavi — oshxona. Ruhoniylar u yerda ayb va gunoh qurbonliklarining goʻshtini qaynatadilar, nazr qilingan donning unidan non yopadilar. Bu muqaddas nazrlarni tashqi hovliga olib chiqmaslik uchun va xalq muqaddas nazrlarga qoʻl tekkizmasligi uchun#46:20 …xalq muqaddas nazrlarga qoʻl tekkizmasligi uchun… — 44:19 izohiga qarang. oshxona aynan shu yerda joylashgan.”
21Soʻng u meni yana tashqi hovliga olib chiqib, hovlining toʻrt burchagida joylashgan oshxonalarni koʻrsatdi. 22Usti ochiq bu toʻrtala oshxona bir xil: uzunligi 40 tirsak#46:22 tirsak — uzun tirsak nazarda tutilgan. Bir uzun tirsak taxminan 53 santimetrga toʻgʻri keladi. 43:13 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang., eni 30 tirsak edi. 23Oshxona devorlari boʻylab oʻchoqlar qurilgan edi. 24Oʻsha odam menga shunday dedi: “Bu oshxonalar Maʼbadda xizmat qiladiganlar uchun moʻljallangan. Ular bu yerda xalq keltirgan qurbonliklar goʻshtini qaynatadilar.”
Currently Selected:
Hizqiyol 46: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: